Beshinchi xususiyat — BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining oliy darajadagi asosiy tadbirlari 22-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shu bir hafta ichida ko‘plab davlat rahbarlari ma’ruza bilan chiqish qiladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, davlat rahbarlaridan faqat AQSH Prezidenti Donald Tramp BMTning Nyu-York shahridagi qarorgohidan ishtirok etadi. Boshqa davlatlar rahbarlari masofaviy tarzda qatnashib, o‘z ma’ruzalarini videokonferensiya shaklida o‘qib beradilar.
Oltinchi xususiyat — Bosh Assambleya 75-sessiyasi kun tartibida 23 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasi ko‘zda tutilgan. Davlatimiz rahbarining BMT yuksak minbaridan ilk bor o‘zbek tilida yangraydigan navbatdagi chiqishidan ham nafaqat xalqimiz, balki mintaqamiz, butun dunyo jamoatchiligi o‘tkir va dolzarb xalqaro tashabbuslarni kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |