Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash
Sana:
Mavzu: Toshkentni bosib olinishi
Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Toshkentni bosib olinishi haqida bilim berish
0‘rta Osiyoni o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida podsho hukumatining olib borgan harbiy istilochilik yurish- lari natijasida uning katta hududlari bosib olindi. Olib borilgan harbiy harakatlarda yo‘qotishlar va talafotlarga qaramay, imperator Aleksandr II ning buyrug‘i bilan nav- batdagi harbiy rejalami amalga oshirish davom ettirildi.
yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati 0‘rta Osiyodagi harbiy harakatlami olib borishda harbiy markaz sifatidagi rolini bajardi. Navbatdagi vazifa bosib olingan hududlarda podsho hukumati
hukmronligini mustahkamlash va ma’muriy hududiy birlik-lami tashkil qilishdan iborat edi. Mazkur maqsadlamiamalga oshirish uchun bosib olingan joylami o‘z ichigaoluvchi ma’muriy-boshqaruv hudud, ya’ni alohida general-gubematorlik tashkil etishga kirishildi. Buning sababi 0‘rta
Osiyoning Orenburg general-gubematorligidan uzoqdajoylashganligi bo‘Isa, boshqa yana bir sababi bu kelgusidabosib olinadigan yerlami ham birlashtirish bo‘lgan. Bu^ ,hududlaming imperiya tarkibida yana bitta general- gubematorlik tashkil qilish uchun aholisi va hududito‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, 0‘rta Osiyoda alohida general-gubematorlikni tashkil qilish orqali uning geografik xususiyatlari, iqtisodi, tabiiy boyliklari, mineral resurslarini imperiya manfaatlariga har tomonlama moslashtirish edi.yilda bosib olingan hududlami o‘z ichiga oluvchi Turkiston general- gubematorligi tashkil qilindi. Shu bilan birga, Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi. 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okrugidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan.
Toshkent shahri general-gubematorlikning markazi qilib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlami amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi.Turkiston general-gubematori о‘lkada joylashgan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazaklari qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya ham hisoblangan. Turkiston general-gubematorligiga 1867-yil Rossiya imperatori farmoniga ko‘ra, general-adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867-1881) tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi. Turkiston o‘lkasidagi viloyatlaming hududlari katta bo‘lgan. Ulaming maydoni Rossiyaning ayrim markaziy gubemiyalarining hududidan ham katta bo‘lgan. Jum- ladan, o‘lkadagi viloyatlaming hududiy jihatdan eng kichigi bo‘lgan Samarqand viloyatining maydoni 2000 kv. verst (1 verst - 1,066 kv. km ga teng) bo‘lib, u Saratov gubemiyasidan, Sirdaryo viloyatining hududi esa Moskva gubemiyasidan katta bo‘lgan.
Turkiston general-gubematori 1867-yilgi «Nizom» loyihasida ko‘rsatilgan hu- quqlardan tashqari, o‘lkani boshqarish uchun mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda mustaqil faoliyat olib borishda katta huquqlarga ega bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |