DXX ChQ “Yosh chegarachilar” HAL
direktori i/q M.J. Norqobilov
KELISHUV:
DXX ChQ “Yosh chegarachilar” HAL
kadrlar bo`linmasi 1 toifali mutaxassisi
katta serjant Z. Jo`rayev
2022-yil “____” aprel
direktorning 2022-yil ___-apreldagi
___-son buyrug`iga 1-ilova
“Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish to`g`risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom “Yosh chegarachilar” harbiy- akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o`quvchilar qalbida vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga qaratilgan ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo`lga qo`yish bo`yicha “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovi (keyingi o`rinlarda - Tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish va o`tkazish tartibini belgilaydi.
Tanlov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o`tkazilmoqda.
Tanlovning maqsadi va vazifalari:
Tanlovning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
Ta’lim muassasasida Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini samarali yo`lga qo`yish va ularning faoliyat natijadorligini oshirishga e’tibor qaratish;
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo`lga qo`yish;
“Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish;
-“Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o`rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish;
-“Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylarida ma’naviy-ma’rifiy yo`nalishdagi ishlarini samarali tashkil etish.
2.2. Tanlovning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini litsey o`quvchilariga samarali yetkazish;
-O`quvchilar o`rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g`oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiya va targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo`nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- O`quvchilar qalbida milliy ruh, ona Vatanga sadoqat, mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlarni singdirish, shuningdek, xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qiladigan, azmu -shijoatli yoshlarni tarbiyalash;
-Litsey xodimlarining huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy, ilmiy va ijodiy sohalardagi faolligini yanada oshirish;
-Muassasada ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo`lga qo`yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |