2.3 Ushbu oilachaga mansub yovvoyi holda o’suvchi turlar
Joʻxori (Sorghum Pers.) Gʻalladoshlar( gʻallagullilar) oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. Joʻxorining 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor.Donli joʻxori (S. cernuum; oq joʻxori, qoʻqon joʻxori, gaolyan va boshqalar), shirin joʻxori. (S. saccharatum), durra (S. durra), supurgi joʻxori (S. technicum), oʻtsimon joʻxori (sudan oʻti-S. Sudanense, oʻtsimon joʻxori S.almum) kabi bir yillik turlari koʻproq ekiladi. Vatani - Markaziy Afrika. Miloddan avvalgi 4-3-ming yillikdan beri ekib kelinadi. Eron, Hindiston, Xitoy AQShda va Afrika,Okeaniya, Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Ukraina jan.da ekiladi. Jahon boʻyicha J. ekin maydonlari 43,6 mln.ga dan ortiq, yalpi hosili 68,2 mln. t, hosildorligi 14,4 s/ga. Oʻzbekistonda ekin maydoni 9 ming ga (1999). joʻxori ning ildiz tarmogʻi popuk ildiz boʻlib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 2,5 m chuqoʻrlikka kirib boradi. Poyasi somon poya, boʻyi 0,5–7 m gacha, oʻrtacha 2–3 m, poyaning ichi gʻovak parenxima toʻqimalari bilan toʻlgan. Poyasi tuplanadi (1—8). Bargi keng, 10—25 ta boʻladi. Toʻpguli roʻvak, uz. 15—60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqa-radi, bittasida meva hosil boʻladi. joʻxori chetdan changlanadi. Doni krbikli va qobiqsiz, dumaloq, tuxumsimon; rangi oq yoki sariq. 1000 ta doni vazni 20—70 g. Donining tinim davri yoʻq, hosil yigʻilgandan soʻng ekish mumkin. joʻxori. muhim don ekini, doni oziq ovqatga ishlatiladi. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, unidan non yopiladi, mol va parrandalarga toʻyimli yem sifatida beriladi. Koʻk massasi siloslanadi. Doni toʻyimli, tarkibida 65—75% kraxmal, 10—15% oqsil (lizin), 3,5% gacha yogʻ bor. 100 kg J. doni 119 ozuka birligiga teng. 100 kg koʻk massasida — 23,5, silosida — 22, pichanida — 49,2 ozuqa birligi bor. Poya shirasida 10—15% qand boʻlib, shinni ishlab chiqariladi. Supurgibop joʻxoridan supurgilar va choʻtkalar tayyorlanadi.U takroriy ekin sifatida ham ekiladi. joʻxori bir yillik oʻsimlik. Qur-gʻoqchilikka va issiqlikka chidamli. Tuproq va havo qurgʻoqchiligiga bardosh beradi. Maysasi- issiqda nobud boʻladi. 30—40° haroratga chidaydi. Yorugʻsevar, qisqa kun oʻsimligi. Tuproqqa talabchan emas, ammo gʻovak tuproklarda yaxshi oʻsadi. Shoʻrga chidamli, oʻsuv davrining boshlanishida sekin oʻsadi. Ekilgan urugʻlar 10—15 kunda maysalaydi, 25—30 kundan keyin tuplanadi, 40 — 50 kunda nay oʻrash davriga kiradi, roʻvak chiqarish davri 55—65 kunga boradi, roʻvak chiqarishdan 5—6 kundan keyin gullash boshlanadi. Oʻsuv davri 75—100 kun. J. gʻoʻza, noʻxat, boshqa dukkakli ekinlardan boʻshagan yerlarga ekiladi. Chimqirqar plug bilan 28— 30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qurigan boʻlsa shudgordan oldin sugʻori-ladi. Shudgorlashdan oldin gektariga 10—15 t goʻng, 50–60 kg fosfor, 40–50 kg kaliy solinadi. Bahorda (aprel-may) harorat 13—15° boʻlganda keng qatorlab ekiladi qator orasi 60, 70 sm). Urugʻlik ekish normasi 5–10 kg/ga, ekish chuq. 3—5 sm, koʻchat qalinligi har gektarda 70—100 ming tupga boradi. Qator oralariga 2—3 ishlov beriladi. Sugʻori-ladigan maydonlarda 25—30 s/ga don, 300—400 s/ga koʻk massa beradi (intensiv texnologiya usullari qoʻllanilganda 100—115 s/ga don, 1000—1200 s/ga koʻkpoya). Navlari. Oʻzbekistonda joʻxorining 3 turi (donli joʻxorining,shirin joʻxorining va supurgi joʻxorining guruxlari) koʻproq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Fargʻona va Mirzachoʻlning sugʻoriladigan shoʻr yerlarida oʻstiriladi. Sugʻoriladigan maydonlarda Kattabosh, Chillaki, Oʻzbekiston 5, Sangzor, Oʻzbekiston 18, Karlik (Pastak) va boshqa navlari ekiladi. joʻxori zararkunandalari: bitlar, simqurtlar, tunlamlar, poya parvona-si, karadrina; kasalli
klari : chang qorakuya, poya va ildiz chirishi, bakteriozlar.
Shakarqamish (Saccharum),(5-rasm) nayshakar — qoʻngʻirboshlar oilasiga mansub kup yillik, kand (shakar) moddali utsimon usimliklar turkumi. 5 ta madaniy turi bor. Vatani — Janubiy Sharkiy Osiyo. Sharqiy Xitoy, Indoneziya, Eron va boshqa turli mintakalarda, Hindistonda mil. av. 3ming yillikda ustirilgan. 16-asrda Kubaga va Amerikaga keltirilgan. Kuba (1100 ming ga), Nikaragua (627 ming ga) Braziliya (4860 ming ga), Xitoy (1048 ming ga), Hindiston (4150 ming ga), Pokiston (1056 ming ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi (1999). Yevropada faqat Ispaniyada oʻstiriladi (arablar tomonidan 8-asrda keltirilgan
5-rasm.Shakarqamish(Saccharum)
Ildizi yaxshi rivojlangan, 1,5 m chukurlikka kirib boradi, poyasi tik, baland (6 m gacha), rangi sariq, pushti, qizil, qora, barglari keng, uzun (kengligi 10 sm gacha, uz. 2 m gacha), makkajoʻxoriga oʻxshash roʻvagi yirik, boshogʻi uzun, tuklar bilan qoplangan, guli ikki jinsli. Ekilgandan soʻng birinchi ikkita bargning paydo boʻlishi uchun 30-32° harorat va 12-13 kun kerak boʻladi. Tropiklarda rivojlanish sikli qalamchalarni ekishdan boshlab poyaning toʻliq pishishi va uni yigʻishtirish 12-24 oy davom etadi. Bir dalada 2-4 sikl oʻstiriladi (Oʻrta Osiyoda vegetatsiya davri 7 oy atrofida boʻlgani sababli bir yillik oʻsimlik tarzida yetishtiriladi). Texnik pishish davri roʻvaklanish davriga toʻgʻri keladi.
Xulosa
Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko’ra bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2004 yilda 153,2 mln bo’lgan. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Xindiston, Indoneziya, Tailand, Filippin davlatlariga tug’ri keladi. Umuman Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydonlarining 90 % to’g’ri keladi. Bu mintaqa dune bo’yicha yalpi sholi hosilining 90 % yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % ko’proq oshgan.
Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko’paydi. Sholining dunyoda o’rtacha hosildorligi 39,7 s/ga (2004 y) tashkil qildi. Yalpi qosil dunyo bo’yicha 608,5 mln.t bo’lgan.
Yovvoyi holda o’suvchi qo’ng’irboshdoshlar kenja oilasiga kiruvchi o’simliklarning ham xalq xo’jaligida ahmiyati kata.Ulardan ehtiyojlarimizga mos holda foydalanish kata ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |