AIM.UZ
"Yosh davrlari psixologiyasi"
?Yosh davrlari psixologiyasining fan sifatida o’rganish sohasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
+ Odam psixikasining yosh davrlar dinamikasini, rivojlanayotgan odam shaxsining psixik sifatlarini va psixik jarayonlarning ontogenezini o’rganadi;
?Pedagogik psixologiya fan sifatida o’rganadigan sohasi ko’rsatilgan javobni aniqlang?
+Ta’lim va tarbiyaning psixologik konuniyatlarini va o’kituvchi psixologiyasini o’rganadi;
?Bola psixik rivojlanishining shartlari nimalardan iborat?
+Bolaning odamlar orasidagi hayoti, psixik faolligi, ijtimoiy tashqil etilgan va rag’batlantirib turuvchi faoliyati.
?Ijtimoiy muhit va ijtimoiy munosabatlar boladagi qaysi anotomik-fiziologik o’zgarishlarga bog’liq?
+Tik turib yura olish, predmetli faoliyat va nutqni egallash;
?Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar bayon etilgan javobni aniqlang?
+ Bola rivojlanishiga ta’sir etuvchi yangi ijtimoiy sharoitini kelib chikishini, bu sharoitning bola syujetli - rolli o’yinlarida ifodalanishi; o’z - o’zini tushunish va o’z - o’zini baholashning o’sishi; harakat motivlari va shaxsiy xulq - atvorini boshqalar talabiga moslashtirilishi, o’quv faoliyati elementlarini o’zlashtirilishi.
?Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi qanday xususiyatda ifodalanadi?
+ Bola hissiyot va irodasi rivojlanishidagi ma’lum darajaning shakllanganligi va shu asosida ixtiyoriy ongli o’sish ehtiyojining shakllanganligi, o’z xatti - harakatlarini ixtiyoriy boshqara olishning shakllanganligi;
?Uch yosh krizisi (inqirozi) qanday xatti - harakatlarda ifodalanadi?
+O’zini o’zgalardan farqlay (ajrata) olish, o’z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish, o’z istaqlarini katta yoshdagi odamlar xohish istagiga qarama - qarshi qo’yish va kattalarni bolaga munosabatida eski tipdagi munosabatini saqlab qolishi;
?Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning roli qaysi javobda berilgan?
+ Kichik maktab o’quvchilarda jamoa shaqlidagi muloqot va faoliyatining shakllanishi va bilimga bo’lgan qiziqishning rivojlanishi;
?Kichik maktab yoshidagi o’quvchi mehnatining psixologik xususiyatlari ko’rsatilgan javobni aniqlang?
+ O’z - o’ziga xizmat qilish va o’zini nazorat qilishning dastlabki, elementar ko’rinishini shakllantiradi;
?Kichik maktab yoshida vujudga keladigan yangi o’zgarishlar nimalardan iborat?
+ Qiziqishlari yo’nalishning turlichaligi va maxsus qobiliyatlarning yuzaga kelishi;
?Kichik maktab o’quvchilarining taraqqiyoti nimalardan iborat?
+ Axloq normalari va xulq - atvor qoidalarini egallaydi, bolaning o’z - o’zini anglashi va o’z - o’ziga baho berishi kattalar bahosiga bog’liq bo’lib, aniq vaziyatli xarakterga ega bo’ladi;
?Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat qaysi javobda ko’rsatilgan?
+ O’qish faoliyati;
?Kichik maktab o’quvchilarning qadrli katta odamlar (o’qituvchi va ota - onalar) va o’z tengqurlari bilan bo’ladigan munosabatlari xususiyati nimalardan iborat?
+ Bunda gap shundaki, kattalar bola uchun obru tariqasida kelsa, tengqurlari guruhi muhim ahamiyatga ega bo’lgan referent guruh tariqasida keladi;
?Shaxsning o’smirlik yoshiga o’tishda yuzaga keladigan asosiy qayta - shakllanishi nimalardan iborat?
+ Mustaqillikka intilishi, tevarak - atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabatlarda bo’lishida, negativizm, janjallik holatlari bo’lishidadir;
?O’smirlar bilan kattalar o’rtasidagi nizolarning kelib chiqish sabablari nimada aks etadi?
+Kattalarda o’smirlarga nisbatan bo’ladigan munosabatlar kichkina bolaga bo’lgan munosabatdek saqlanib qolishida;
?O’smirlik yoshida o’zaro munosabatlarning xususiyatlari va "tanglik" davrining kechishi nima bilan aniqlangan?
+ O’smirning ijtimoiy mavkei kattalar olamga o’tishi bilan;
?O’qish faoliyati motivlari nimalardan iborat?
+Keng ijtimoiy motivlar bilan shaxsiy bilish motivlari, muvaffaqiyatga erishish, o’z qadr - qimmatini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy motivlarning murakkab tuzilishida;
?O’smirlar taraqqiyotidagi ijtimoiy vaziyatlarning asosiy o’zgarishlari nimalardan iborat?
+ O’smir va tengqurlari jamoasida o’z o’rnini egallashga intiladi;
?O’smirlarda o’z - o’zini anglashning rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?
+ O’smirlar shaxsida egotsentrik (ichki) yo’nalishlar borgan sari kuchayib, o’z - o’zini ko’proq parvarish qila boradi;
? Ijtimoiy - psixologik holat bo’lgan o’spirinlik qanday ifodalanadi?
+ Bu - o’spirinning kattalar jamoasining to’liq a’zosi bo’lishga tayyorligini sub’yektiv boshdan kechirishi sifatida kattalik hissining vujudga kelish davri bo’lib, bu his mustaqillikka intilishida namoyon bo’ladi;
?O’spirinlik davrida vujudga keladigan yangi xususiyatlar nimalardan iborat?
+ Ularning o’qishga ongli munosabati; bu yosh davri boshdan kechiriladigan his - tuyg’ularning boyligi va turli - tumanligi bilan boshqalardan farq qiladi, hayotiy maqsad, baxt, burch, sevgi kabi falsafiy - axloqiy muammolarga qiziqish ortadi; o’z - o’zini anglash ham sifat jihatdan o’zgacha xarakter kasb eta boshlaydi;
?O’spirinlarning kasb tanlash muammosi va o’z - o’zini aniqlash qanday namoyon bo’ladi?
+Maktab bitiruvchilarining ko’pchiligi u yoki bu darajada o’zlarining kelajaqlarini belgilab boradilar. Lekin ulardan ayrimlari o’z hayotiy yo`llarini aniqlay olmaydilar. kasbiy o’z - o’zini aniqlay olmaslik esa murakkab ichki nizolar, tanlagan kasbidan ko’ngli kolish kabilar bilan bog’liq jiddiy kechinmalarga olib kelishi mumkin;
?O’spirinlik davrida o’z - o’zining anglashning xususiyatlari nimalardan iborat?
+Yuqori sinf o’quvchilarining o’z - o’zini anglashi sifat jihatdan tamoman boshqacha xarakterga ega. O’z - o’zini anglash shaxsning axloqiy-psixologik sifatlarini baholash va anglash ehtiyoji bilan bog`langan;
?O’zlashtirish deganda nimani tushunasiz?
+Bevosita organizmning tug’ma fiziologik xususiyatlari natijasida xulq - atvorning o’zgarishi bo’lib, bu o’zgarish o’zlashtirish jarayonida muayyan maqsadlarga erishish imkonini beradi;
?O’qish faoliyat sifatida deganda nimani nazarda tutasiz?
+ Ongli maqsad asosida muayyan bilim; ko’nikma, malaka va faoliyat hamda xulq - atvorni egallashni boshqarishdir;
?O’quv faoliyati motivlari nimalardan iborat?
+Bilimlarga bo’lgan ehtiyoj bilan, jamiyatga foyda keltirishga intilish bilan, shuningdek mana shu faoliyatga nisbatan ijobiy munosabatlarni tug’dirish bilan bog’liq bo’lgan turtkidir;
?Ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
+Yod olinayotgan materiallarda insonning hayotiy tajribasi, tushuncha va bilimlarida aks etishi mumkin bo’lgan, u yoki bu darajada aniq qonuniyatlarning mavjudligi hisoblanadi;
?"Aqliy harakatlarning bosqichma - bosqich shakllanishi" (P.Y. Galperin) tushunchasini yoritib bering?
+Bu harakatlarni to’zishga imkon beruvchi ketma - ket boruvchi bo’lib oriyentirovka qilish asosidan boshlanadi, qiyin moddiy yoki moddiylashgan shaqldan "ichki nutq" va nihoyat "tashki nutq" ga utuvchi harakatlardir;
?Malakalarga o’rgatish jarayoni qanday jarayon?
+Bilimlar vazifani muvaffakiyatli bajarish uchun harakatlarni to’g’ri tanlash asosida bo’lishi kerak.
?Jamiyatning o’qituvchilik kasbiga qo’yadigan asosiy talablari?
+ Keng bilim saviyasiga ega bo’lish, ta’lim va tarbiya metodikasini egallash, bolalar ichki dunyosini tushuna olish, o’z bilim va mahoratini doimiy ravishda oshirib borish.
?Bolalar qaysi jarayonlarda fazoviy tushunchalarni to’g’ri idrok qila boshlaydilar?
+Bolalar o’zlaridadan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo’lish jarayonida.
?Muammoli o’qitishning asosiy maqsadini aniqlang?
+Talabalarni tafakkur tarzini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatini takomillashtirish, mustaqil faoliyatga undash.
?Ta’limning asosiy mazmunini aniqlang?
+ Bilim berish, ko’nikma hosil qilish, malakalarni takomillashtirish.
?Seminar mashg’ulotlarida asosan qanday vazifalarni amalga oshirish ko’zga tutiladi?
+Ma’ruzada egallangan bilimlarni mustahkamlash kengaytirish, adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olish malakalarini shakllantirish va bilimlarini asosli erkin bayon qilib bera olish malakasini tarbiyalash.
?Laboratoriya mashg’ulotlarida asosan qanday vazifalarni amalga oshirish ko’zga tutiladi?
+ Talabalarning ma’ruza tinglash va maxsus adabiyotlarni mustaqil o’rganib borish yo`llari bilan o’zlashtirgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, psixologik tadqiqotlar olib borish malakalarini tarkib toptirish.
?Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifalari?
+ Shaxsning kamol topishi konuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolat va shart - sharoitlarning o’zaro ta’siri, xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
?Bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi nima deb ataladi?
+ Akseleratsiya
?Avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi nima deyiladi?
+ Interiorizatsiya
? Psixologiyada test metodi nechanchi yildan qo’llanila boshlandi?
+1905 yildan
?Guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganadigan metodni aniqlang?
+Sotsiometrik metod
?Biogenetik nazariyaning qarama - qarshi ko’rinishi belgilang?
+ Sotsiogenetik
?Ilk bolalik davrida "affektiv" holat qay sababdan yuzaga keladi?
+ Bola kattalar bilan muloqotda psixik jihatdan qoniqmasiligi vaqtida.
?"Affektiv" so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
+ Portlash
?Muayyan darajada uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo’r berish faollik va maqsadga muvofiq faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti - harakat o’rnini anglashilgan, rejali aqliy mehnat egallay boshlaydi. Ushbu shaxsiy sifatlar qaysi faoliyat turida yuz beradi?
+ O’qish faoliyatida
?Bolalarni chizgan rasmlari, yasagan o’yinchoklariga qarab uning psixik rivojlanishi haqida xulosa chiqarishda qaysi metod qulay keladi?
+ Faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodlari
?Faoliyat xatti - harakatlarini operatsiyalarini to’g’ri tanlay olish nima deb ataladi?
+ Ko’nikma
?Sensor tarbiyaning mohiyati. . . . . .
+ Sensor tarbiya aqliy tarbiyaning bir bo’lagi bo’lib, sezgi a’zolari va idrokni maqsadga muvofiq rivojlantirish, mukammallashtirishdir.
? Bog’cha yoshidagi bolalarda esda olib qolishning qaysi turi ustunlik qiladi?
+ Mexanik tarzda esda olib qolish.
?Bolaning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlari majmui nima deyiladi?
+ Xarakter
? Xotira jarayonlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
+ Esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirish, unutish
?Bolalar xarakterining irodaviy sifatlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
+ O’z-o’zini tuta bilish, qa’tiyatliliik, mardlik.
? Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi belgilang?
+ Shaxsning kamol topishi konuniyatlari va turli yosh davrlaridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, xolatlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
?Bola psixik taraqqiyotni izohlash borasidagi quyida berilgan ta’riflardan qaysi biri to’g’ri?
+Ta’lim jarayoni o’sish jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni o’sishdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining o’sishni ergashtirib boradi, unga eng yakin istiqbollar ochib beradi.
?Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri nima?
+ Bolada o’z xatti-harakat ini kattalar harakat i bilan solishtirish, nusxa olish, unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligi.
?Bolaning o’ziga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan munosabatni oldindan seza bilish qobiliyati qanday ataladi?
+ Refleksiya.
?Bog’cha yoshidagi bolalar ta’lim - tarbiyasini uyushtirishdagi eng xarakterli xususiyat nima?
+ O’quv mashg’ulotlariga o’yin elementlarini kiritish.
?Qaysi davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi va shaxsiy individual xususiyatlari tarkib topa boshlaydi?
+ Ilk bolalik.
? Bolalar qaysi psixik jarayonlar orqali tevarak-atrofdagi narsalarning shaklini katta - kichikligi va ranglarini bilib oladilar?
+ Sezgi va idrok.
?Go’dak bolalarning ko’rgan narsalarini tanish necha oylik davridan yuzaga keladi?
+ 5-6 oylik davrda.
?Bolalarning psixik jarayonlarini takomillashtiruvchi o’yinlar qaysi?
+ Harakatli intelektual o’yinlar.
?Dastlabki diniy-axloqiy negizda yozilgan pedagogik - psixologik mazmundagi asarlar nechanchi asrlarda yuzaga keldi?
+ XVII - XVIII
? Bilim olish huquqi konstitutsiyaning nechanchi moddasida berilgan?
+ 41 - moddasi
? Bog’cha yoshidagi bolalarda esda olib qolishning qaysi turi ustunlik qiladi?
+ Mexanik tarzda esda olib qolish.
?Bog’cha yoshidagi bolalarda tafakkurning qaysi turi ustunlik qiladi?
+ Ko’rgazmali obrazli tafakkur.
?Idrok qaysi analizator orqali amalga oshirilishiga qarab qanday turlarga bo’linadi?
+Ko’ruv va eshitish idroki.
?Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
+Turli yoshdagi odamlarning tug’ilganidan to umrining oxirigacha psixik ivojlanishi jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarish tamoyillarini o’rganadi.
?Pedagogik psixologiya nimani o`rganadi?
+ Kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarni
?Kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’rganishda qo’llaniladigan metod qaysi?
+ Sotsiometriya
?Abu Nasr Farobiyning qaysi asarida inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy - falsafiy mulohazalar bayon etilgan?
+ "Ideal shahar aholisining fikrlari"
?Inson hayotiga doir xilma - xil ma’lumotlar keltirilgan "O’tmish yodgorliklari asarining muallifini aniqlang?
+ Abu Rayhon Beruniy
?Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asarlaridagi bosh masalalardan biri nima?
+ Komil insonni tarbiyalash
?Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning muhim xususiyatlaridan birini ko`rsating?
+ O’qituvchi shaxsiga ishonch hissi va yuksak ehtirom
? Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar idrokining salbiy xususiyatlari qaysi?
+ Ob’yektlarni bir - biridan farqlashdagi zaiflik
?Shaxs haqida berilgan qo’yidagi ta’riflardan qaysi biri to’g’ri?
+Shaxs - bu, jamiyatda ongli faoliyat asosida harakat qilib boruvchi va ma’lum ijtimoiy vazifani bajaruvchi individdir.
?Bola psixik taraqqiyotni izohlash borasidagi quyida berilgan ta’riflardan qaysi biri to’g’ri?
+ Ta’lim jarayoni o’sish jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni o’sishdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining o’sishni ergashtirib boradi, unga eng yakin istiqbollar ochib beradi.
?Maktabgacha davr bolalari uchun xarakterli bo’lgan bilish psixik jarayonlarning ifodalanish variantlarni aniqlang!
+ Ko’rgazmali harakat va ko’rgazmali obrazli tafakkur asosiy tafakkur turi hisoblanadi.
?Kichik maktab o’quvchilarining yetakchi faoliyati nima?
+ O’qish,
?Eksperiment metodining turlarini ko`rsating?
+Tabiiy, laboratoriya eksperimenti.
?Chaqaloqlarda dastavval qaysi sezgi turlari shakllangan bo’ladi?
+ Teri sezgilari, hid bilish, ko’rish.
?Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda sezgining qaysi turi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi?
+ Harakat sezgisi.
?Chaqaloqning o’z harakatlarini idora qilishi, ya’ni harakat sezgilarining rivojlanishi qaysi davrdan boshlanadi?
+ Bolaning 2-3 oylik davridan.
?Bog’cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli xususiyati........
+Ular narsalarni idrok qilishda ko’zga tashlanib turadigan belgilarga asoslanadi.
?Bir yoshgacha bola psixikasi o’sishining o’ziga xos xususiyatlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan?
+ kattalar so’zini tushunish va dastlabki so’zlarni talaffo’z qilishi, xatti - harakat larni so’z bilan boshqara olish, so’z bilan idrok qilish faoliyatini boshqarish.
?Bola hayotining dastlabki onlarida uning uchun diqqatning qaysi turi xarakterli bo’ladi?
+Ixtiyorsiz.
?Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bolalarda qaysi davrda paydo bo’la boshlaydi?
+ 1- 2 yoshda,
?Bolalarning yoshlari ulg’aygan sari diqqatning qaysi sifatlari o’sib boradi?
+ Ko’lami, ko’chuvchanligi, kuchi, barkarorligi.
?Bolalarda diqqatning salbiy xususiyati belgilang?
+ Parishonxotirlik.
?Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bolaning psixik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar qaysi?
+ O’yin faoliyati.
? Uch yoshgacha bo’lgan davrning o’ziga xos xususiyatlarini ko`rsating?
+ Nutq va nutq faoliyatini eng oqilona namoyon qilish va to’g’ri, maqsadga muvofik rivojlantiirish boskichi hisoblanadi.
?Biogenetik nazariyada insonning qaysi jihati bosh omil sifatida qabul qilingan?
+ Biologik yetilishi.
?Necha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur taraqqiyotining barcha imkoniyatlari yuzaga keladi?
+ 6-7 yoshda
?Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri nima?
+Bolada o’z xatti-harakat ini kattalar harakat i bilan solishtirish, nusxa olish, unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligi.
?Bog’cha yoshidagi bolalar ta’lim - tarbiyasini uyushtirishdagi eng xarakterli xususiyat.
+ O’quv mashg’ulotlariga o’yin elementlarini kiritish.
?Bola psixik taraqqiyotiga faol ta’sir etuvchi omillar qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan.
+ ijtimoiy muhit, ta’lim - tarbiya va tug’ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar.
?O’spirinlik davrida o’z - o’zining anglashning xususiyatlari nimalardan iborat?
+ Yuqori sinf o`quvchilarining o’z - o’zini anglashi sifat jihatdan tamoman boshqacha xarakterga ega. O’z - o’zini anglash shaxsning axloqiy psixologik sifatlarini baholash va anglash ehtiyojri bilan bog’langan;
?Bolalarning ijodiy harakatlari asosan qaysi faoliyatlariga namoyon bo’ladi?
+ O’yin va tasviriy san’at faoliyatida.
?Bola faoliyati va xulqining dinamik va emotsional hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual hususiyatlar majmui nima deyiladi?
+ Temperament.
?Psixologiya fanining asoschisi kiim?
+Aristotel
?Psixologiya fani o’qitishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar qaysi?
+ Pedagogik mahorat
?Ta’lim to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilingan?
+1997 y 29 avgust
? Psixologiya fanini o’qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
-Amalga oshirilayotgan tub islohatlarning psixologik jihatdan mazmunini ochish va uning inson omili uchun ahamiyatini tadqiq qilish
-Rivojlangan mamlakatlar ilg’or g’oyalari, ta’limiy – tarbiyaviy nazariyalari, mutaxassislar tayyorlashning amaliyoti, hozirgi texnikadan foydalanish.
-O’qitishda milliy hududiy xususiyatlarni hisobga olish hamda jahon psixologlari bilan birga respublikamiz olimlari yaratgan milliy psixologiyani o’rgatish
+Barcha javoblar to’g’ri
?Bo’lajak o’qituvchidan keng dunyoqarash, axloqiy sifat, talabalarda kasbga yo’nalganlikni shakllantirish, chuqur bilim –
+Talab qilinadi
?Ma’ruzada yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish qanday ma’ruza turiga kiradi?
+Axborot beruvchi
? Yo’naltiruvchi ma’ruza qanday ma’ruza?
+Ma’lum bir maqsadga yo’nalgan ma’ruza
?Ko’rgazmalilikning ahamiyati nimada?
- Bilish jarayonlarini mutsahkamlaydi
- Fanni o’zlashtirishda yordam beradi
- Idrok etishni osonlashtiradi
+Barcha javoblar to’g’ri
?Amaliy va seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik uchun nimalarga e’tibor beriladi?
- Mavzularning qiziqarli va dolzarb bo’lishiga
- Rejaning to’g’ri va ketma – ket tuzilganligiga
- Terli usullarni oldindan belgilab olishiga
+Hamma javob to’g’ri
?Ma’ruzaning sifatli bo’lishi nimalarga bog’liq?
- Mazmuni, ilmiyligi, muammoli bayon qilish, asosligi
- Kasbiy tayyorgarligiga, rejaliligi, o’qish usuli, auditoriya bilan aloqa, davomat
+A va V to’g’ri
?Bajaradigan vazifasiga qarab nutq necha xil bo’ladi?
+Ichki va tashqi
?Intilish turlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang?
+Harakat, maqsad, xohish
?Psixik taraqqiyot qanday omillarga asoslanadi?
+Muhit, ta’lim – tarbiya, irsiyat
? Psixologiya fani qaysi fandan ajralib chiqqan?
+Falsafa
?Qiziqqon, harakatchan, maqsadga intiluvchan, tirishqoq, hamma bilan tez topisha oladigan, kirishimli inson qaysi temperament tipiga xos?
+ Xolerik
?Psixologiya fanining tamoyillari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
+Demerminizm, ong va faoliyat birligi
? “Bosilgan tamg’a” qaysi jarayonning ma’nosini anglatadi?
+Xarakter
?Talabalar bilimini baholash –bu nima?
+Rag’batlantirish
?Fanni o’qitishda eng oddiy va zarur usul...
+Ko’rgazmalilik
?O’quvchining kelajagini oldindan aytib berish qobiliyati nima deyiladi?
+Pedagogik xayol
?Pedagogik o’zaro aloqalar doirasidagi o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladigan muloqot qobiliyati nima?
+Kommunikativ qobiliyat
? Mahorat nima?
+Qudrat
?Kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg’u nima deyiladi?
+Kommunikativ qobiliyat
?Ijodiy ish qobiliyati nima deyiladi?
+Kreativlik
Do'stlaringiz bilan baham: |