Birinchidan: giyohvand moddalarga moyillik, unga o'rganib qolishlikda shaxsning holatlari ahamiyatlikdir. Masalan, tajanglik, asabiy holatlari, o'zini nazorat qila olmasligi, irodasizligi, o'z talabini qondira olmaslik, ba'zi hayotiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik.
Ikkinchidan: yosh avlodni kelgusidagi jismoniy va ma'naviy shakllanishi, asosan oiladagi muhit, ota-onasining kimligi, oilada qanday o'rin egallashiga, er-xotinning o'zaro muomalasiga, farzandining har tomonlama shakllanishida ular olib borayotgan tarbiyaviy ishlarga bog'liq.
Uchinchidan: hayot shuni ko'rsatadiki, yosh avlodning kamol topishida, ma'lum bir foydali yaxshi yoki yomon yo'lga kirishida atrof tevarakdagi o'rtoqlari, oshna-og'aynilari, ayniqsa o'sha muhitdagi o'rtoqlarining ta'siri kattadir.
Shuning uchun oilada, yoshlarning tarbiyasida hamma vaqt ularni qaerda va kimlar bilan birgalikda bo'lishlari, nima ish bilan mashg'ul ekanlari, qanday o'rtoqlari borligini nazorat qilish juda muhimdir.
Inson hayoti, yosh avlod kelajagiga rahna solishi mumkin bo'lgan giyohvandlik-bangilikka qarshi kurashish mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi, qolaversa, har birimizning muhim vazifalarimizdan bo'lib hisoblanadi. Zero, jamiyat hayotidagi mavjud har qanday zararli illatni yo'q qilish va uning oldini olish har birimizning vazifamiz, sharafli burchimizdir.
Guruh tarbiyachisi fikrlari mazmunliligi bilan hammaga manzur bo’ldi. Tadbir davomida bolajonlar yomon illat va uning salbiy jihatlari bilan to’laqonli ma’lumotga ega bo’ldilar.
Tadbir so’ngida tarbiyachi O. Asadovaga so’zga chiqib, tashkillangan tadbir juda ham ta’sirli o’tganligini, buni tayyorlashda tarbiyachining mehnati katta ekanligi, kelajakda biz tarbiyalayotgan yosh avlod etuk insonlar bo’lib etishishga yana bir bor ishonch hosil qilganliklarini aytib o’tdilar. (tadbir rasmlari ilova qilinadi)
Tadbir qiziqarli va mazmunli ruhda tashkil etildi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda yig’ilish
QAROR QILADI:
______________________ maktabgacha ta’lim tashkiloti katta guruh tarbiyachisi Ra’no Bahadirovnaning “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida o’tkazilgan tadbiri qoniqarli o’tdi, deb topilsin.
Tadbirda bildirilgan fikr va takliflar inobatga olingan holda, bunday tadbirlarning tashkil etilishi qo’llab-quvvatlansin.
Yig’ilish raisi: A. Botirova
Kotib: O. Asadova
Tashkilotchi: R. Bahadirovna
Do'stlaringiz bilan baham: |