Eshmatov: Donolar – donosi domlajon! Xatolarimni kechiring. Bir qoshiq qonimdan keching. Xatolarimni tuzatishga harakat qilaman. XVII asrda yashagan Kirxer ismli din peshvosining fikricha, yer yuzasidagi suv katta kanal orqali butun yer sharida oqib o`tadi.
Shimoliy qutbda shu kanal orqali suv oqib, Janubiy qutbga keladi va quduqlarga quyiladi.
O`qituvchi: Demak, seningcha biz har kuni Shimoliy qutbdan oqayotgan sho`r dengiz suvi bilan yuvinar ekanmizda.
Eshmatov: O, donolar – donosi ustoz, nahotki siz har kuni yuvinasiz! Hatto Ispaniya qirolichasi va buyuk Fransiya qiroli Lyudovik ham har kuni yuvinmagan.
O`qituvchi: Suv haqidagi bunday eski tasavvurlar, ma’lumotlarni qayerdan olding?
Eshmatov: Chunki men qarib qolganmanda (keyin Ibn – Xattobga qarab) chalkashib ketdim chiqa qoling.
O`qituvchi: Ha gap bu yerda ekanda, suv haqidagi qadimgi qarashlarni siz yetkazayotgan ekansizda. Hurmatli Ibn – Xattob bizning mehmonimiz bo`ling. Hozir suv haqida bizning yosh kimyogarlarimizdan bilib olasiz.
Boshlovchi: Suvsiz hayot yo`q, buni hammamiz bilamiz. Suv bilan tabiat jonlanadi, hayot nish uradi, yashashga oshiqadi, kuch – quvvatga kiradi va hayot jilvalanadi. Suv
hamisha tabiatning asosiy unsur deb qaralgan. “Suvga suprindi tashlama”, “suvga tupurma”, “quduqqa tosh tashlama” degan gaplarga kishilar rioya etgan. Sahnaga navbat bilan o`quvchilar chiqa boshlaydi:
- o`quvchi: Suv toza holda rangsiz, hidsiz va ta’msiz suyuqlik bo`lib, 100°C da (101,3 kP bosimda) qaynaydi. Xuddi shunday bosim sharoitida 0°C da muzlaydi. Suvning yuqori zichligi 4°C da 1g/sm3 ga teng.
- o`quvchi: Suv juda katta issiqlik sig`imiga (4,19kJ/kg) ega bo`lgan modda. Shu sababli u sekin isiydi va sekin soviydi. Suv o`zining shu xossasi tufayli yer sayyorasida iqlimni tartibga solib turuvchi modda hisoblanadi.
Tajriba: “Yonmaydigan ro`molcha”.
Qo`l ro`molchasini suvga botirib oling. Uni siqib spirt yoki atsetonga botirib olib qisiladi. Ro`molcha bir chetidan qisqich bilan ushlab yondiriladi.
- o`quvchi: Suvning muhim fizik xossalaridan biri uning kuchli erituvchi ekenligidir.
Shuni akidlash kerakki suvda mutlaqo eirmydigan modda deyarli bo`lmaydi.
Tajriba: Suvning “sut” va “qon” ga aylanishi. Bitta stakanning atrofi 5
%li ammoniy rodanit eritmasi, ikkinchisi esa bariy xloridning eritmasi bilan artiladi. Har bir stakanga 20 – 25 – ml suv quyiladi. Har bir stakanga temir sulfatning 5%li eritmasidan qo`shiladi. Ko`rganlar hayratga tushadi, stakanlarning birida “sut”, ikkinchisida “qon” hosil bo`ladi.
- o`quvchi: Tirik organizmlarda eng ko`p uchraydigan modda bu suvdir. U hujayralaning tarkibida turli xil miqdorda bo`ladi.
Tish emali hujayralarida 10 % gacha, rivojlanayotgan homilada 90 %, ko`p hujayrali organizmlar tanasining 80 % ini suv tashkil etadi. Odam tanasining 64 % ini, uy hayvonlarining 59 % ini, baliqlarning esa 75 % ini suv tashkil etadi.
Tajriba: “Oltin” ning olinishi.
Qo`rg`oshin nitrat va kaliy yodidning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Eritmalar qo`shiladi. Qo`rg`oshin yodid suvda yomon eriydi, shuning uchun u cho`kmaga tushadi. 100 ml qo`shilib to eriguncha qizdiriladi. Keyin eritma sovitiladi, stakan qorli idishga solib qo`yiladi. Soviganda qo`rg`oshin yodidning sarg`ish rangli kristallari – “oltin” hosil qiladi.
O`qituvchi: Hurmatli Ibn – Xattob! O`ylaymanki, bugungi darsimizdagi yosh kimyogarlarning chiqishlari sizda zo`r taasurot qoldirdi. Endi sen ham Eshmatov suvni oddiy modda deb hisoblamasang kerak.
Boshlovchi: bugun biz sizlar bilan suv janobi oliyalari to`g`risida suhbatlashdik. Siz aziz o`quvchilar ham o`zingizga kerakli xulosalarni chiqarib olgan bo`lsangiz biz bundan xursandmiz.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |