Portugaliya mustamlakalari. Portugaliya dengiz sayyohi Kabral 1500- yili Braziliyani kashf etdi va uni Portugaliya qirolining mulki, deb e’ Ion qildi. Hali urug ‘chilik tuzumi sharoitida yashayotgan mahalliy hindu xalqlari mamlakatning ichkari hududlariga quvib yuborildi. Braziliyani xo‘jalikuchun о‘zlashtirish, asosan, Afrikadan keltirilgan qullar mehnati hisobiga amalga oshirildi. Asr oxirida Braziliyada yashovchi oq tanli ко ‘chmanchilar soni 25000 nafami tashkil etdi. Ular minglab qullarni ekspluatatsiya qilar edilar
Do'stlaringiz bilan baham: |