Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, abstrakt-konkret, mavhum va hokazo);
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati;
e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi;
f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati.
Ko‘rinadiki, DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozma ish va topshiriqlarning har qanday ko‘rinishi mumtoz asarlar mohiyatini o‘zlashtirishda, milliy qadriyatlarni anglashda muhimdir. Ayniqsa, adabiy mavzudagi insholarning asosiy maqsadi o‘tmish va bugunning manfaatlarini umumlashtirishga qaratilgan.
2.2.Yozma ishlarni baholash mezonlari
Yozma ishlarga e’tibor faqatgina milliy pedagogik tajribada emas, xorij ta’limi va baholash tizimida ham kuzatiladi. Masalan, keng yoyilgan til o‘qitish dasturlari hisoblangan IELTS, TOEFL tizimlarida 60 daqiqalik umumiy mavzuda esse yoki insho yozish, 50 daqiqa mobaynida o‘qiganlari hamda eshitganlari bo‘yicha savollarga javob tarzida yoki o‘zi bilgan mavzuni dalillar, ma’lumotlarga tayangan holda yozma tarzda asoslab berish talablari keltirilgan.
Kadrlar tayyorlash – mamlakat taraqqiyotidagi muhim masala. O‘zbekiston buyuk kelajak sari intilayotgan ekan, shu kelajak egalarini – yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash masalasi ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. Har tomonlama bilimli, malakali, muayyan tajribaga ega bo‘lgan, nutq madaniyati talablarini to‘liq o‘zlashtirgan, og‘zaki va yozma nutqi ravon mutaxassis-kadrlarni tayyorlashda an’anaviy milliy pedagogika hamda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasidan, eng so‘nggi zamonaviy yutuqlaridan umumlashtirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘quvchilarning bajargan ishlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ular tomonidan erishilgan yutuqlarni rag‘batlantirib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida, qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etish yaqindan yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning faolligini oshirishda xatolarini to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borish bilan ularning o‘z kuchlariga, bilimlariga bo‘lgan ishonchni ortishiga erisha oladilar. Natijada ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi.
Ma'lumki, yozma ishlar o‘quvchi bilimini aniqlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Yozma ishlar orqali o‘quvchi bilimi va ularning bilimlarida yo‘l qo‘yilgan bo‘shliqlar aniqlanadi va bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Yozma ishlar 2 turga bo‘linib, ta'limiy va tekshiruv xarakterga ega bo‘ladi. Ta'limiy yozma ishlar o‘quvchilarga o‘tilgan mavzularni mustahkamlash, fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, bilimlarni chuqurlashtirish kabi vazifalarni bajarsa, tekshiruv diktantlari o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni to‘ldirish hamda baholash, berilgan bilimlarni mustahkamlashni ta'minlovchi ta'limiy shartlardan biri hisoblanadi.
Yozma ishlarni tashkil etishda AKTdan foydalanish ushbu dars zamon talablariga javob beradigan tarzda tashkil etilishiga, dars samaradorligini oshirishga yordam beradi, barcha o`quvchiga berilishi nazarda tutilgan materiallar ekranda namoyon etilishi yozma ish shartlarini tushuntirilishini osonlashtiriladi, darsga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. XTVning 2010 yil 20 iyuldagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasida o‘quvchilardan olinadigan tekshiruv yozma ishlari, ya'ni oraliq (ON) materiallari fan o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashlari materiallarni tayyorlashda bo‘limga mos shartlarni o‘zlari DTS talablari asosida tanlab olish, ya'ni bir xillikdan qochishni ta'minlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilimlari xususiyatidan va dastur talablaridan kelib chiqib, matnni tanlash imkoniyatiga ega.
Yozma ishlarni tuzishda o‘qituvchilar egallashi lozim bo‘lgan elementlar bilim, ko‘nikma va malakalarni, albatta, hisobga olgan holda tuzish kerak. Bunda ular ular quyidagicha yillik jadval qilib olishlari tavsiya qilinadi. Yozma ishlarni loyihalashtirish qaysi yozma ish turini o‘tkazayotganimizga bog‘liq. Masalan, hozir inshoni loyihlashtirilishi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
kerak, olaylik, dastlab personajning xarakteri va biografiyasi haqida qisqacha ma’lumot berish, so‘ng epizodik bayonlar bilan uning xulqiga baho berilishi kerak. Keyin asar muallifining kundaliklar va xatlarida bayon qilingan fikrlarini keltirish joiz. Xulosada esa to‘qima obraz va zamonaviylik o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqillik tufayli yosh avlodni savodxon, har tomonlama yetuk kishilar qilib tarbiyalash ishiga hukumatimiz tamonidan tinmay g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda. Yosh avlodni yetuk madaniyatli, savodxon qilib yetishtirish, ijodiy ishga o‘rgatish har bir fan o‘qituvchisining burchi hisoblanadi. Yozma ish esa bugungi yoshlarni erkin fikrlash, mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda asosiy o‘rin tutadi.
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda yozma ish turlari asosiy omillardan hisoblanadi. Shunga ko‘ra akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ona tili va adabiyot darslari jarayonida yozma ish turlarini o‘tkazish va uni qanday amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatuvchi qo‘llanma juda zarur. Ayniqsa, hozirgi davr talablariga javob beradigan yozma ishlarni tashkil qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha yangi qo‘llanmaga jiddiy ehtiyoj sezilmoqda. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki u yoshlarning ham og‘zaki, ham yozma nutqini turli o‘yin texnologiyalari orqali amalga oshirib shakllantirish uchun qulaydir. Bundan tashqari yozma ishlarni o‘tkazish o‘quvchilar bilan ishlashda, darslarni maroqli va ijodiy o‘tishda, ularning diqqatini jamlashda ham qo‘l keladi. Buning uchun o‘qituvchi turli xil qiziqarli mavzularni tanlash bilan birga ularni o‘tkazishga mos interfaol o‘yinlarni ham tanlay olishi lozim. Shunda o‘quvchilar darslarga loqayd qaramay darslarning samarali chiqishiga yordam beradi. Og‘zaki bayonni har bir darsda o‘tkazish mumkin. Shunda o‘n marta gapirsangiz yoki so‘rasangiz ham, biror marta javob bermaydigan o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, tillarini burro qilish, o‘zlarining mustaqil fikrlarini bayon qilishga o‘rgata olishi mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, rasm asosida tashkil qilinadigan suhbatlar bunday o‘quvchilarga ijobiy ta'sir qiladi. Biroq, yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ko‘pincha yozma ishda xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Kamchiliklarni bartaraf etishda, albatta, xatolar ustida ishlash juda qo‘l keladi.
Har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiy uslubini shakllantirish, silliqlash, aqliy faoliyatini o‘stirish, mustaqil fikrlash jarayonni erkinlashtirishda bayon va inshoning roli kattadir. Ularning yozma va og‘zaki savodxonligini oshirishda diktant, bayon va inshoni tahlil etish darslari, savollarga javob berish, ijodiy insho, rasmga qarab insho yoki bayon yozish, turli lug‘atlar bilan ishlash, darslikdan mashqlar ko‘chirib yozish, yod olingan she'riy mantlarni yoddan qayta yozish mashqlari ham o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu jarayon o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirib borish bilan birga ularning nutqiy malakalarini, so‘z boyliklarini ham o‘stirib boradi.
Xulosa
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari seminar, kollokviumlarda hamda referatlar, individual berilgan vazifalar bo‘yicha tekshiriladi.
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma’ruza uchun 5-8 sahifa bo‘lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.
O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin.
Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar) hisob-grafik ishlar, referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Mustaqil tahsilning bu shakli barcha kurs talabalariga tavsiya etiladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining nazariy qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestrlarda bajariladi va reyting tizimida baholanadi.
Fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestrlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |