Yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 219,54 Kb.
bet27/40
Sana18.07.2022
Hajmi219,54 Kb.
#821579
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
2 5276318678336411940

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 12-dekabr, PQ-4061-son qarori.

  2. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch"

  3. Karimjon Rahimqulov"Milliy harakatli o'yinlar" Tafakkur bo'stoni Toshkent 2012

  4. Abdullayev U. «Xalq O’yinlari, milliy sport turlarini kayta tiklash va axolini jismoniy tarbiyalashda ulardan keng foydalanish usullari » mavzusiga bagishlangan jumxuriyat ilmiy-amaliy anjumanining tezislari. 19-20 aprel 1991, 1 kism, b12-15.

  5. Azimov I.G. «Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi ».T, 1994. 72-73 b.. Qodirova "Maktabgacha pedagogika"

  6. D. Usmonova "Milliy harakatli o’yinlar va ularning bola tarbiyasi da tutgan o'rni" (referat)


YETIM VA OTA-ONA QARAMOGʻIDAN MAHRUM BOʻLGAN BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHTIRISHDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar


Fakulteti Amaliy psixologiya yoʻnalishi
1-bosqich talabasi Salimov Jozib Salomovich
Annotasiya: Ushbu maqolada yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarni ijtimoiy hayotga yoʻnaltirish, ular duch keladigan psixologik va ijtimoiy muammolar va ularning yechimlari, bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi va ularning amaliyotda qoʻllanilishi, bunga muvofiq tarzda mamlakatimizda joriy etilgan yangi tizim, “ Mehr daftari” va uning mazmum mohiyati yoritilgan.
Kalit soʻzlari: Sotsial, individ, Ijtimoiy yetimlik, psixologik, metodlar, Ijtimoiy guruhlar, qarovsizlik, sotsiologik muammolar, mehr daftari, hayotiy koʻnikmalar.
Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir. U sotsial jamoalarning ilk koʻrinishi hosoblanadi. Har bir individ oilada, ota-ona qaramogʻida voyaga yetar ekan, kelajakda uning tashqi jamoaviy guruhlarga moslashishi, Ijtimoiy muhitga koʻnikishi, jamiyatning muhim, oʻz oʻrniga ega a’zosi sifatida shakllanishi osonlashadi. U ota-ona qaramogʻida individual xususiyatlarga ega shaxs sifatida namoyon boʻla boshlaydi. Oilada ya’ni, ota-ona qaramogʻida voyaga yetgan bolalar, odatda, tashqi muhitga, jamiyatga osongina singib ketadi va oʻsha jamiyat, Ijtimoiy muhitning muhim boʻlagi, barkamol shaxsi sifatida boʻy koʻrsatadi.
Ammo, jamiyatda ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalar ham borki, ularning tashqi muhitga, sotsial jamoalarga birikishi, Ijtimoiy holat-hodisalarga koʻnikishi, kasbiy va turli xil hayotiy koʻnikmalarni egallashlari bir muncha qiyin kechadi. Ota-ona qaramogʻidan mahrum, yetim bolalar keyinchalik boshqa oila tomonidan asrab olingandan soʻng ham ularning ijtimoiy moslashish jarayoni yaxshilanmasligi, toʻlaqonli fikr yuritish, bayon etish qobiliyati shakllanmasligi ham mumkin. Ota-onasidan, umuman, yaqinlaridan ajralgan bolaning ruhiy, aqliy va jismoniy holati ota-ona qaramogʻida oʻsgan bolalardan farq qiladi. “Ilk davrlardanoq ota-ona mehridan mosivo boʻlish bolaning keyingi hayoti va taqdirini oldindan belgilab beradi”- deydi bola psixologiyasi bilan shugʻullangan pedagog-psixologlar. Darhaqiqat, shaxsning kelajakda qanday faoliyat yuritishi, jamiyatga moslashishi, shaxs sifatida shakllanishida bolalik davri asosiy oʻrin egallaydi. Negaki, aynan ilk bolalik davrida nutq, jismoniy harakatlar, aqliy faoliyat kabi inson umrining keyingi bosqichlarini ta’minlovchi faoliyat jarayonlari shakllanadi. Aynan shu davr bolaning butun hayot yoʻlini, kelajagini belgilab beradigan davr hisoblanadi. Chet el olimlarining, psixologlarining tadqiqotlarida, bolalar uyida yashovchi voyaga yetmaganlar, an’anaviy oilalarda oʻsadigan tengdoshlaridan farqli oʻlaroq, nafaqat jismoniy, aqliy va maʼnaviy rivojlanish kechikishlariga ega. Maktab enternati oiladan ayro holda, jamiyatga yetarli darajada moslashishga hissa qoʻshmaydi.
Bugungi kunda yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarning ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni jamiyatning toʻlaqonli, sogʻlom fikrlovchi, barkamol shaxsi sifatida tarbiyalab, voyaga yetkazish jahonhamjamiyati oldiga qoʻyilgan dolzarb masala. Hal qilinishi kerak boʻlgan asosiy muammo. Zero, yoshlar kelajak poydevori. Xoʻsh, bu masala yuzasidan jahonhamjamiyatining chora tadbirlari qanday? Dunyoning yetakchi, ilgʻor, rivojlangan mamlakatlarida ota-ona qaramogʻisiz qolgan, yetim bolalarning ijtimoiy jarayonlarga, sotsial muhitga moslashtirish ishlarida qanday metodlardan foydalanilmoqda?
Dunyo boʻylab yetimlik masalasi ilmiy, sotsiologik muammo sifatida olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Bu tadqiqotlar asosan, 20-asrning boshlarida olib borilgan. Bu tajribalar davomida bolalarning qarovsiz holga kelib qolish sabablari, qarovsizlikning oshib borishi sabablari va bunga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu davrga kelib yetimlik muammosi aslida sotsiologik tadqiq etilishi kerak boʻlgan masala ekanligi jahonhamjamiyati olimlari tomonidan eʼtirof etilgan.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarni ijtimoiy hayotga kirishi masalalari boʻyicha ish olib borgan Aripova Aziza Hasanovaning moqolasida xorij tajribalari haqida bir qator faktlar keltirilgan. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarni ijtimoiy guruhlarga kiritish, ularning ijtimoiy muloqot jarayoniga oson qoʻshilishini taʼminlash chora-tadbirlari yorqin namunasi sifatida Yaponiya tajribasini mosil qilib keltirish mumkin. Yaponiya tajribasida ota-ona qaramogʻidan mahrum, yetim bolalar bilan ishlashda befarzand oʻqituvchilarga bolalar biriktiriladi. Bolalar oddiy maktabda taʼlim oladilar. Kichik yoshdagi bolalar muassasa tashqarisidagi bolalar bogʻchasiga qatnaydi. Bunda hamma narsa uyga yaqin holatda moslashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan tajribadan shuni anglash mumkinki, bolaning ilk bolalik davrlaridayoq toʻgʻri ijtimoiy muhitda tarbiyalanilishi shu orqali kafolatlanadi. Bu jarayonda bola mehribonlik uylari yoki maxsus internatlarda emas, balki oilaviy muhitda kamol topadi. Barcha ota-ona qaramogʻidagi oddiy bolalar singari ular ham an’anaviy maktablarda taʼlim-tarbiya koʻnikmalarini oladilar. Bunda bolaning ijtimoiylashuv jarayoni oddiy bolalarnini kabi kechadi.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarni ijtimoiy muhitga tayyorlash, ularni jamiyatning muhim a’zosi sifatida kamol toptirishda xorij tajribasi mamlakatimiz uchun ham poydevor boʻlib xizmat qiladi. Dunyo tajribasida samarali natijalarga ega boʻlgan usullardan andoza olgan holda, uni amaliyotga tadbiq etish yoʻli bilan bolalarning ijtimoiylashuv jarayonini sezilarli darajada yaxshilash mumkin.
Shu oʻrinda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qaroriga koʻra yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi. “Mehr daftari”ga koʻra yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy va maʼnaviy tomondan yordam koʻrsatish asosiy masala hisoblanadi. Bu tizim bolaning Ijtimoiy hayotda har tomonlama oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun qabul qilingan muhim qarordir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, jahon tajribalaridan foydalangan holda, ularning samaradorligi yuqori boʻlgan metodlari bilan oʻzimizdagi joriy amaliyotlarni umumlashtirib, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiylashuv jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilash mumkin. Bu usullar yordamida bolalarda kechadigan, jamiyatdan chetlashish, Ijtimoiy muhitga qoʻshila olmaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish mumkin. Mahallalarda oilalar bilan ishlash boʻyicha psixologlar shtabini joriy etish orqali esa iktimoiy yetimlik va uning sabablarini bartaraf etish mumkin. Mehrga, ijtimoiy koʻmakka muhtoj, yetim ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarning hayotini yuqorida keltirilganlar yaxshilaydi, ularning ijtimoiy mavqeini belgilashga xizmat qiladi. Ularga uzatiluvchi har qanday qoʻl ularning ertasini belgilashi, kelajagini taʼminlashi, jamiyatning ongli, individual xususiyatlarga ega boʻlgan muhim shaxsi sifatida kamol topishi uchun asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Shu oʻrinda esa bolajon xalqimizning yorqin namunasi boʻlgan oʻsha “Shomahmudovlar” oilasini eslash kifoya...

Download 219,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish