_________
___ -nusxa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DXX CHQ
“YOSH CHEGARACHILAR” HARBIY-AKADEMIK
LITSEYI DIREKTORINING
BUYRUG`I
2022-yil “____” __________ _________
“Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida o`tkaziladigan tanlovlarning birinchi (litsey) bosqichini o`tkazish va Respublika bosqichida ishtirok etish to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida 2022-yil aprel-may oylarida “Temurbeklar maktabi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga qaratilgan “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o`qituvchi”, “Eng namunali o`quvchi” tanlovlarini o`tkazish maqsadida
BUYURAMAN:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida 2022-yil aprel-may oylarida “Temurbeklar maktabi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga qaratilgan “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o`qituvchi”, “Eng namunali o`quvchi” tanlovlarini o`tkazish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining 2022-yil 15-martdagi 04-12Q/Q-son qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida tashkil etiladigan “Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovi “Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi nizomga asosan (1-ilova), “Eng namunali o`qituvchi” tanlovi “Eng namunali o`qituvchi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi nizomga asosan (2-ilova), “Eng namunali o`quvchi” tanlovi “Eng namunali o`quvchi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi nizomga asosan (3-ilova) o`tkazilsin, tanlovni o`tkazish bo`yicha litseyning tashkiliy qo`mitasi tarkibi 4-ilova, tanlovni o`tkazish bo`yicha hamkamlar hay’ati tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari G`.K. Zulpiyev zimmasiga:
-Tanlovning birinchi bosqichi yuqori saviyada o`tkazilishini ta’minlash;
-Tanlovning birinchi bosqichida g`olib bo`lib, ikkinchi (Respublika) bosqichiga yo`llanma olgan o`qituvchi va o`quvchilarning keyingi tayyorgarlik jarayonlarini munosib tashkillashtirish va nazorat qilish;
- Tanlovni o`tkazishda baholash mezoni bo`yicha metodik tavsiyalar berish;
- “Eng namunali o`qituvchi” va “Eng namunali o`quvchi” tanlovlarida g`olib bo`lgan ishtirokchilarning hujjatlari tashkiliy qo`mitaning bayannomasi bilan tasdiqlangan holda 2022-yilning 30-apreliga qadar Respublika tashkiliy qo`mitasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Kadrlar bo`linmasi boshlig`i Z.M. Jo`rayev zimmasiga:
- Tanlovning birinchi (litsey) bosqichida g`olib bo`lgan ishtirokchilarning ikkinchi (Respublika) bosqichida ishtirok etishi uchun zarur bo`lgan hujjatlarni rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.
5. Buyruq shaxsiy tarkibga tegishliligi bo`yicha yetkazilsin;
6. Buyruq talablarini nazorat qilish direktorning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo`yicha 1-o`rinbosari A. Mengliqulov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |