O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish usullari.
Aytingchi, so`z, harflar ishlatmasidan maqol yozish mumkinmi?
Albatta (o`quvchilar raqamlarni maqolga aylantirishadi).
2, 15, 1, 30
Maqol: Ikki o`n besh, bir o`ttiz.
Ba`zan esa so`z va raqamlardan maqollar hosil qilinadi.
Masalan: 7; 1- Yetti o`lchab bir kes.
Ushbu o`yin va topshiriqlar orqali o`qituvchi fanlar aro bog`liqlikni ta`minlaydi. O`quvchilarda bir necha fanga bo`lga qiziqishi ortadi. O`quvchilarni izlanuvchanlikka o`rgatadi.
Masalan. 9-sinflarda “Geometrik progressiya” ga oid quyidagi masalani kiritish mumkin.
Har bir sodda bir hujayrali infuzoriya- tufelka ikki qismga bo`linish bilan ko`payadi. Agar olti marta bo`lingandan keyin infuzoriyalar soni 320 ta ga yetgan bo`lsa dastlab ular nechta bo`lgan.
Yechish: maxraji 2, oltinchi hadi esa b6=320 bo`lgan geometrik progressiyaning birinchi hadi b1 ni topish kerak, bunda b1 dastlabki infuzoriyalar soni, b6=b1q6-1 formulaga ko`ra
b1 25=320; 32b1=320; b1=10. Javob: b1=10
SIGIR, BUZOQ VA PICHAN.
Bir g`aram pichanni sigir 30 kunda yeb tugatadi. Buzoq esa shu pichanni 60 kunda yeb bitiradi. Ikkalasi birgalikda yeb tursa bu g`aramlangan pichan necha kunga yetadi?
TEMIR SHAR
Radiusi 5 sm bo`lgan temir shar 4 kg bo`lsa, radiusi 10 sm bo`lgan xuddi shunday shar nechakilogramm?
OLMAXO`RLAR
9 kishi 9 daqiqada 9 ta olma yeyishgan. 10 kishi necha daqiqada 10 ta olmani yeb tugatadi?
TARVUZ
Tarvuz 99% ga suvdan tashkil topadi va uning og`irligi 10 kg dir. Qirg`oqchilik boshlanib, 1 kechada tarvuz qurib, 98% ga suvdan tashkil topadigan bo`ldi. Xush hozir uning og`irligi qancha?
Do'stlaringiz bilan baham: |