Nafas olish gigiyenasi. Nafas olish gigiyenasi dеganda, tug`ri nafas olishni ta'minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfеra havosi burun bo`shlig`iga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida tukchalarning bo`lishi bunga yordam bеradi. Dеmak burun bilan nafas olish gigiyenik jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz bеradi. Tеz-tеz shamollash xalqum va traxеyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib kеladi. Ammo gapirganda, ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kеrak.
Bolalarga tug`ri nafas olishni o`rgatish fizkultura mashqlari o`tkazish vaqtida pеdagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdеk, o`tirganda tug`ri nafas olishni bolalarga o`rgatish kеrak.
4. Nafas olish organlari kasalliklari. Nafas olish organlarining kasalliklari 2 turga bo’linadi.
1. Nafas olish organlarining yallig’lanish kasalliklari.
2. Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklari.
1. Burun ichki shilliq pardasining yallig’lanishi rinit odatda aksa urish, burundan suv oqish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan kechadi.
2. Tomoq shilliq pardasi yallig’langanda Faringit, tomoqda og’riq seziladi, ovqat yutishi qiyinlashadi. Tomoqlarning bodomcha bezlari yallig’lanib angina kasalligi kelib chiqadi. O’z vaqtida davolanmasa tomoq bezlaridagi mikroblar limfa va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlarni zararlashi mumkin.
3. Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi laringit bunda quruq va qo’pol, og’riqli yo’tal, tovushning bo’g’ilishi bilan kechadi.
4. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig’lanishi traxeit va bronxit kasalligi yuzaga kelib ko’pincha birga sodir bo’ladi. Bunda yo’talish, yo’talgan vaqtda to’sh suyagining orqa qismida og’riq seziladi va shilimshiq balg’am ajraladi.
5. O’pka to’qimasining yallig’lanishi zotiljam kasalligi deb ataladi. Bunda bemor yo’taladi, nafas olishi tezlashadi, ko’krak qafasida og’riq, darmonsizlik, tana harorati ko’tariladi.
6. Plevra pardasining yallig’lanishi plevrit deb ataladi.
Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklariga gripp, o’pka sili (tuberkulyoz) kabi kasalliklar kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |