Materiallar - bu mexnat predmeti bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadi va bir ishlab chiqarish siklida o‘z qiymatning yaratatiuloyatgan maxsulot qiymatiga o’tkazadi.
bu xisobga olishing shunday tizimiki, yil davomida material zaxiralar xisobi batafsil olib borilmaydilar zaxiralarning xaqiqatda qanchalik mavjudligini aniqlash uchun ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning tannarxini inventarizatsiya tugamaguncha aniqlab bo’lmaydi, chunki bu tannarx quyidagicha xisoblanadi:
Zaxiralarni davriy baxolash tizimining asosiy kamchiligi joriy paytda qancha mavjudligi to’g’risida batafsil ma’limotlarni yo’qligidir
Bunday axborotni ta'minlaydigan tizim, zaxiralarni uzluksiz hisobga olishi tizimi deb ataladi.
Bunday tizimda zaxiralar materiallarni xarid kilish va ishlab chikarishga berish to’grisida muntazam hisob yurutish yo‘li bilan zahiralarning uzluksiz xisobi ta'minlanadi.
Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning tannarxini aniqlash moddiy zaxiralarni baholash usullardan birinin qo’llash orqali amalga oshirilnadi:
Identifikatsiyalash usuli:
Materiallar zaxirasi tarkibidagi birliklar operatsiya najasida tanlab olinadi. Katta qiymatli materiallarni sarflash chog’ida identifikatsiyalash usulidan foydalanish mumkin.
Bu usuldan ayrim xollardagina foydalanish qulaydir,
lekin ikkta muxim kamchiligi tufayli keng tarqalmagan.
Birinchidan, ko‘p hollarda tovar moddiy zaxiralar birliklarining sotib olinishi va sarflanishi kuzatib turish qiyin.
Ikkinchidan, agar korxona bir turdagi materialni xarid qilish va iste'mol qilish bilan shug’ullansa, qanday materiallar sarflangan va kaysilari sarflanmaganligi ancha aniqlash qiyin bo‘ladi.
FIFO usuli (First-in first-out)
tovar-moddiy zaxiralarni dastlabki xarid qilish bo’yicha xisobga olish usuli, bu usulga muvofiq zaxiralarni qanday tartibda sotib olingan bo‘lsa shunday tartibda foydalaniladi, ya'ni ishlab chiqarishta (sotishga) dastlab tushgan zahifalar xarid vaqtidagi birinchi qiymat bo’yicha baholanishi nazarda tutiladi, demak, davr oxiridan zaxiralar so’nggi xarid qiymati bo’yicha baholanadi.
FIFO usulidan xar qanday tarmoq korxonasida materiallarning xaqiqiy xarakatidan qatiy nazar foydalanish mumkin, chunki bu usul toparlarning xarakatni emas, balki qiymatining harakatish xisobga oladi. Pul qadrsizlanadigan davrda FIFO usuli mumkin bulgan sof foyda olishning eng yukori darajasini ko‘rsatadi.
LIFO (last-in first-out) usuli
utovar moddiy zaxiralarni so‘nggi turkumi (so‘nggi xarid qilingan turkumi) bo‘yicha xisobga olish usuli: bu usulda zaxiralardan eng so’ngi xarid qilinganidan boshlab foydalaniladi, demak ishlab chiqarishga (sotishga) zaxiralarning tushishish so’ngi xaridning tannarxi bo’yicha baxolanadi, davr oxiridagi zaxiralarning tannarxi esa birinchi xarid tannarxidan kelib chiqib baxolanadi. LIFO (LIFO) usulidan foydalanish pul qadrsizlanishi davrida eng kam foyda beradi, deflyatsiya (narx pasayishi) davrida eng kup foyda beradi. FIFO usulidan farqli ravishda joriy xarajatlar va daromadlarni bir-biriga moslashtirishni (bog’lashni) ta'minlaydi, pul qadrsizlanishining tasirini kamaytirish imkonini beradi.
AVECO (average cost) usuli
O‘rtacha qiymat usuli - materiallarni o’rtacha narxda baholashga asoslanadi: tovar moddiy zaxiralarning qiymatini xisoblash usuli, bu usulda sotilgan tovarlar (foydalanilgan materiallarning) va oxirgi zaxiralarning tannarxi sotish uchun (foydalanish uchun) yaroqli tovarlar (materiallar)ning o‘rtacha qiymatiga teng deb taxmin qiladi.
O‘rtacha qiymat - sarflash uchun mo’ljallangan materiallarning hamma (to‘la) qiymatini shu materialning birliklari miqdoriga taqsimlash yo‘li bilan hisoblanadi. Natijada moddiy zaxiralarning o‘rtacha qiymatini topamiz, shunga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga berilgan materiallar baxolanadi va xisobot davri oxiridagi qolgan zaxiralar baxolanadi.
NIFO (Next-in first out) usuli
narxni almashtirish usuli bo‘yicha xisoblashga o’xshashdir. Bu usulda materialni ishlab chiqarishga berish qiymatini olingan paytdagi qiymatga tenglashtirish uchun tuzatish kiritish zarur.