Yosh gandbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi


I.BOB. YUQORI SINF О‘QUVCHILARIGA GANDBOL DARSLARINI О‘TKAZISH



Download 2,04 Mb.
bet2/20
Sana19.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#562634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yuqori sinflarda qо`l to`pi texnikasi

I.BOB. YUQORI SINF О‘QUVCHILARIGA GANDBOL DARSLARINI О‘TKAZISH
1.1. Darsni pedagogik jihatidan tashkil qilish

Qо‘l tо‘pi darslari boshqa jismoniy tarbiya darslari singari asosiy mashg‘ulot shakli hisoblanadi. Darsda shug‘ullanuvchilar faoliyati о‘qituvchi tomonidan boshqariladi.


Bu jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Maktab sport tugaragidagi mashg‘ulotlar ham dars shaklida tashkil etiladi.
Dasturda belgilangan qо‘l tо‘pi darslarining umumiy о‘quv tarbiyaviy maqsadlari ma’lum bir davr о‘quv yili uchun ishlarni rejalashtirish paytida xususiy vazifalar tizimida aniqlashtiriladi. Ish natijalari birinchi navbatda har bir darsning didaktik jihatdan tо‘g‘ri tuzilganligi bilan aniqlanadi.[6]
О‘quv darsi albatta ta’lim vazifalarini nazarda tutish lozim. Bunga bilim, kо‘nikma va malakalarni egallash bо‘yicha materiallarni muntazam tushintirib borish, turli xil mashqlar majmuidan foydalanish, jismoniy hamda ruhiy yuklamalarni tо‘g‘ri meyorlash orqali erishiladi.
Qо‘l tо‘pi darslarining tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari umumiy о‘quv –tarbiyaviy ishlar rejasi bilan belgilanadi. Bu shaxs fe’l –atvorining asosiy qirralari, jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash, sog‘liqni mustahkamlash hisoblanadi, lekin faqat о‘quvchi shaxsiga hamda uning organizmi funksiyalariga muntazam ta’sir kо‘rsatish bilangina ularni amalga oshirish mumkin bо‘ladi. Bu vazifalar bir nechta darslar oldidan qо‘yiladi, aloxida mashg‘ulotda esa ular imkon qadar aniqlashtiriladi.
Darsni pedagogik jihatdan tо‘g‘ri va bilimdonlik bilan tashkil etish- bu birinchi navbatda dars vaqtidan oqilona foydalanishdir. Darsni muvoffaqiyatli о‘tkazishning eng muxim sharti bu darsning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida о‘quvchilarning ish qobiliyatlarini о‘zgartirishdir. Bu о‘qituvchidan darsning tuzilishini tо‘g‘ri ishlab chiqishni talab qiladi. Darsda bir nechta mustaqil bо‘limlar bо‘lishi mumkin. Masalan, dars bir butun о‘yin mashg‘uloti (yoki о‘yin) sifatida о‘tkazilishi mumkin. Unda bir qator vazifalar hal etiladi: tо‘g‘riga uzatilgan qо‘l bilan tо‘pni ilib olish hamda oshirishni о‘rganish, yiqilib zarba berish texnikasi bilan tanishish, blok ustidan oshirib zarba berishni takomillashtirish, tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni о‘rgatish va h.k. bunday darsni tо‘g‘ri tuzishning mohiyati pedagogik vazifalarni mantiqan tо‘g‘ri tartibda hal etish, shug‘ullanuvchilarning qabul qilish imkoniyatlari bilan muvofiqligiga erishishdan iborat. Bunda shо‘g‘illanuvchilar ish qobiliyatining о‘zgarish fazalari eng maqbul meyorlarda hisobga olinadi.
Qо‘l tо‘pi darslarini tashkil qilish mashg‘ulotdan oldin boshlanishi kerak: bu yechinish – kiyinish xonasida tartibga rioya qilish, sport anjomlarining darsga yaxshi holda tayyorlab qо‘yilganligigi, navbatchilarning о‘z vazifalarini tо‘liq bajarishlari, sinfning о‘quv maydonchasiga chiqishdan oldin о‘z vaqtida saf tortishi, shuningdek uyga vazifa hamda dars oldida turgan musobaqalar (harakatli о‘yinlar, bir tomonlama va ikki tomonlama qо‘l tо‘pi о‘yinlari, alohida guruxlar, zvenolar о‘rtasida estafetalar) tо‘g‘risida eslatma berish.
Darsga yaxshi tayyorgarlik kо‘rish uning muvoffaqiyatini belgilab beradi, ijobiy ruxiy kayfiyat xosil qiladi, yanada shiddatli xamda unumli ishlash uchun imkon yaratadi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish