Yoshlarga oid davlat siyosatining ommaviy axborot vositalarda yoritilishi
Ahmadova Aziza Baxtiyor qizi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi
Axborot xizmati boʻlim boshlig‘i.
+99890 333 01 08
Annotatsiya: ushbu maqolada hozirgi kunda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, hujjatlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ularning ommaviy axborot vositalarida yoritilishining muhim jihatlari haqida soʻz yuritilgan
Kalit soʻzlar: yoshlarga oid davlat siyosati, asosiy prinsiplari, ommaviy axborot vositalarida yoritilishi.
Yoshlarga oid davlat siyosati bu — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimidir.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha mustaqillikning ilk yillaridan hozirga qadar ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda asosan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari, yo‘nalishlari, davlat dasturlari amalga oshirishning muhim jihatlarini . Bularga misol qilib aytadigan boʻlsak, bu barcha qarorlar ichidan 4-modda hamda 20-moddalar ushbu Ommaviy axborot vositalarda yoritilishning muhim jihatlarini yoritib berilgan.
4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari Ommaviy axborot vositalarida quyidagilardan iborat:
Ochiqlik va shaffoflik;
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
Ma‘naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
Yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Hamda bunday qarorlar kelajak yoshlarning barcha qiladigan ishlarini oldindan belgilab olish hamda ularga yetishishda ham ularga yordam berish ularni qobiliyatlaridan hamda qolgan barcha tomonlardan oqilona foydalanish, qolaversa, yoshlar tashabbus koʻrsatayotgan paytda ularni qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirish juda katta imkoniyatlarni ochib beradi. Bundan tashqari keltirilgan 20-moddada aynan bizga kerak boʻlgan asosiy vazifalar yotibdi.
20-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
Ommaviy axborot vositalari:
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga, shu jumladan sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, jamiyat hayotida uning roli va faolligini oshirishga, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
Yoshlarning ma‘naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlari va hududiy dasturlar ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar, shuningdek fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.[1]
Bundan tashqari aytishimiz mumkinki, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda keltirilgan ushbu modda orqali ham yoshlarga berilayotgan eʼtibor va ularning kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida qaror amallar bajarilmoqda.
3-modda. So`z erkinligi
Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o`z fikri va e`tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.[2]
Keltirilgan ushbu moddalarda barchasi kelajak yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, bularga misol keltiradigan boʻlsak, oddiy bir institutda Yoshlar Ittifoqi agentligi hamda yoshlar bilan ishlash byurosi bundan tashqari esa yoshlarning institutda qilayotgan barcha ishlari : maqola chiqarishi, kitob yozish, kitob tarjima qilish, hamda qator ammalarni bajaradigan vazifalarini qoʻllab quvvatlash, ularni ommaga tanitish hamda kelajakda yetuk mutaxassis boʻlishiga yordam berish bularning hammasi ommaviy axborot vositalari orqali koʻtariladi.
Hammamizga maʼlumki, nafaqat yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida balki, umum boʻlgan xalqda ham ochiqlik siyosatini koʻrsatish maqsadida MY5 tv kanali orqali birinchi boʻlib, markaziy studiya koʻrsatuvi yoʻlga qoʻyildi, buning sababi esa oʻsha Oʻzbekiston va chet elda boʻlayotgan voqealarni xolisona, batamom yetkazishdan iborat. Shundan soʻng, Youtube hamda bir necha ijtimoiy saytlarda ham bloggerlar koʻpaydi bu ham yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan eng kattasi boʻldi. Bundan tashqari aytishimiz mumkinki, Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar hamda o`zlari e`lon qilayotgan axborotning to`g`riligi va haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
Bunday imzolar chekilgan, hujjatlar tayyorlangan hamda ochiqlik siyosatini yuritish masalasi koʻtarilgan bir paytda hech kim bunga qarshi bora olmaydi. Ommaviy axborot vositalari bizning kundalik hayotimizda ham juda kerak. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari sekin-asta shakillanib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoyev Toshkent sh.,2016-yil 14-sentabr, O‘RQ-406-son
3. www.staff-tiiame.uz
4. www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |