Birinchi xususiyat — koronavirus pandemiyasi sababli sessiya ishi masofaviy, ya’ni onlayn shaklda tashkil etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, sessiyaning yalpi majlislarida avvalgilardan ko‘ra ko‘proq davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi.
Biz bunday ijobiy voqelikka Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini tashkil etish asnosida duch keldik. Ya’ni bu yilgi Samarqand vebforumi ishtirokchilari soni ikki yil oldin Samarqandda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo anjumani ishtirokchilari miqdoriga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘p bo‘ldi. Forum onlayn shaklda tashkil etilgani, ayniqsa, xalqaro tashkilotlarning ko‘plab oliy darajadagi martabali shaxslari uchun qulaylik tug‘dirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |