Yosh gandbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi



Download 2,04 Mb.
bet9/20
Sana19.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#562634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Yuqori sinflarda qо`l to`pi texnikasi

Tо‘pni yerga urib yurish. Tо‘pni yerga urib yurish texnikasini tо‘g‘ri tasavvur qilishga oid tushuntirish va kо‘rsatishdan sо‘ng shug‘ullanuvchilar bir joyda turganlaricha tо‘pni yuqoriga sapchitib, yerga urib о‘ynaydilar. Bunda panjaning tо‘p ustiga tо‘g‘ri joylashishiga, qо‘lning harakatiga, tо‘pning maydonga tegadigan joyiga katta e’tibor beriladi. Shundan sо‘ng qо‘llarning harakatlari oyoqlarning harakatlari bilan uyg‘unlashtiriladi. Bu usullar yurish va tо‘g‘ri chiziq bо‘ylab har xil tezlikda yugurish paytida bajariladi. Bunda gandbolchining о‘z turish holatini qanday saqlay olishiga va harakat tezligiga qarab tо‘pning yerdan sapchish burchagini о‘zgartira olishga katta e’tibor beriladi. Yoysimon doira chiziqlari bо‘ylab va yо‘nalishni о‘zgartirib, tо‘pni yerga urib yurish mashqlarini qо‘llash yaxshi natija beradi. Bu mashqlar shug‘ullanuvchilarda tо‘pni boshqarish qobiliyatini о‘stiradi.
Dastlabki kunlardanoq tо‘pga qaramasdan uni yerga urib yurishga ahamiyat berish kerak. Buning uchun kо‘pchilik mashqlarning bajarilishida shug‘ullanuvchini о‘qituvchining, о‘z sherigining, raqibning signalini yoki maydondagi vaziyatning о‘zgarishini kuzatishga majbur qiladigan sharoitlar yaratiladi.
Tо‘pni past sapchitib yerga urib yurish, tо‘pni yerga urib yurishga о‘tilganda uni raqibdan pana qilish, bir qо‘ldan ikkinchisiga orqadan uzatish, yuqori tezlikda sur’atni va yerdan sapchish balandligini о‘zgartirish, burilishlar hamda orqa bilan harakat qilib tо‘pni yerga urib yurishlar keyinroq о‘rganiladi.
Tо‘pni panja bilan boshqarishga, oyoqlarning erkin ishlashiga va usullarning о‘yin vaziyatiga mos bо‘lishiga katta e’tibor beriladi.
Namunaviy mashqlar
1. Oldinga, yon tomonga, orqa bilan oldinga tо‘pni yerga urib harakat qilish.
2. Shularning xammasini yugurgan holatda bajarish.
3. Ilonizisimon yо‘nalishda har xil tо‘siqlarni aylanib tо‘pni yerga urib yurish.
4. Har xil tо‘siqlardfn xatlab tо‘pni yerga urib olib yurish.
5. Har xil tezlikda yugurib, tо‘xtab va yana tezlanib tо‘pni yerga urib olib yurish
6. Yо‘nalishlarini о‘zgartirib (900, 1800, 3600) tо‘pni yerga urib olib yurish.
7. 6-9 metrli chiziqlarga tо‘g‘ri tekkazib chiziq bо‘ylab tо‘pni yerga urib olib yurish.
8. О‘ng va chap qо‘llarda galma-gal tо‘pni yerga urib olib yurish.
9.Bir vaqtda ikki tо‘pni yerga urib olib yurish.
10.Tо‘pni yerga urib olib yurib har xil estafetalarni bajarish.
11. Bir о‘yinchi tо‘pni yerga urib olib yuradi, ikkinchi о‘yinchi tо‘pni olib qо‘yishga harakat qiladi.
12. Ikki о‘yinchi bittadan tо‘pni yerga urib olib yuradi, uchinchi tо‘pni oyoqlari bilan bir-biriga uzatadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish