236“Odam deb o‘lgan odam-tirik
”, “
O‘zi ... bandi mo‘rt edi
”. “Chinor” romanidan olingan ushbu
jumlalarning ma’nolarini izohlang.
237“Mahbub ul-qulub”da keltirilgan Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlariga misollar keltiring.
J: Saxovatsiz kishi yog'insiz daraxt va hidi yoq mushkianbardir,bahil behishtga kirmas agar
sayidiy Qurayish bo'lsin va sahiy habashiy bolsa ham duzaxga yo'lamaydi, bir noni ikki bo'lib
yarmini bir ochga bergani saxiy deydi o'zi yemay hammasini berganni axiy do'st deb bil, umir
foniydur bevafo ul boqiy hayot mujibi baqo,
ilim olib amal qilmagan kishi misoli yerni haydab urug' sepmagan yoki sepib hosil olmaganga
o'xshaydi,
Tilga ixtiyorsiz elga etiborsizdir
Nodonning vahshiylarcha baqirmog'i eshakning bemahal hangramog'i
Dengizning tomchiga ta'zim ila tahsin qilganini ko'rdim quyoshning zarraga e'zoz va ehson
ko'rsatganiga guvoh bo'ldim
Haq yolida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila aylamak bulmas ado aning haqin yuz ganj ila
238“Mahbub ul- qulub” asari singari pandnoma ruhida yozilgan asarlarning nomini keltiring va
ularning mualliflari haqida ma’lumot bering.
J: Pandnoma ruhida yozilgan asarlarga biz Kaykavusning Qobusnomasini, Xojaning Gulzor
hamda Miftoh ul -adl, Sa'diy Sheroziyning Guliston, Gulxaniyning Zarbulmasal, Yusuf Xos
Hojibning Qutadg'u bilig dostonlarini keltirish mumkin. Kaykovus (XI asr) To’liq ismi – Unsurul
Maoliy Kaykovus. Hayoti haqida to’liq ma’lumot yo’q. U G’arbiy Eron podshohi Shamsul
Maoniy Qobusning nabirasi bo’lgan. Asarlari: Kaykovus o’g’li Gilonshohga atab «Qobusnoma»
asarini 60 yoshida yozadi. Asar pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, unda yoshlar tarbiyasida
juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Kaykovus
yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to’g’rilikka,
63
yaxshilikka, adolatlilikka undaydi. Asarda asosan o’zgalarga nisbatan insoniy munosabatda
bo’lishlik uqtiriladi. Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik,
yana biri juvonmardlikdir. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham
yuqori qo’yadi. Asarda yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq
tarbiyasi, deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik,
samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana
shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida
inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi. U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb biladi.
U notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi. Kaykovusning axloqiy ugitlari kitobda ota-ona
haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus Qur’on va Hadislardagi talablardan kelib chiqqan
holda o’zining nuqtai nazarlarini bayon qiladi. Yusuf Balasogʻuniy Yettisuv oʻlkasidagi Kuzoʻrda
(Balasogʻun) shahrida 1016–1018 yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy
Turkiston oʻlkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qoʻl ostida edi. Bu
sulola VI – IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari boʻlib, IX asr
oʻrtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bugʻraxon (924–955)
islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil-kesil islom mintaqa madaniyatiga
kelib qoʻshildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar
Movarounnahrni tugal egalladilar. Balasogʻun ushbu ulkan mamlakatning shimolidagi poytaxti
edi.
Shoir haqida maʼlumotlar koʻp emas. “Qutadgʻu bilig” asarini 50 yoshlarda hijriy 462 yili
(1069/70) yozib tugatgan Yusuf oʻzi haqida asar muqaddimasida shunday maʼlumot beradi: “Bu
kitobni tasnif qiligʻli Balasagʻun mavludligʻ parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Koshgʻarda
tugal qilib, Mashriq maliki Tavgʻachxan uskinga kekurmish, malik ani agʻirlab, ulugʻlab oʻz Xas
Hojibliqin anga bermish turur, aning uchun Yusuf Ulugʻ Xas Hojib teb yazmish turur” (Bu kitobni
tartib beruvchi Balasogʻunda tugʻilgan, parqiz sohibi (sabr-qanoatli) kishidir. Ammo bu kitobni
Koshgʻarda tugal qilib, Mashriq maliki Tavgʻachxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab,
ulugʻlab oʻz (saroyida) Xos Hojiblik (lavozimini) beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulugʻ Xos Hojib
deb mashhur nomi tarqalibdi). Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavgʻach ulugʻ
Bugʻro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon boʻlib, 1075–1103 yillar davomida
Qoraxoniylar davlatini boshqargan. “Qutadgʻu bilig” asari unga bagʻishlangan paytda u
Koshgʻarda Arslontegin Toʻgʻrul Qoraxoqon Mahmudxon (1059–1075)ning oʻrtoq-qogʻoni
sifatida hukm surardi. (Qoraxoniylar sulolasida shunday odat boʻlib, Balasogʻun asosiy xoqon
hukmdor boʻlganda Qoshgʻarda uning oʻrtoq-qogʻoni ish yuritardi).
239Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot bering.
J: Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga
tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas
vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul
Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab
rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada
64
hisobchisi bo‘lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg‘iziston
qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi
qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy
adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan bo‘lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug‘ullanadi. Adib
nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan
ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon
«Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va
jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan
hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg‘iziston
xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi
Prezidentidir. U Mustaqil O’zbekistonning «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998)
ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro
«Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy
tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi
asarlarini avval qirg‘iz tilida yozib, so‘ng o‘zi rus tiliga tarjima qilingan. Ba’zi asarlari esa, avval
rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») so‘ng qirg‘iz tiliga o‘girildi. Asarlari;
«Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yo‘li» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari»
(1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi
Dzyuydo», «Oq yomg‘ir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso,
Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Ko‘chqorboev, Guram Juxadze, Bo‘ston, Sandro
va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamg‘asi» (1990), «Erta
qaytgan turnalar» va boshq. «Oq kema» qissasi haqida Bu qissa 1970 iilda yozitgan bo‘lib, 7
qismdan iborat. Asar qahramonlari kuyidagilar: Mo‘min chol
240“Chinor” romanidagi yetakchi obraz – Akbaralining fojiali qismati va uning sababini
izohlang.
J: Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha
tashvishlarsiz kechayotgan, u o‘zi sevgan kasbni qilib, tirik-
chiligini o‘tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga
otasining quroldosh do‘sti Bektemir kirib kelmaganida, balki bu
sokin hayot yana uzoq davom etgan ham bo‘lardi...
Taqdir deganlari o‘z aytganidan qolmadi – Akbaralini bir
necha daqiqalik sinovga soldi va... shafqatsizlarcha sindirdi!
O‘sha mash’um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki
his bir-biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan biri: “Yur, Bektemir-
ga yordam ber, agar ikki kishi bo‘lsalaring, ulgurasizlar! Axir
Bektemir otang bilan birga bunaqa xav arning nechtasini yengib
kelishgan. Ular cho‘chimagan-ku!” – deb uni oldinga chorlasa,
ikkinchisi: “Borma, xav i, oldinda o‘lim turibdi, yosh joning
juvonmarg bo‘lib ketadi! Yaxshisi – qoch! Joningni, hayotingni
saqla!” – der edi.
65
Agar fursat salgina ko‘proq bo‘lganida, ozgina o‘ylab keyin
bir qarorga kelishga imkon berganida edi...
Afsuski, bu gal ham alloma G‘afur G‘ulom aytgan haqiqat
isbotlandi:
Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik...
Ming yulduzni so‘ndirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi
lahzalar Akbarali yulduzini ham so‘ndirdi. Endi uning ko‘rgan
kuni – kun emas. Azob-uqubat, vijdon qiynog‘i, qalb so‘rog‘i...
Bu qiynoq kundan kunga kuchaysa-kuchayadiki, aslo ozay-
maydi. Uning kuchayishiga esa sabablar ko‘p. Ular ichida
bir sabab borki, uni aslo unutib, yoddan chiqazib bo‘lmaydi.
Garchi romanda bu haqda alohida aytilmasa-da, Siz bilan biz
bu sababni, bu holatni sezmasligimiz mumkin emas.
Bektemir bir emas, bir necha yillar davomida dahshatli
urushni kechib kelgan. O‘nlab, balki yuzlab marotaba ajalga
ro‘para kelib, uning changalidan qutulishga o‘zida kuch top-
gan. Uni fashist degan hayotning yovuz kushandasi ham mahv
qila olmagan. Bektemir ne-ne o‘limlarni dog‘da qoldirib, “Endi
yashayman, urushda ko‘rgan azoblarimning hammasi evaziga
ham endi yashayman!” – deb yurtiga qaytgan odam edi! Uning
orzulari – oilasi, go‘zal qizchasi suyunishi uchun ham ro‘yobga
chiqarmoqchi bo‘lgan orzulari ko‘p edi. U tun-u kun charchoq-
ni bilmay ishlashga, ishlab urush ko‘rgiliklarini unutishga, endi
hayotdan faqat va faqat baxt topishga talpingan va bunga to‘la
haqqi bor bir jon edi – inson edi!
Shunday insonning umriga... Akbarali zomin bo‘ldi!
Yo‘q, u Bektemirni bo‘g‘ib, osib, urib o‘ldirmadi. Hatto
haqorat ham qilgani yo‘q. Bor-yo‘g‘i... hech nima qilmadi, xo-
los...
Unga yigitlik umrida bir marotaba inson bolasi, HAYOT
atalmish ne’mat najot qo‘llarini cho‘zgan edi. Bir marotaba
undan o‘zining ham INSON EKANLIGINI ISBOTLASHni
so‘ragan edi. Akbarali mana shu HAYOTning qo‘llarini tutmadi,
yordamga muhtoj insonning yoniga bormadi!..
Bu yog‘i – o‘zingizga ma’lum – azob, azob, azob...
Yozuvchi Akbaralini qurshab olgan mana shu azobni bor
bo‘y-basti bilan tasvirlaydi, qahramonga qo‘shib o‘quvchini ham
shu azob orasidan olib o‘tadi. Akbarali o‘zini chalg‘itishga,
o‘sha mash’um lahzani unutishga har qancha
66
Do'stlaringiz bilan baham: |