MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan
foydalanish bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda qadim tarixdan
bizga me’ros bo’lib kelayotgan bu betakror an’ana, qadriyat va marosimlar, milliy
qadriyatlar va urf-odatlarni o‘rganish hamma davrlarda ham olimlar oldida muhim
vazifalarni bajarish zaruratini qo‘ygan.
Bu borada yoshlarni milliyligimiz bilan tarbiyalab borish, yevropa madaniyatini
keng tarqalib ketishini oldini olish mavzularida J.Hasanboyev, M.Turopova,
O.Hasanboyeva, A.Mavrunov, U.Qoraboyev va boshqalarning ilmiy ishlari va
maqolalarini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
TAHLIL VA NATIJALAR
Xullas, bu yo’nalishda sezilarli vazifalar amalga oshirildi. Ammo, hali bu
borada qilinadigan ishlarning ko’lami ham kengayib bormoqda.
Birinchidan,
millatimiz tarixi bilan bog’liq bo’lgan urf – odat va an’analarni
tiklash, ularni yoshlarimiz ma’naviy boyliklariga aylantirish;
Ikkinchidan
, millatimiz istiqboli, uning xususiyatlari oldida turgan vazifalarini
xal qilishga xizmat qiladigan yangi urf – odatlar va an’analarini shakllantirish ;
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1398
w
www.oriens.uz
May
2021
Uchinchidan,
milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan, tashqaridan yopirilib
kelayotgan urf-odat va an’analardan yoshlarimizni asrash kabilardir.
Tashqaridan qaraganda ular oddiy jarayon sifatida sodir bo’layotganday
ko’rinsada, aslida ularning yoshlar ongida “joylashib” olishi kelajakda tuzatib
bo’lmaydigan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa, bugun yoshlarimiz xorijliklarning kiyinishi, yurish turishi, muomala
madaniyatlarini ko’r - ko’rona o’zlashtirib olayotganligi milliyligimizga salbiy ta’sir
o’tkazishi mumkinligi xavotirli jarayon ekanligini alohida ta’kidlash lozim
1
.
Albatta, gap bugungi yoshlarimizning o’z ota - bobolari kabi kiyinishi yoki
ulardan tashqariga chiqmasligi haqida borayotgani yo’q
2
. Hamma muammo yoshlar
o’zgalarning kiyinishi, muomala qilish, yurish - turish odatlarini ko’r - ko’rona qabul
qilmasligi lozim ekanligi haqida bormoqda.
Aslida yoshlarimizning o’z milliy kiyinishimizni zamon ruhiyati va ehtiyoji
talabidan kelib chiqqan holda rivojlantirish va uni jahonda ommaviylashuviga o’z
hissalarini qo’shishlari zarur. Biz jahondagi ko’pgina xalqlar ega bo’lmagan buyuk
davlatchilik tariximiz, o’z ajdodlarimiz, urf- odatlarimiz va an’analarimizga,
qadriyatlari bilan dunyoda alohida o’ringa ega bo’lgan xalqmiz.
Mustaqiligimiz sharofati bilan ularni qayta tiklayotgan bir sharoitda
o’zgalarning urf-odat, an’ana va kiyinish madaniyatini qabul qilishga intilish, boy
milliy ma’naviyatimizga salbiy ta’sir o’tkazmoqda.
Jumladan, kiyinish insonning ichki dunyosini, ruhiyatini o’zida aks ettiradi.
To’g’ri, hamma chiroyli kiyinganlar ma’naviyati yuksalgan komil insonlar, - deb
bo’lmaydi
3
. Ammo, did, farosat , hayo bilan kiyinish insonning ichki dunyosi bilan
bog’liqligini ham inkor qilib bo’lmaydi. Yoshlarimizning milliy urf - odat va
an’analarimizni egallashlarida turli vaqtli matbuot, radio va televideniening rolini
ham alohida ta’kidlash lozim bo’ladi.
Maqsad bitta - xalq qadriyatlarini e’zozlash, poklikni asrash- avaylash,
poraxo’rlik, davlat lavozimini suiiste’mol qilish, talon-taroj, ko’zbo’yamachilik kabi
illatlardan xalos bo’lish, halol va kelajagi buyuk bir jamiyat yaratish.
Yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu
qadriyatlarga mas’ullik hissini uyg’otish maqsadida quyidagi takliflarni beramiz:
1
О,П,Умурзоқов. Умуминсоний қадриятлар: миллий анъана ва урф-одатлар такомиллашмоқда. // Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар, 1992 №2.
2
Э.Ю.Юсупов. Кадриятлар ва уларнинг жамият ҳаётидаги аҳамияти. Т.: 1994 й. 86-87-б.
3
Назаров Қ. Аксиология (Қалриятлар фалсафаси) Т; “Академия”. 2011 й. 54-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |