Yakunlovchi qoidalar:
5.1 Hakamlar hay’ati ushbu Nizomga muvofiq tanlovda ishtirok etadigan o`qituvchilarning sohadagi faoliyati va tegishli hujjatlarini xolis ko`rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.
5.2 Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.
direktorning 2022-yil ___-apreldagi
___-son buyrug`iga 3-ilova
“Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostidagi “Eng namunali o`quvchi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish tog`risida
NIZOM
Umumiy qoidalar:
1. Mazkur Nizom “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy- akademik litseyining o`quvchilari o`rtasida “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali o`quvchi” tanlovi (keyingi urinlarda - Tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish va o`tkazishni belgilaydi.
1.2 Tanlov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqdar bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o`tkazilmoqda.
1.3 Mazkur Nizom shartlariga ko`ra tanlovda “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyining o`quvchilari ishtirok etadi.
II. Tanlovning maqsadi va vazifalari:
2.1 Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- O`quvchilar qalbida milliy ruh, ona Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlarni singdirish, shuningdek, xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qiladigan, azmu shijoatli yoshlarni tarbiyalash;
- Iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, ularni qullab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, o`zi tanlagan yo`nalishi va mutaxassisligi bo`yicha mukammal bilim va ko`nikmaga ega bo`lgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, erkin fikrlash tafakkurini yuksaltirish, innovatsion g`oyalarini ro`yobga chiqarish, shu bilan birga har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan yosh avlodni qullab-quvvatlash va rag`batlantirishdan iborat.
2.2 Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar hamda globallashuv jarayonida milliy g`oya targ`iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bilimlarini mustahkamlash;
-O`quvchilarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish va rag`batlantirish;
-Litsey o`quvchilarining huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va ijodiy sohalardagi faolligini yanada o`shirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |