Subonov Nizomiddin BO’M 18\1 talabasi
Laboratotiya ishi
Organik moddalarni tozalash usullari va elementlar bo`yicha sifat analizi.
Reja:
1.Organik moddalarni tozaligini belgilash va baholash.
2.Organik moddalarni sifat va miqdoriy tarkibi.
3.Organik moddalarni tozalash usullari.
1- tajriba. Benzoy kislotani qayta kristallash usulida tozalash.
Reaktivlar: benzoy kislota (texnik), distillangan suv.
Sig`imi 100 ml konussimon kolbaga 1 gr atrofida benzoy kislota solib, ustiga 50 ml suv qo`yiladi va asbestlangan to`r ustida eriguncha qizdiriladi. Agar qaynoq eritma loyqa holida bo`lsa, uni qat-qat qog`oz filtr orqali filtrlanadi. So`ngra filtrat saqlanuvchi kolbani sovuq suv yoki muz solingan idishga tushirib eritma sovitiladi. Bunda benzoy kislotaning mayda kristallari cho`kadi. Cho`kmani filtrlab ajratiladi, filtr qog`ozlar orasida siqiladi va havoda yoki eksikatorda quritiladi.
2- tajriba. Naftalinni sublimatlash usulida tozalash.
Reaktivlar: naftalin (texnik)
Tozalanishi lozim bo`lgan texnik naftalin chinni kosachaga solinib, uning ustiga voronka yopib qo`yiladi. Voronkaning uchidagi teshigi paxta bo`lakchasi bilan berkitiladi. Chinni kosacha shtativ halqasida joylashtirilgan asbest to`r ustiga qo`yiladi va past alangada qizdiriladi. Temperatura naftalinni suyuqlanish temperaturasi (+80°C)dan past bo`lishi lozim. Voronka devorlari ho`l filtr qog`oz yordamida sovitiladi. Natijada naftalin sublimatlanib, voronkaning Ichki yuzasida kristallar ko`rinishida kondensatlanidi. Tajriba oxirida qurilma sovutiladi va sof naftalin filtr qog`oz yuzasiga yig`ib olinadi.
3- tajriba.Organik moddalar tarkibidagi uglerod va vodorodni aniqlash.
Reaktivlar: glyukoza, mis (II) oksid, qizdirilgan mis sulfat, bariy gidroksid yoki ohakli suv.
Uglerod bilan vodorodni aniqlash uchun quruq probirkada tekshirilayotgan modda ya`ni glyukozadan taxminan 0,1 gr va 1 gr mis oksid qo`shib aralashtiriladi. Probirkaning og`zi gaz 119
chiqadigan egik nay o`rnatilgan tiqin bilan berkitiladi va shtativ qisqichiga gorizontal holatda mustahkamlanadi va qizdiriladi.
Aralashma qizdirilganda hosil bo`lgan oksidlanish mahsulotlari СО2 va H2O nay orqali o`tib, probirkadagi mis sulfatga ta`sir ettirilganda ko`k rangli kristalgidrat - mis kuporosi hosil qiladi.
CuSO4+5H2O CuSO4 5H2O
Chiqayotgan gazni probirkadagi ohakli suvga (yoki Ba(OH)2 eritmasiga) ta`sir ettirilganda СаСО3 (ВаСО3) oq cho`kmasini hosil qiladi.
Ca(OH)2+CO2 CaCO3 +H2O
Organik modda tarkibida vodorod va uglerodni suv va karbonat angidridga aylanishi qo`yidagi tenglamalarga mos keladi
Modda(C) + 2CuO CO2 + 2Cu
Modda(H)+CuO H2O +Cu
Shunday qilib, mis sulfat (oq) ning ko`karishi yoki qizdirilganda probirka devorining sovuq joylarida suv tomchilari hosil bo`lishi, tekshirilayotgan birikma tarkibida vodorod borligini, ohakli (baritli) suvning loyqalanishi esa uglerod borligini ko`rsatadi.
4 – tajriba. Belshteyn usulida xlorni aniqlash.
Reaktivlar: xloroform, mis sim.
Tajriba o`tkazish uchun mis simning uchini halqa shaklida bukiladi va gorelka alangasida tutiladi, sim sirtidagi mis tuzlari alangani ko`k yashil rangga bo`yaydi. Sim shu rang yo`qolguncha qizdiriladi va oxiri sim sirtida mis (II) oksid hosil bo`ladi. Sim sovigach, uning halqasimon uchi xloroform bilan ho`llanadi va alangaga tutiladi. Bunda misning galogenli tuzi hosil bo`lib, uning bug`lari gorelka alangasini yashil rangga bo`yaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |