Yosh mutaxassis o’qituvchilar uchun
metodik tavsiyalar
Zarafson shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining
matematika fani o`qituvchisi
Nazarova Inobat Bobomurodovna
2014-2015 o’quv yili.
Kirish
Farzandlarimiz bizdan ko’rakuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart.
A. Karimov
Jannat makon yurtimiz mustaqil O’zbekistonimiz kelajagining poydevori bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalashda, unga bilim berishda muallimlarimizning o’rni albatta beqiyosdir “Barchamizga ayonki, inson
qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatpar va bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymaki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Chindan ham, o’qituvchi nainki sinfxonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo’tabar zotdir”. Shunday ekan muallim dars o’tishning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’sir etishning turli usullari, har xil vositalardan foydalanibgina qolmay muallim har bir mavzuni ochishda unda yotgan g’oyani ilg’ab olishda matematik o’yinlar, sahna ko’rinishlari ham yordam beradi va o’quvchilar xotirasida saqlanadi.
Muallim ta’lim tarbiyaning turli vositalari yordamida o’quvchilarga avvaldan o’ylangan, pishitilgan va o’zianiq tasavvur etadigan rejaga ko’ra ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sirning javobi sifatida mustaqil diyorimizga mos, erkin fikrlovchi barkamol shaxsni shakillantira oladi.
Qo’llanma yosh o’qituvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, uslubiy yordam beradi bundagi ba’zi bir kamchiliklar uchun fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilaman.
Zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talablar
"Kadrlar tayyorlash miliy dasturi" raqobatbardosh kadrdar tayyorlovchi o’qituvchiga qo’yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi.
Bir-biriga bog’liq bo’lgan talablarning majmui o’qituvchining umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq, asosiy talablar quyidagilardan iborat;
- Ta`lim berish mahorati;
- Tarbiyalay olish mahorati;
- O’quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlari; .
- Ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.
Ta`lim berish mahorati o’qituvchiga qo’yiladigan talablar va o’quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish shartlari bilan bog’liq bo’lgan quyidagi bosh omillar bilan aniqlanadi;
- qo’llab-quvvatlash va o’quv jarayoni muhiti;
- pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarligi;
- fanni chuqur bilishi, kasbiy omilkorlik va eruditsiya;
- kompyuter texnologiyalarini bilish;
- kasbiy axborot manbalari sifatida chet tillardan birortasini bilish;
- yangi uslubiy va bilim manbalari sifatida ilmiy- uslubiy ishlarni olib borish;
- uzluksiz ta`lim tizimining me`yoriy hujjatlarini bilish;
Tarbiyalay olish mahorati o’qituvchining yuksak madaniyat va ma`naviyat saviyasiga, shaxsiy axloqqa vatanparvarlik va burchiga asoslanadi, o’qituvchining o’quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlariga quyidagilar kiradi; talabchanlik va adolatlilik, halollik va hayrihoxlik, kirishimlilik va xazil mutoyiba xissi.
Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash va nazorat qilish mahorati psixologik-pedagogik jixatdan pedagogning ta`lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bog’liq. Pedagog ta`lim oluvchilarning bilimlarini ob`ektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal ravishda reyting nazoratda qo’llay olishi, hamda standart testlarni ishlab chiqa olishi va qo’llay olish mahoratiga ega bulishi lozim.
"Ilg’or pedagogik texnologiyalar"da pedagog bilishi lozim: ilg’or pedagogik texnologiyalarning ilmiy-uslubiy asoslarini;
- ilg’or pedagogik texnologiyalarning tarixini;
O’quv jarayoniga yondoshish tamoyillari haqida tasavvurga ega bo’lshi;
pedagogik texnologiyalarni didaktik qonuniyatlarini;
O’qitiladigan fanga ta`luqli ilg’or pedagogik texnologiyalarni;
- didaktik jarayonni ma`lum vaqt chegarasida loyihalashni;
- o’quv jarayonining muvofiq, vaziyatlarini o’rganishga doir tushuntiruv-ko’rgazmaviy, texnologik va izlanuvchan usullarini;
- o’qitishning aktiv usullarini bilishi va qo’llay olishini;
- o’qitishgatexnologik va. izlanuvchan yondashuv usulini ishlab chiqishni;
- uy vazifalarini maqsadli, tahlil qilish, kerakli hajimda berish loyihalarning mantiqiy tuzilishini ishlab chiqishi;
- o’quv maqsadlari va vazifalarining kataloglarini ishlab chiqishni;
O’quv maqsadlari va vazifalari asosida test topshiriqlarini tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bulishi shart.
Mukammal o’qituvchida bilishi lozim bo’lgan sifatlar:
I. Mutaxasis sifatida:
- pedagogika nazariyasini bilishi;
- pedagogik mahoratga ega bo’lishi;
- psixologiyani teran bilishi;
- ta`lim-tarbiya texnologiyasini bilishi;
- mehnatni to’g’ri taqsimlay olishi;
- ishiga muxabbatli va sadoqatli bo’lishi;
- pedagogik qobliyatli bo’lishi;
- umumiy bilimdonlik;
- sabr-toqatlilik;
- hissiyotlarini boshqara olishi;
- bolalarni sevishi va tushunishi;
- nutq, madaniyatiga ega bo’lishi;
- muloqot madaniyatini egallagan;
- o’ziga va o’zgalarga talabchan;
- taktikali bo’lishi;
- tashkilotchilik;
II. Ishchi sifatida:
- maqsadlilik;
- vaqtdan unumli foydalanish;
- malakasini doimiy oshirish;
- ish unumdorligi uchun kurashish;
- ijodkorlikka intilish;
- har tomonlama bilimdonlik;
- jamoa bilan kelishish;
- javobgarlik, mas`uliyat hissi;
- faollik;
- moslashish;
- ishni t o’g’ri taqsimlay olish;
- texnikani bilishi;
- texnologiyami bilishi;
- intizomlilik.
III. Inson sifati:
- yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lishi;
- shaxsiy xususiyat darajasi;
- o’rnak b o’la olish qobiliyati;
- jamiyat qonunlariga xurmat;
- milliy g’urur;
- g’oyaviylik;
- Vatanga, xalqqa muhabbat;
- sog’lik;
- dinga tug’ri munosabat;
- muloqotmadaniyati;
- ochiq, ko’ngillilik;
- o’z- o’zini tarbiyalay olish;
- talabchanlik;
- sabr-toqatlilik;
- jamoatchilik;
- siyosiy faollik;
- intizomlilik;
- insonparvarlik, bolalarni sevish kabi xislatlarga ega bo’lishi lozim.
An’anaviy dars berish uslubi.
Dars-oldin o’zlashtirilgan bilimlar bilan o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlarni eslab takrorlab mustahkamlab olish orqali boshlanadi. Bu degani o’tilgan mavzular orqali ertangi mavzuga hozirlik ko’rish.Yangi mavzuni yoritish turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash, vazifani topshirish bilan yakunlanadi.
Darsda o’quvchilarning faol yoki nofaolligi, o’qituvchining darsni qanday tashkil qilishiga bog’liq.Darsda o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish uchun yangi mavzuni maydalab bo’laklarga bo’lib o’tish tavsiya etiladi.
Darsni qanchalik o’zlashtirilishini turli xil masala va miosollar berib, tekshirish orqali maqsadga erishiladi.
Darsberishning bosqichlariga to’xtalamiz.
Tashkiliy qism-salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash. Kerak bo’lganda dunyo va yurtimiz tarixida bo’ladigan yangiliklar bilan tanishtirish, kerak bo’lganda o’quvchilardan so’rab olish.
O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuga hozirlik ko’rish.
O’tilgan mavzuni so’rash va takrorlab olish va yangi mavzuga oid bilim darajalarni aniqlash ularni baholash va yangi materialnio’zlashtirishga tayyorlash. O’qituvchi vaqtni tejash maqsadida yangi mavzuga oid atamalar, ko’rgazmalar, formulalarni oldindan doskaga ilib qo’ysa, yaxshi bo’ladi.Bundan tashqari yangi dars mavzusini ifodalovchi og’zaki savol yoki muammo qo’yish orqali amalga oshiriladi. Qo’yiladigan savol yoki muammoli vaziyat o’quvchilar uchun qiziqarli, ajablanarli va diqqatini o’ziga tortadigan bo’lishi lozim.
Yangi mavzuni yoritish- dars mavzusini kichik- kichik bo’laklarga bo’lib, ketma-ketlikda va mantiqiy bog’liqlikda, kerak bo’lganda boshqa fanlarga bog’lab ko’rgazmali tarzda turli xil o’qitish usullardan foydalangan holda berish lozim.
Yangi mavzuni mustahkamlash olingan nazariy bilimlarni misol va masalalar yechishda qo’llash, turli hil topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilargayangimavzugaoidamaliyko’nikmalarnihosilqilishvabaholash. O’quvchini baholash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars mavzusidan kelib chiqqan holda bo’lishi lozim. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun butun sinf ishtirokida turli xil tarqatma materiallar bilan ishlash , mayda guruhlarga bo’lib ishlash yordamida amalga oshirish mumkin. O’quvchilarning mustaqil ishlashlariga o’qituvchi sharoit yaratib berishi kerak bo’lganda tushunmagan savollariga javob berishi lozim.
Darsga yakun yasash va baholash- o’qituvchi o’quvchilarga darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishganlikni o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilishi lozim. O’qituvchi darsning asosiy lahzalarni qaytarish, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini aniqlash, darsda faol qatnashgan o’quvchilarni nomini aytish va baholash. O’quvchilar bilimini butun dars davomida turli xil usullarda baholash mumkin. O’quvchilarni baholash faqatgina baho qo’yish emas, balki ulardagi fanni egallash darajasini nazorat qilishdan iborat bo’lib, kerak bo’lganda darsning borishiga o’zgartirishlar kiritish, tushunishi qiyin bo’lgan joylariga qayta –qayta to’xtalishi lozim bo’ladi.
Uygavazifa-o’tilgan mavzu bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni yanadamustankamlashga yoki kelgusi dars uchun hozirlik ko’rishga va mustaqil bajarishga mo’ljallangan bolishi lozim.
Darsda o’quvchilar faolligini oshiradigan usullar.
-
"Kubik o’yini" usuli (10-20 minut).
Qirralari 5sm dan bo’lgan 6 dona oddiy kublar yasaladi. Kublarning har bir yog’iga matematik formulaning bir qismi yoki matematik tushunchalarning bir qismi, ta`rif, teorema, geometrik shaklning bir qismi yoziladi. Qolgan kublarning ham bir yog’iga shu tushunchalarning qolgan qismlari yozib chiqiladi.Agar kublar to’g’ri yig’ilsa, ma`lum matematik tushuncha paydo bo’ladi. Shunday qilib birinchi kubga matematik tushunchalarning birinchi qismi, qolganlariga uning davomlari yozilsa, jami bo’lib, 6 ta matematik tushuncha paydo bo’ladi. Bu usulni qo’llash uchun sinf o’quvchilari 5-6 nafardan qilib guruhlarga ajratiladi.Har bir guruhga 6 tadan kubiklar tarqatiladi.Har bir guruh uchun shu kubiklarda berilgan 6 ta matematik tushunchalar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.O’quvchilar kubiklarni terib, btta matematik tushunchalarni paydo qilishlarini talab qilinadi.Qaysi guruh birinchi bo’lib kubikni to’g’ri tersa, shu guruh g’olib deb e`lon qilinadi.Bu usulni har xil shaklda qo’llasa bo’ladi.Birinchi kubikni istalgan yog’i bilan parta ustiga tashlab, kubikning tepa yog’idagi matematik tushuncha davom ettirishnitalab qilish ham mumkin. Yoki kubikning 6 ta yog’iga 6 ta savol yozib , uni istalgan yog’i bilan parta ustiga tashlab, uning tepa tomoni yogidagi savolning javobini talab qilish ham mumkin. Dars reja asosida davom ettiriladi.
2. "Sport-loto o’yini" usuli (5-10 minut).
O’lchami 8x20 sm bo’lgan karton kartochkaga teng 8ta doira (kvadrat) chiziladi.Har bir doira (kvadrat) ga "savollar qopchasi" ichidagi savollarning javoblari yoziladi. "Savollar qopchasi" da kartochkalar soni 8 marta ko’p savollar jamlanmasi mavjud bulishi kerak. Qopcha ichidagi savollar xam doyra (kvadrat) ichiga yozilsa ma`qul bo’ladi.
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga bittadan kartochka, hamda ushbu - kartochkadagi to’g’ri javoblarning ustini bekitib qo’yish uchun o’lchami aynan kartochka ichidagi doyra (kvadrat) ning o’lchami bilan bir xil bo’lgan 8 ta bo’sh doyra (kvadrat)lar tarqatiladi.
O’qituvchi qopcha ichidagi savollarni aralashtirib, bir o’quvchini savollarni qopchadan olib o’qish uchun taklif kilinadi.O’quvchi qopchadan savollarni olib o’qiy boshlaydi.
Guruhlar esa, savolga javobni o’zlarining kartochkasidan izlab topadi va ustini bo’sh doyra bilan bekitib qo’yadi. Har bir savolga to’g’ri javob faqat bittagina guruhning kartochkosida bo’ladi, boshqalarida bo’lmasligi kerak. Shu tariqa davom ettiriladi.O’qituvchi guruhlarning ishlarini to’g’riligini o’yin davomida tekshirib boradi.Dars reja asosida davom ettiriladi.
3"Kichik guruhlarda ishlash" usuli.
Bu usulni qo’llash o’qituvchidan mohirlik talab qilinadi.Bu usul butun dars davomida yoki darsning bir qismida qo’llanishi mumkin.Sinf o’quvchilari o’z xohishlari bo’yicha 4-6 nafarlik guruhlarga ajratiladi. Negaki, bir guruhda bir-biri bilan xarakterlari to’g’ri kelmaydigan o’quvchilar bo’lmasligi kerak. Har bir guruhning bilim saviyasiga qarab savollar, mavzular, misol va masalalar o’qituvchi tomonidan tanlanadi va tarqatiladi.
O’quvchilar o’z savollariga o’zaro hamjihatlikda javob izlaydilar.Bunda o’quvchilardan quyidagilar talab qilinadi.
1) guruhdagi sinfdoshingni diqqat bilan tingla, uning fikrlarini tushunishga harakat qil,
2) agar tushunmasang, yana so’ra,
3) o’z fikringni qisqa va tushunarli qilib bayon qilishga o’rgan,
4) guruhdagi sinfdoshingning fikriga qo’shilmasang, sababini asosla,
5) agar sinfdoshlaring sening fikringa qo’shilmasa, sababini aniqla,
6) agar fikringni xatoligi isbotlashsa, xatoyingni tan ol,
7) masalaning yechimi uchun hamma birday ma`sul ekanligini unutma.
O’qituvchi o’quvchilarning to’g’ri javoblarni topishni o’yin davomida nazorat qilib boradi. Masalaning to’g’ri yechimini topgan guruh sardori, uni sinf doskasida barchaga yechib ko’rsatadi. Qaysi guruh masalani yecha olmagan bo’lsa “bo’sh” guruh deb e’lon qilinadi va boshqa guruhlardan ushbu masalani yechish talab qilinadi. Qaysi guruh barcha masalalarni to’g’ri yechsa, bu guruh “a’lochi” guruh deb rag’batlantiriladi va darsni reja asosida davom ettiriladi
4. "Bir-birini o’qitish" usuli (10-15 minut).
Sinf o’quvchilari 6 nafardan qilib guruhlarga ajratildi. Har bir guruhga alohida- alohida topshiriq beriladi. 5 minutdan so’ng guruhlarning har biri yana ikkitaga bo’linadi. 3 kishilik guruhlarda bir o’quvchi topshiriqni boshqasiga tushuntiradi, ya`ni o’qituvchilik vazifasini bajaradi. Bu vaqtda o’qituvchi topshiriqlarning bajarilishini har bir guruh yoniga borib nazorat qilib turadi, kerak vaqtda yordam beradi. Yana 5 minut o’tgach, o’rgatadigan o’quvchi va o’rganadigan o’quvchilar vazifalarni almashadilar, ya`ni o’rgangan o’quvchi topshiriqni boshqatdan bajaradi yoki mavzuni aytib beradi. O’yin yakunida o’qituvchi barcha yo’l qo’yilgan kamchilik va xatoliklarni tuzatadi va dars reja asosida davom ettiriladi.
5. "O’zaro savol - javob" usuli. (5-10 minut)
O’quvchilarga topshiriq (mavzu) beriladi.O’quvchilar 5 minut ichida ushbu topshiriqni bajaradilar va partadoshlar o’rganilgan topshiriq (mavzu) bir-birlari bilan o’zaro savol-javob qiladilar. Ushbu o’yin davomida o’qituvchi o’quvchilarning o’zlashtirganlik darajalarini aniqlab boradi va o’yin yakunida ushbu bo’shliqlarni a`lochi o’quvchilar yordamida to’ldiradi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
6. "Aqliy hujum" usuli (5-6 minut)
Bu usul o’quvchilarni darsga tezrok sho’ng’ib ketishlariga va diqqatlarini asosiy mavzuga qaratishlari uchun yordam beradi. Bu usuldan darsning istalgan paytida ko’proq darsning boshlanishida foydalanish mumkin . Bu usul "bir kalla yaxshi ,o’n kalla undan yaxshi " shiori ostida olib boriladi.Buning uchun o’qituvchi sinfga biror-bir muammoli savol tashlaydi.Savolga berilgan javoblarning barchasi to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat`iy nazar o’quvchilar tomonidan aytilgan ketma - ketlikda sinf doskasiga ( vatmanga) yozib boriladi. Barcha fikrlar aytib bo’lingach , ularning tug’ri va notug’rilari ajratiladi va yakuniy fikrga kelinadi. "Aqliy hujum" usulini qo’llaganda barcha o’quvchilar o’z fikrlarini aytishlariga e`tibor berish kerak. Barcha fikrlarni bir nechta o’quvchi aytishiga yo’l qo’ymaslik kerak.Xato bo’lsa ham fikrlarni aytsin.
Usulni qo’llashda hech bir o’quvchining fikri tanqid qilinmaydi , baholanmaydi. Shunday qilinsa ,o’quvchilar hech ikkilanmasdan o’z fikrini bildiradilar . Xatolarini esa , yakuniy xulosalar aytilgach , o’zlari anglab oladilar . Dars reja asosida davom ettiriladi .
7. "Baxs" usuli (10-15 minut)
Bu usul barcha o’quvchilarni darsda faol ishtirok etishga chaqiradi .Buning uchun sinf o’quvchilari 2 guruhga ajratiladi.O’quvchilar o’zlarining sardorini saylab oladilar .Har bir guruhga chalkash savollar beriladi .Guruh a`zolarining har biri savolga o’z fikrini bildirishi guruh sardori tomonidan nazorat qilinadi. Savollar muhokamasi xuddi "Zakavotchilar " ning bahsi kabi o’tadiladi. Guruh sardori xar bir o’quvchining javobi qisqa va tushunarli ekanligiga e`tibor qaratadi. Bir o’quvchining juda ko’p vaqt gapirishiga yo’l qo’yilmaydi , agar ushbu o’quvchi mujmallashib ketaversa , darrov boshqa o’quvchining fikri so’raladi.
Baxs tugagach sardori baxs tugaganligini e`lon qiladi va tug’ri javobni sharxlab beradi . Savollarga tug’ri va aniq javob bergan guruh g’olib deb e`lon qilinadi. G’olib guruh rag’batlantiriladi. Dars reja asosida davom ettiriladi .
8 "Klaster" usuli (10-15 minut)
Klaster ingilizcha so’z bo’lib, dasta , bog’lam , shajara, tarmoqlash degan tushunchalarni anglatadi.
Bu usulni qo’llash uchun sinf guruhlarga ajratiladi.Har bir guruhga bittadan vatman yoki plakat, qalam va bittadan savol beriladi. Savol vatmanning tepasiga o’rtada yoziladi .Har bir o’quvchining javobi to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat`iy nazar yozib boriladi . Javoblar tugagash , to’gri javoblar strelkalar orqali bog’lab chiqiladi, noto’g’ri javoblar uzilib qoladi . Savol daraxtning tanasi bo’lsa , javolar uning shoxlari kabi bo’ladi . To’g’ri va keng ko’lamli javob topgan guruh g’olib deb e`lon qilinadi .Javoblar guruh sardori tomonidan sharxlab beriladi.O’qituvchi esa o’quvchilarni yo’naltirib , ko’maklashib boradi . Dars reja asosida davom ettiriladi
9. "Sinkveyn" usuli ( 5-10 minut)
Sinkveyn - frantsuzcha so’z bo’lib , "beshlik" degan ma`noni anglatadi.
Bu usulni qo’llashda bir savolga beshta mantiqan to’g’ri , sinonim javob yozish talab qilinadi . Javoblarni yozganda , birinchi qatorga - bir so’zli, ikkincha qatorga ikki so’zli , uchunchi qatorga - uch so’zli , to’rtinchi qatorga to’rt so’zli va beshinchi qatorga yakuniy to’g’ri fikr yoziladi.
Masalan :
1. Funktsiya
2. To’plamlarni akslantirish
3. To’plamni to’plamga akslantirish
4. To’plamlarni bir qiymatli akslantirish
5. Matematik tushuncha
Bu usul matemtikada kam qo’llaniladi.
10. "Charxpalak " usuli (10-20 minut)
Ushbu usul ko’pincha o’quvchilar bilimini baholash, bo’shliqlarni aniqlash maqsadida fanning bir bo’limi tugagandan so’ng o’tkaziladi . O’quvchilarni guruhlarga bo’lib yoki yakka - tartibda topshiriqlar berish mumkin.
O’qituvchi tarqatma materiallarni guruhlar ( o’quvchilar)ga tarqatadi . Tarqatma materiallarda 10 va undan ortiq savollar va ularning 4 tadan javoblari beriladi. ( test shaklida yoki boshqa ko’rinishda) . Guruh( o’quvchi) tarqatma materiallarning o’ng burchagiga o’z guruhi raqamini qora kalam bilan yozib , tug’ri javoblarni qora kalam bilan belgilaydi . Barcha savollarga javob tayyor guruhlar (o’quvchilar )o’zlari tug’ri deb xisoblagan javoblarni qizil kalamda beligilab , yana keyingi guruhga (o’quvchiga )uzatadi . Shu tariqa o’z guruhining topshirig’i o’ziga qaytib keladi. Shu asosida guruh (o’quvchi )o’zining xatolarini ko’rib oladi. Bu davrda o’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tekshirib boradi .
Barcha guruhlar (o’quvchilar ) vazifalarini bajarib bo’lgach , har bir guruh (o’quvchi ) ning topshiriqni bajarish foizi aniqlanadi va reyting asosida baho qo’yiladi . Masalan , 10 ta topshiriq berilgan bo’lsa , 6 ta to’g’ri javobga ( 55% dan yuqori ) 3 baho, 8 ta javobga (70% dan yuqori ) 4 baho , 9-10 ta to’g’ri javobga (85 % dan yuqori ) 5 baho qo’yiladi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
11. "6 x 6 x 6 " usuli (15-20 minut)
Ushbu usul o’quvchilar bilimini mustahkamlash va yangi mavzuga poydevor qo’yish maqsadida qo’llaniladi. Buning uchun sinf har biri 6 nafardan bo’lgan 6 guruhga ajratiladi . Guruhlar 1 dan 6 tagacha nomerlangan bo’ladi .Buning uchun 1 dan 6 tagacha raqamlar yozilgan 36 ta nomerchalar tayyorlanadi. Bunda xar bir raqam 6 tadan bo’ladi .O’quvchilar nomerchalarni tortib , beligilangan guruhga borib utiradilar. Guruhlar o’zlariga berilgan topshiriqni 5-10 minut ichida bajaradilar. Belgilangan vaqt niрoyasiga yetgach ,o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi , bunda avvalgi 6 ta guruhning xar biridan bittadan vakil bo’ladi . Yangi tashkil etilgan guruhning har bir a`zosi o’zining guruhiga berilgan topshiriqni boshqalarga o’rgatadi. Shu tariqa hamma o’quvchilar 6 ta topshiriqni15-20 minut ichida o’zlashtirib oladilar . Bunda har bir o’quvchi shu vaqt mobaynida ham tinglovchi ,ham munozara etishini ta`minlaydi. Chunki u, hech bo’lmaganda o’zining guruhiga topshirilgan topshiriqni, keiynchalik yangi guruhga aytib berish uchun , o’zlashtirib olishga intiladi. Dars reja asosida davom ettiriladi
12. "3x4" usuli (10-15 minut)
Sinf 4 ta guruhga bo’lindi.Har bir guruhga yuqori qismida savol yoki matn yozilgan varaq tarqatadi. Guruhlar ushbu savolning ostiga 3 tadan javob yozadilar va varaqlarini qoldirib, o’zlari 2 guruhning joyiga, 2 - guruh esa 3 - guruhning joyiga , 3-guruh esa 4 guruhning joyiga utiradilar . Shu tariq, har bir joylarini 3 martdan almashtirib, o’zidan oldingi guruhning javoblariga yana 3 tadan javob qo’shimcha qiladilar .O’z joyiga aylanib kelgan guruh javoblarini umumlashtirib , yakuniy xulosa yasaydi . Guruh sardori o’z guruhiniig javoblarini izoxlab , sharxlab beradilar. Ushbu usulda guruhlar joylarini o’zgartirmasdan 5 savol yozilgan varaqlarni soat strelkasi bo’ylab almashtirishlari ham mumkin.O’qituvchi faol o’quvchilarni baholaydi va dars reja asosida davom ettiriladi
13. "Beshinchisi ( oltinchisi , ettinchisi ,...) ortiqcha "
usuli (5-10 minut)
Ushbu usulni qo’llash uchun o’qituvchi har bir o’quvchiga kamida 3 tadan savol va har bir savolga 4 ta to’g’ri javob va 1 ta xato javob yozilgan kartochkalarni tarqatadi .O’uvchilar 5 ta javobdan xato javob ( ya`ni ortiqchasi ) ni aniqlab, uning yoniga qalam bilan "?" beligisini qo’yadi. Topshiriq bajarilgach, har bir o’quvchidan javoblarini qisqacha izohlash talab qilinadi va shunga qarab baho qo’yiladi. Dars reja asosida davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |