Yoshlarga e’tibordavlat siyosatining ustuvor yo’nalishi



Download 20,18 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi20,18 Kb.
#749260
Bog'liq
BARATOVA QUNDUZOY YUSUPOVNA


YOSHLARGA E’TIBORDAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI
Baratova Qunduzoy Yusupovna
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 14-maktab o’qituvchisi


Anottasiya: Bugungi kunda yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda siyosiy institutlarning o’rni borasidagi qarashlarni tadqiq qilish bugungi kunda ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar: yoshlar siyosati, yoshlar parlamenti, yoshlarga e`tibor, ummuminsoniy masala, millat.
Jahon xalqlari ilmiy-falsafiy merosi va tamaddunida yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirishning nazariy-metodologik asoslatrini aniqlash hozirgi kunda eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
Mamlakatimizda yoshlarni ajdodlarimizni ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo’yicha har tomonlama izlanishlar olib borilmoqda. Yoshlar ongida yangicha dunyo qarash va tafakkurni shakllantirish, ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalash va qo’llab-quvvatlash davlatimiz siyosatida ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Yoshlar yurt kelajagi, millatning istiqbolini taminlovchi kuch hisoblanadi. Yoshlarning aql-zakovati, intilishiga qarab o`sha davlatning ertangi kuni haqida bashorat qilish mumkin. Yurtimiz mustaqilligiga erishgach eng muhim masalalardan biri yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi. 1991-yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga endigina sakson kun to‘lgan mamalakatda qabul qilinishi, o‘z-o‘zidan o‘sha paytdayoq O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biriga aylanishidan dalolat berar edi. Yoshlarning ijtimoiy va
ma'naviy jihatdan yuksak darajada kamol topishiga qaratilgan davlatning muhim
yo‘nalishlarini belgilab berdi va uni amalga oshirishning qonuniy asosini yaratib
berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini yoshlar tashkil etadi. Demograflarning tadqiqot xulosasiga ko’ra, ushbu ko’rsatkich yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi1. Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intelleкtual imkoniyatlariga ega ekanini ham namoyon etadi.
Yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasiga e’tibor qaratilishi jahonda kechayotgan globallashuv, integrasiyalashuv, axborotlashuv va universallashuv jarayonlarining jadallashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy munosabatlar dinamikasiga uzviy bog’liq2.
Bu esa umuminsoniy manfaatlarni ta’minlashning ijobiy tajribalarini umumlashtirish asosida milliy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlar bilan uyg’unlashtirish hamda bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibida qo’ymoqda.
Har qanday davlatning tarixiy-taraqqiyot yo’lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo’lishi o’sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagigiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog’liq.
Alohida ta’kidlash lozimki, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”da ham bu masala alohida o’z aksini topgan3.Jumladan mazkur hujjat bilan yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan:
Birinchidan, jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ishtimoiy faolligini oshirish;
Ikkinchidan, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
Uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va royobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va spotrga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o’z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar dasturi tasdiqlandi.Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O’zbekiston Yoshlari portali tashkil etildi va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasi shakllantirildi. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatining yangi bosqichga ko’tarilganini ko’rishimiz mumkin. Aynan shu yilda yoshlar muammolarini hal etuvchi, ularga yaqindan madad beruvchi ko’plab muhim tuzilmalar taashkil topdi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev 2020 yilning 23 sentyabr kuni bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so’zlagan nutqida ham yoshlar masalasiga alohida to’xtalib, jahon davlatlarini yana bir bor Yoshlar huquqlari to’g’risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo’yicha O’zbekiston tashabbusini qo’llab-quvvatlashga chaqirdi4.
Xulosa qilib aytganda, dunyo hamjamiyati e’tirofiga sazovor bo’layotgan Yangi O’zbekistonda yoshlarga e’tibor – davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Davlat va jamiyat himoyasini, g’amxo’rligi va madadini bugungi kunda mamlakatimizda kamol topayotgan har bir yosh o’z hayoti misolida yurakdan his etmoqda. Bu esa yoshlarning kelajakka bo’lgan ishonchi ortishiga, o’z bilim va iqtidorini yurt ravnaqi yo’lida sarflashiga xizmat qilishi, bir so’z bilan aytganda, Vatan taqdirini o’z taqdirini deb biladigan yosh avlod voyaga yetishiga zamin hozirlashi shubhasiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. Fayziev Sh. Yosh avlоd huquq va manfaatlarining muhim kafоlati. 2008 yil 3 iyun O’zbekistоn Milliy axbоrоt agentligi(UzA)ning veb-sayti — www.uza.uz lari dоirasida:

  2. O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” 2016 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-406-sonli qonuni.// Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,2016 yil,9-son.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.-Toshkent: “Adolat”,2018,-B.111.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to’g’risida 2018 yil 27 iyundagi PF-5466-sonli Farmoni .// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2018-y., 06/18/5466/1527-son.

  5. 2020 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-Farmoni. .// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y.,b 06/20/6017/1021-son.

  6. A.Sa’dullayev. “Yoshlarga –e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi”. Demokratlashtirish va inson huquqlari. 4 [88]-2020, ilmiy –ma’rifiy jurnal, 30-b.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”gi Farmoni // https://lex.uz/docs/3107036.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // “Xalq so’zi”, 2020 yil 24 sentyabr.

1 Fayziev Sh. Yosh avlоd huquq va manfaatlarining muhim kafоlati. 2008 yil 3 iyun O’zbekistоn Milliy axbоrоt agentligi(UzA)ning veb-sayti — www.uza.uz lari dоirasida:

2 A.Sa’dullayev. “Yoshlarga –e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi”. Demokratlashtirish va inson huquqlari. 4 [88]-2020, ilmiy –ma’rifiy jurnal, 30-b.

3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”gi Farmoni // https://lex.uz/docs/3107036.

4O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // “Xalq so’zi”, 2020 yil 24 sentyabr.

Download 20,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish