Sog‘lomlashtiruvchi daqiqa. “Daraxt” mashqi (5daqiqa)
Maqsad:
Mushaklarni cho‘zish orqali tana va ruhiyatga dam berishni o‘rgatish.
Trener ko‘rsatmasi:
–
O‘rningizdan turib yoki o‘tirgan holatda oyoqlaringizni birlashtiring, tovonlaringiz polga
tegib tursin, qo‘llar tushirilgan, gavdangiz tik holatda. Xotirjam nafas oling va chiqaring.
Qo‘llaringizni asta yuqoriga ko‘taring. Kaftlaringiz bir-biriga qarab tursin, barmoqlar
birlashgan. Butun tanangiz bilan cho‘ziling. Yuqoriga cho‘zilarkansiz, baquvvat, kuchli daraxtni
tasavvur qiling. Organizmingiz xuddi daraxt singari kuchga to‘lib bormoqda. (15-20 soniya).
Qo‘llaringizni tushiring va bo‘shashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |