Yosh gandbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi



Download 2,04 Mb.
bet12/20
Sana26.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#473106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Yuqori sinflarda qо`l to`pi texnikasi

Chalg‘itishga о‘rgatish
Chalg‘itishlarning turlari murakkab bо‘lganligi tufayli shug‘ullanuvchilar ularga oid usullarni tо‘liq egallagandan sо‘ng kirishadilar. Bunda birinchi e’tibor chalg‘itish uchun va asosiy harakat uchun ishlatiladigan har xil usullarning birga har xil tezkorlikda bajarilishiga va himoyachini chalg‘itish uchun uning qarshi harakatlaridan tо‘g‘ri foydalana olishga qaratiladi. Shug‘ullanuvchilarning eng avval xar bir chalg‘itishning texnikasini о‘rganadilar. Mashqlarda har xil usullar birga qо‘shiladi. Chalg‘itishlar va undan keyingi harakatlar avval sekin, sо‘ngra har xil tezkorlik bilan bajariladi.
Chalg‘itishlarni takomillashtirish jarayonida о‘yin vaziyatidan maqsadga muvofiq foydalana bilishga о‘rgatish birinchi vazifa hisoblanadi. Buning uchun himoyachilarning har xil harakatlari namunalaridan iborat mashqlar va eng qulay qarshi usullar qо‘llaniladi.
Chalg‘itishlarga о‘rgatishning dastlabki mashqlarida himoyachining sust harakat qilishi maqsadga muvofiqdir. Keyinchalik himoyachi faol harakat qiladi; avval tо‘psiz chalg‘itishlar, tо‘pni ilish “imitatsiya”si, sо‘ng maydondagi harakatlar va burilishlar о‘rganiladi. Tо‘p bilan bajariladigan chalg‘itishlar avval bir joyga turganda bajariladi. Uzatish “imitatsiya”si bilan bajariladigan chalg‘itishlar oldinroq о‘rganiladi. Darvozaga tо‘p otish “imitatsiya”si bilan bajariladigan chalg‘itishlarni о‘rganish uchun kо‘proq vaqt ajratiladi. Bunda oyoqlar bilan tо‘g‘ri harakatlar qilish katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Gandbolchi gavdasining asosiy og‘irligini tayanch oyoqda saqlab, silkinadigan oyoq bilan erkin harakat qilishni о‘rganishi kerak. Keyingi bosqichda harakat paytida chalg‘itishlarni qо‘llash о‘rgatiladi. Chalg‘itishlarni erkin, tezkorlikni pasaytirmasdan bajarishga erishish lozim.
Bir joyda turganda va harakat paytida bir yо‘l bilan bajariladigan chalg‘itishlardan sо‘ng ularning har xil qо‘shilmalari va tayanchsiz holatda bajariladigan chalg‘itishlar о‘rgatiladi.
Chalg‘itishlarni takomillashtirishda har xil harakatli о‘yinlar, ikkitadan va uchtadan bо‘lib chalg‘itishlarni qо‘llashni talab qiladigan “quvlashmachoq” о‘ynash, himoyachidan qutilish, tо‘pni ilish va uzatish, tо‘pni yerga urib yurishga о‘tish, ma’lum chalg‘itishlar qо‘llanilgandan sо‘ng darvozaga tо‘p otishlar bilan bajariladigan mashqlarni qо‘llash; oldindan kelishilgan chalg‘itishlarni yoki ularni himoyachi yaratayotgan vaziyatga qarab tanlab, “birga -bir” о‘yinning har xil turlarni keng ishlatish о‘rgatishning asosiy vositalaridan hisoblanadi.
Himoyada harakat о‘rgatilayotganda, orqa bilan yurishga, yugurishga, yon tomon bilan qadamlab, har xil yо‘nalishlarda qо‘llar bilan tо‘sishning yoki tо‘p olib qо‘yishning “imitatsiya”larini bajarib yurishga kо‘proq e’tibor beriladi. Darvozabon maydoni chizig‘i bо‘ylab yon tomon bilan qadamlab harakat qilishda qadamlar yumshoq qо‘yiladi, yuqoriga sakramaslik, oyoqlar tizzalarida tо‘g‘rilanmasligi kerak. Orqa bilan harakat qilganda, gavda orqaga engashmasdan tо‘g‘ri turiladi, oyoqlar bukilib, katta qadam tashlanadi.
Maydonda qilinayotgan harakat vaqtida tо‘pning holatiga qarab joylashish ham о‘rgatiladi. Keyinchalik о‘z hujumchisiga nisbatan kerakli masofani saqlash va vaziyatga qarab uni о‘zgartirish о‘rganiladi.
Himoyada harakat qilishni о‘rganish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin:

    1. Himoyada turishning dastlabki holatida о‘ngga, chapga, oldinga va orqaga yurish va yugurish.

    2. Orqa bilan old tarafga moksimon ilonizsimon harakatlarni bajarish.

    3. Bir –biriga yuzma yuz turgan holatda “quvlashmachoq” о‘ynash.

    4. Sherik bilan bajariladigan mashqlar. О‘yinchi yо‘nalishini keskin о‘zgartirib, chapga, о‘ngga, oldinga va orqaga harakat qiladi.

    5. Kengligi 3-5 metrni tashkil qilgan “yо‘lak”dan ikki hujumchining bir himoyachsi yonidan о‘tib ketmoqchi bо‘lib harakat qilishi.

    6. Hujumchilar 9 metrli chiziq tashqarisida darvozaga yuzma-yuz bо‘lib oralig‘i 3-5 metrli masofadan ikki qatorni tashkil qiladi.

О‘yinchi yonidagi kolonnaga tо‘p uzatgandan sо‘ng о‘z kolonnasining orqasiga joylashadi, 6 metrli chiziqda himoyada turgan himoyachi tо‘p bilan harakat qiluvchi hujumchiga galma-gal chiqib, hujumchini tо‘xtatishga harakat qiladi va dastlabki xolatiga qaytadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish