Yovvoyi holda o’suvchi qo’ng’irboshdoshlar oilasining gullash ekologiyasi


I BOB; G’alladoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot



Download 0,8 Mb.
bet3/9
Sana06.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#640357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qo\'ng\'irbosh Durdona

I BOB; G’alladoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot
G’alladoshlar oilasi – Gramineae
Bu oilaga bir yillik, ikki yillik ko’p yillik va poyasi o’n metrga yetadigan daraxt o’simliklar kiradi.Bu oilaga talluqli o’simliklarning tanasi somonpoyadan iborat bir necha bo’g’im va bo’g’im orqaliklari bor. Bo’g’im oraliqlari kovak, ayrim xollardagina, masalan, makkajo’xorida bu kovak, g’ovak parenxima to’qima bilan to’lgan bo’ladi.Bargi oddiy, chiziqsimon bo’lib, barg qini va barg plastinkasidan iborat, poyada navbat bilan joylashadi. Barg plastinkasi ostida plastinkaningqinga aylanish joyida barg tilchasi yaqqol ko’rinib turadi. Bu barg tilchasi poyaga zich o’rnashib yog’in suvlarining barg qini bilan poya o’rtasidagi oraliqqa o’tishga yo’l qo’ymaydi. Barg tilchasi xar xil shaklda va har xil kattalikda bo’lib sistematik belgilardan hisoblanadi. Boshoqdoshlar poyasining o’sish zonasi bo’g’im oralig’ining tag qismida bo’ladi, barg qini shu o’sish zonasini shikastlanishlardan himoya qilib poyaning mustaxkamligini oshiradi. Boshoqdoshlar poyasining tag qismida to’plash bo’g’imidagina shoxlaydi-tuplaydi. Bu bo’g’im tuproqning ustki qatlamida yoki betidagina joylashadi. Boshoqdosh o’simliklar bir jinsli yoki ikki jinsli bo’lib, sodda to’pgulda boshoqda joylashadi. Boshoq o’z navbatida murakkab boshoq, murakkab ruvak, popuk so’ta shaklda bo’lishi mumkin. Boshqada har xil shaklda tuzilgan bu tuzilishlar sistematik belgilardan hisoblanadi.Tipik tuzilishli boshoqda bir juft qobiq bo’lib, boshoqchani zich o’rab oladi, boshoqda esa bitta yoki ko’p miqdorda gul joylashadi. Xar bir gulda ikki doira: tashqi va ichki doira yasab joylashgan pardasimon gultevarakligi bo’ladi. Tashqi doirada ikkita ostki va ustki gul qobig’i joylashadi. Ostki gul qobig’i gulyonligi bargchasi bo’lib, ustki gul qobig’ining ko’p qismini o’rab turadi. Ustki gul qobig’ida ikkita qil chiqit choki bo’ladi: bu xol mazkur qobiqning qo’shilishib ketgan ikkita bargcha gultevarakli bargchasidan tashkil topganligini ko’rsatadi. Bundan keyin ichki doira ikkita pardacha Lodicula dan tashkil bo’ladi, bu pardachalar boshaqdoshlarning gullash biologiyasida juda katta ahamiyatga ega. Gullash oldidan pardalar juda bo’rtib ketib gul qobiqchalarini chetga suradi, buning natitjasida ichidagi hamma changchilar va urug’chi tumshug’i tashqariga chiqadi.Gul changchisi ko’pincha uchta, changchi ipi uchida yirik changdon joylashadi: bu changdonda yengil quruq ko’p changlar paydo bo’ladi.CHangchi ipi gul ochilguncha juda kalta ochilish davrida esa tezda bo’yiga cho’zilib changdoni gulidan tashqariga chiqadi. Urug’chisi qushilishib ketgan uchta meva bargchasidan tashkil topgan, urug’chi tumshuqchasi ko’pincha ikki bo’lakli, ba’zan bir yokip uch bo’lakli patsimon. Faqat makkajo’xorida urug’chi tumshuqchasi ipsimon uzun.Urug’chi tugunchasi ustki, bir uyali bo’lib ichida osilib turgan to’g’ri yoki sal egilgan urug’ kurtagi bor. Boshoqdoshlar guli shamol yordamida, ba’zilari o’zidan changlanadi. Mevasi dondan iborat; bunda urug’ meva tevarakligi bilan zich qo’shilishib ketgan bo’ladi; endospermasi ko’p.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish