Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1401
w
www.oriens.uz
May
2021
ilinjida aytilgan so’zlar yurakka etib bormaydi. Qilingan ishlar milliy qadriyatlar
ko’rkini oshirmaydi.
Odamlarning boshini qovushtiradigan, bir tan, bir jon bo’lib mehnat qilishga
jalb etadigan “hashar” deb nomlangan udumlarimiz borki, u har qanday millat
odamlarini hayratga soladi.
Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qon-qarindoshlik kabi ma’naviy
ziynatlarimizni, o’zbek xalqining milliy fazilatlarini ulug’lovchi A.Qodiriyning
“O’tgan kunlar” romani ko’z oldimizga keladi. O’zini o’zbek deb bilgan,
madaniyatimizga, ma’naviyatimizga befarq bo’lmagan har bir inson kitobni hech
bo’lmaganda bir marta o’qib chiqqan bo’lsa kerak deb o’ylayman.
Sevimli adibimiz zamon muammolari bilan bir qatorda haqiqiy o’zbek oilalariga
xos bo’lgan jihatlarni mohirona aks ettirgan. Jumladan, Yusufbek hoji bilan O’zbek
oyimning yolg’iz farzandini o’z bag’rida bo’lishini xohlashlari, ikki o’t orasida
qolgan Otabek qalb amriga qarshi borib, O’zbek oyimning “orzu-havas”iga rozi
bo’lishi, yoki Kumushbibining o’z umr yo’ldoshini chimildiqda ilk bora ko’rganida
“Siz o’shami?” deya hayo bilan so’ylashlari tahsinga loyiqdir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shu narsani ta’kidlamoqchimanki, biz yoshlar internetdagi turli
chorlovlarga ishonsak, chet elning jangari va axloqiy buzuq filmlari tamosha qilsak,
asab va qonni junbushga keltiruvchi ajnabiy musiqalarini tinglasak o’zligimizdan
yiroqlashib boraveramiz. Aksincha o’z bilimlarimizni doimiy ravishda mustaqil
ta’lim hisobiga oshirib borsak, boy ma’naviy merosimiz, an’analarimiz,
qadriyatlarimizni chuqur o’rgansak va albatta mutaxassis sifatida ularni keng targ’ib
qilsakkina vatanimiz, millatimiz, xalqimiz oldidagi farzandlik burchimizni ado etgan
bo’lamiz. Ilk tarbiya oiladan boshlanadi. Qush uyasida ko’rganini qiladi deyishadi.
Qolaversa bir bolaga etti mahalla ota-ona deb bejizga aytilmagan. Bola yosh nihol
hisoblanadi, qayoqqa egsa shu tomonga qarab o’saveradi.
Tadqiqotimizning natijalaridan kelib chiqqan holda yoshlarni milliy
qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash borasida quydagilarni taklif qilish mumkin:
1.
Yuksak ma’naviyatili halqimiz tarixidagi milliylikning bugungi kun
qilan solishtirma usuldagi darslarni, davra suhbatlarini, qisqa muddatli ko’rsatuvlarni
ko’paytirib borish;
2.
Yoshlarimizni tarixiy obidalarimizga sayohatlarini tashkil qilish hamda
milliy kiym-kechaklarimiz, buyumlarimiz bilan doimiy tanishtirib borish;
3.
Tariximizdagi milliy bayramlarimiz urf-odat, an’analarimiz to’g’risida
Do'stlaringiz bilan baham: |