Yovvoyi holda o’suvchi qo’ng’irboshdoshlar oilasining gullash ekologiyasi


G’alladoshlar oilasiga kiruvchi kenja oilalar haqida ma’lumot



Download 0,8 Mb.
bet4/9
Sana06.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#640357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qo\'ng\'irbosh Durdona

1.1G’alladoshlar oilasiga kiruvchi kenja oilalar haqida ma’lumot
Boshoqdoshlar uchta kenja oilaga: Bambuksimonlar, tariqsimonlar va qo’ng’irboshsimonlar kenja oilasiga bo’linadi.
Tariqsimonlar kenja oilasi – Panicoideae
Bu kenja oila odatda, o’tchil, ba’zan tanasi yog’ochlangan o’simliklardan iborat, boshog’i yakka gulli ya’ni boshoqda yaxshi rivojlangan bitta onalik yoki bitta otalik guli bo’ladi. boshoq qobig’i odatda ikkitadan ko’p. Bu kenja oilaga quyidagi avlodlar kiradi.
Makkajo’xori –Zea avlodi, buning juda ko’p navlari yer sharining o’rta mintaqali zonalardan o’stiriladi.
Jo’xori Sorghun avlodi poyasi baland o’sadigan bir yillik yoki ko’p yillik o’tsimon o’simlik poyasi baland uchi ro’vaksimon to’pgul bilan tugalanadi. O’zbekiston va Turkmaniston respublikalari xududlarida jo’xorining qo’qonjo’xori turi Sorghun cernuum ko’p o’stiriladi. Qo’qonjo’xori bir yillik o’simlik, poyasining uchi to’p gulli tagidan pastiga yoysimon bukiladi, bu ba’zan oqjo’xori deb xam yuritiladi.
G’umay – Sorghum halepense O’rta Osiyoda ko’p o’sadigan yillik zararli begona o’t.
Tariq – Panisum avlodi: buning tropik va o’rta mintaqalarda o’sadigan 4 ta turli bo’lib, bundan uchtasi begona o’simlik bittasi ekiladigan oddiy tariqdan iborat.
Itqo’noq – Setaria avlodi: buning Hamdo’stlik davlatlari xududida beshta turi o’sadi, bundan bittasi ekiladigan qo’noqdan iborat.
SHoli – Oryza avlodi: bir yillik va ko’p yillik o’simlik, poyasi uchida yirik tarvaqaylagan ro’vagi bor. Guli ikki jinsli, changchisi oltita. Bu avlodning 20 ta turi bor. Bu turlardan ikkitasi ekiladi. O’zbekistonda bittasi – Oryza sativa o’stiriladi. SHoli (guruch) oziq-ovqat maxsuloti bo’lish jihatidan yer yuzida bug’doydan keyingi ikkinchi o’rinda turadi.
1.2 Qo’ng’irboshsimonlar kenja oilasiga kiruvchi turlar haqida ma’lumot
Qo’ng’irboshsimonlar kenja oilasi – Poaeideae
Bu kenja oilaga kiradigan o’simliklar boshog’ida qobiq ikkita, boshoqchasi bir gulli yoki ko’p gulli bo’ladi. Buning quyidagi avlod va turlari muhim hisoblanadi.
Suli avlod – Avena ning O’zbekistonda 14 turi o’sadi. Ekiladigan suli – A. sativa bir yillik, o’zidan changlanadigan o’simlikdir.
Qo’ng’irbosh avlodi – Poa ning 100 dan ortiq Hamdo’stlik davlatlar xududlarida o’sadi: bular o’tloqlarning asosiy qismini tashkil etadi. Begona o’t tariqasida o’sadigan bitta turidan boshqasi ko’p yillikdir.
Yaltirbosh avlodi- Bromus ning(1-rasm) 44 turi MDH davlatlar xududlarida o’sadi. Bular tirik ro’vaksimon to’pgulga ega bo’gan ko’p yillik va bir yillik o’simlikdir.Yaltirboshning ko’p yillik turlari ayniqsa qiltiqsiz yaltirbosh B. Inermis mollarga ovqat bo’lish jihatidan katta ahamiyatga ega.

1-rasm.Yaltirbosh(Bromus)
Bug’doyiq turkumi – Agropyron ning 50 dan ortiq turi Hamdo’stlik davlatlar xududlarida o’sadi, bular uzun ildizpoyali ko’p yillik o’simlikdir. Bug’doyiq mollarga ovqat bo’lish jihatidan katta ahamiyatga ega, buning ba’zi turlari atayin ekib turiladi. Bug’doyiq o’ti o’tloqlarda, dashtlarda va tog’ etagi zonalarida ko’p o’sadi. Bu o’simlik ildizpoyasidan tez ko’payib keta oladi. Bug’doyiq pichanga o’rib olinadigan qimmatbaho o’simlik bo’lishi bilan birga dehqonning ko’p kuchini oladigan begona o’tdir. Bug’doyiq O’zbekistonning hamma yerida o’sadi.
Bug’doy avlodi - Triticum (2-rasm)yer sharida yashovchi aholining asosiy ovqat mahsulotini beradigan o’simlikdir. Bu avlodga 19 ta bug’doy turlari kiradi, bulardan 4 tasi yovvoyi holda o’sadi. Bug’doy bir yillik (bahorgi) va ikki yillik (kuzgi) o’simlik.

2-rasm.Bug’doy(Tritikum)
Arpa avlodi -Hordeum ga yer sharining hamma qit’alarida o’sadigan 18 tur arpa kiradi. Hamdo’stlik davlatlari xududlarida arpaning yovvoyi turlaridan 10 tasi bir yillik va ikki yillik o’simlik tariqasida o’sadi. Oddiy arpa H. vulgare O’zbekistonning hamma joyida ekiladi. Arpa mollarga yem va oziq-ovqat bo’lishi jihatidan katta ahamiyatga ega. O’rta Osiyoda poyaning tag tomoni piyozsimon yo’g’onlashadigan yovvoyi arpa, tak-tak -H. vulbosum mollarga ovqat bo’lishi jihatdan muhimdir. Bug’doy va arpa oziq-ovqat mahsuloti berishi yem-xashak va texnika ekini bo’lishi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Sholi issiqsevar, yorugʻsevar va namtalab, qisqa kun oʻsimligi (—3° da barglari nobud boʻladi). Sholi poyasi shakar i.ch.da asosiy xom ashyo hisoblanadi. Poya tarkibida qand miqdori oʻrtacha 16—18%, baʼzilarida 20—21% gacha (poya ogʻirligiga nisbatan oʻrtacha 11 — 12% shakar chiqadi).Sholi poyasi oʻrilganidan keyin, shakar zdlarida poyasidan siqib sharbat, sharbatdan shakar olinadi (yangi sharbatini bevosita isteʼmol qilish mumkin), sharbat quyqasidan spirt va rom ishlab chiqariladi. Sharbati siqib olingan poyasi hamda barglari yemxashak, yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Sugoriladigan yerlarda yetishtiriladi, qalamchasidan koʻpaytiriladi. 25—35 sm li qalamchalar chuq. 20—25 sm, eni 25 sm boʻlgan uyalarga 2—3 tadan ekiladi, koʻchatlari tutib ketganidan keyin mavsumda 12—15 marta sugʻoriladi. Sh. roʻvaklanish davrida poyaning 4—5 sm yuqorisidan oʻriladi. Oʻrilgan poyadan 4—6 haftadan keyin yangi novdalar oʻsib chiqadi va ular keyingi yili oʻriladi.
Sholi (3-rasm)eng qimmatli oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko’ra bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2004 yilda 153,2 mln bo’lgan. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Xindiston, Indoneziya, Tailand, Filippin davlatlariga tug’ri keladi. Umuman Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydonlarining 90 % to’g’ri keladi. Bu mintaqa dune bo’yicha yalpi sholi hosilining 90 % yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % ko’proq oshgan.

3-rasm.Sholi(Oryza)
Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko’paydi. Sholining dunyoda o’rtacha hosildorligi 39,7 s/ga (2004 y) tashkil qildi. Yalpi qosil dunyo bo’yicha 608,5 mln.t bo’lgan.
Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi maydonining 3 % joylashgan, ammo dehqonchilik madaniyati yuqori bo’lganligi tufayli ular sholi doniga bo’lgan ichki extiyojini to’la qondirib, ayrimlari sholi sotish bo’yicha yirik eksport qiluvchi mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSh sholi hosildorligi o’rtacha 60s/ga atrofida. Dunyoda hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSh va Tailand. Ularga dunyoda sholi eksportini 1/4 qismi tug’ri keladi.
O’zbekistonda sholichilik ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng jadal rivojlandi.G’alla mustaqilligiga erishishda sholining ahamiyati katta. Mamlakatimizda sholi asosan Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm, Surxandaryo, Toshkent, Andijon viloyatlarida ekiladi. Respublikamizda sholi 2004 yil hosili uchun 60 ming gektar maydonga ekiladi. O’rtacha hosildorlik 2004 yili 46,5 s/ga tashkil qildi. O’zbekistonda sholiga bo’lgan extiyojni to’la qondirish imkoniyati bor. Respublikamizda 2004 yili 279 ming tonna sholi doni yetishtirladi.
Madaniy sholi (Oryza sativa L) uchta kenja turga - qind (indica) donlari ingichka uzun,(don uzunligini eniga nisbati 3,0-3,5:1), xitoy-yapon (sina-japonica) donlari kalta, enli(1,4-2,9) va yaponga bo’linadi . O’zbekistonda asosan xitoy-yapon kenja turi tarqalgan. Har bir kenja tur bir qator belgilari bo’yicha tur xillarga bo’linadi.
Ildiz tizimi - popuk va yuza joylashgan, asosiy ildiz massasi tuproqning 25 sm qatlamida joylashgan. Ildizlarida shuningdek poya va barglarida ham havo to’lgan to’qimalar (aerenxima) bor. Shuning uchun sholi o’simligida tegishli kislorod konsentrasiyasi saqlanadi. Bitta o’simlikda 300 ildizlar bo’ladi. Doimo suv qavatida ushlanadigan sholida ildiz tukchalari kam, aksincha suv qavatisiz yoki vaqti-vaqti bilan suvga bostirilgan sholida ildiz tukchalari juda ko’p bo’ladi. Ildizlarning soni, ularning rivojlanganlik darajasi, tuproqqa chuqurga kirib borishi navga, tashqi muhitga, qo’llanilgan o’stirish texnologiyasiga bog’liq.
Poyasi-kovak poxolpoya, balandligi 8O-120 sm, kuchli tuplanadi va ko’p hollarda shoxlanadi. O’rtacha bitta o’simlikda mahsuldor poyalar hosil bo’ladi.Barglari lensetsimon, qovurg’ali tomirlangan, atrofi arrasimon o’tkirlashgan, barglari uzunligi 5 sm gacha, eni 1,5-2 sm. Ba’zan suv ostida qolgan barg bug’inlaridan illizlar hosil bo’ladi va qo’shimcha oziqlanishda ishtirok etishadi.To’pguli - ro’vak, 20- sm uzunlikda. Boshoqchalari bir gulli, bitta ro’vakda ularning soni 80 dan 200 yetadi. Gulida 6 changchi va uzunchoq onalik tugunchasi bor. Sholi uz-o’zidan changlanuvchi o’simlik.Doni po’stli, yanchish paytida boshoqchasi bilan, gul va boshoqcha kipiklari bilan ajraladi, 1000 don vazni 27-38 g. Murtagi donning 2-5 % tashkil qiladi, po’sti 17-22 %. Noqulay ob-havo sharoitida po’stligi 35 % yetishi mumkin.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish