Ikkinchi xususiyat — Bosh Assambleya 75-sessiyasiga ilk bor Turkiya vakili raislik qiladi. Avvalgi sessiyaga raislik qilib kelgan nigeriyalik diplomat Tidjani Muhammad-Bande o‘rniga navbatdagi sessiyaga raislik qilish uchun turkiyalik diplomat Vo‘lkan Bozkir saylandi.
Uchinchi xususiyat — bu yilgi sessiya yubiley anjuman hisoblanadi. Chunki u BMT tashkil etilganining 75 yillik qutlug‘ sanasi nishonlanayotgan yilda o‘tkazilmoqda.
To‘rtinchi xususiyat — yuqori darajadagi tadbirlar haftasi doirasida yana uchta muhim uchrashuv tashkil etiladi. Bular 30 sentabrga mo‘ljallangan bioxilma-xillik bo‘yicha sammit, 1 oktabrda o‘tkaziladigan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Pekin deklaratsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan majlis hamda 2 oktabr kuniga rejalashtirilgan yadroviy qurolsizlanish masalalari bo‘yicha majlisdir.