Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Fransiyada mutloq monarxiya haqida bilim berish
Fransiya mutlaq monarxiyasining o‘ziga xos xusu- siyatlari. XVI-XVIII asriarda Fransiyada mavjud bo‘lgan siyosiy hokimiyatning mazmuni quyidagi iborada o‘z ifodasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo ‘lib tug ‘ilgan о ‘ylab о ‘tirmasdan bo ‘ysunmog ‘i lozim». Fransiyada mutlaq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o‘zining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi. Qirollarning o‘ziga qolsa, vakillik organlaiini butunlay yo ‘q qilardilar. Biroq buning iloji yo‘qligi uchun ularning mamlakat siyosiy hayotiga ta’sirini kamay- tirishga urinar edilar. Bunga erishganlar ham.Angliya parlamentidan farqli o‘laroq, Fansiyada General shtatlar doimiy faoli- yat ko‘rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug‘il- ganidagina chaqiriladigan bo ‘ldi.1614- yildan boshlab butun XVII asr davomida esa biror marta ham cha- qirilmadi. Bu hodisa Fransiyada qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq bo ‘lganligini ko‘rsataredi. Qirol ayni paytda hukumat boshlig‘i ham edi. Uning huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan. Kengash a’zolari qirol tomonidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o‘zi hal etgan. Shu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy hukmronligi o‘matilgan. Shunday bo‘lsa-da, parlament butunlay tugatil- magan. Fransiya viloyatlarida ham parlament mavjud edi. Mamlakat fuqarolariga bu pariamentlarga viloyatlar sudlari ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan. Ayniqsa, Parij parlamenti katta ta’sirga ega bo‘lgan. Uning vakolati mamlakat hududining 1/3 qismida amal qilgan. Parij parlamenti taxt vorisi yosh bo ‘Isa, regent tayinlash huquqiga ham ega bo‘lgan.
Qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etgan. Fransiya qiroli Lyudovik XTV bekorga «Davlat - bu men!» demagan edi. Qirol qarorgohidagi bog‘larga о ‘matilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo ‘lgan. Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga о ‘xshatib ishlangan.