DXX ChQ “Yosh chegarachilar” HAL
direktori M.J. Norqobilov
_________
___ -nusxa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DXX CHQ
“YOSH CHEGARACHILAR” HARBIY-AKADEMIK
LITSEYI DIREKTORINING
BUYRUG`IDAN KO`CHIRMA
2022-yil “____” __________ _________
“Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida
tanlovlarni o`tkazish va tashkil etish to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida 2022-yil aprel-may oylarida “Temurbeklar maktabi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o`qituvchi”, “Eng namunali o`quvchi” tanlovlarini o`tkazish maqsadida
BUYURAMAN:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati harbiy ta’lim muassasalariga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari bo`yicha 7-sonli bayonining 2.2-bandida 2022-yil aprel-may oylarida “Temurbeklar maktabi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylari o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida “Eng namunali ta’lim muassasasi”, “Eng namunali o`qituvchi”, “Eng namunali o`quvchi” tanlovlarini o`tkazish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining 2022-yil 15-martdagi 04-12Q/Q-son qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. “Yosh chegarachilar” HALda “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida o`qituvchilari o`rtasida “Eng namunali o`qituvchi”, o`quvchilar o`rtasida “Eng namunali o`quvchi” tanlovining birinchi bosqichi yuqori saviyada o`tkazilsin.
3. “Yangi O`zbekistonga qanot bo`lamiz!” shiori ostida tashkil etiladigan tanlovning litsey bosqichida “Eng namunali ta’lim muassasasi” tanlovini tashkil etish va o`tkazish to`g`risidagi Nizom 1-ilovaga, “Eng namunali o`qituvchi” tanlovi bo`yicha Nizom 2-ilovaga, “Eng namunali o`quvchi” tanlovi bo`yicha Nizom 3-ilovaga, litsey tashkiliy qo`mita tarkibi 4-ilovaga, litsey bosqichi uchun hamkamlar hay’ati tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari G`.K. Zulpiyevga:
-Tanlovning birinchi bosqichini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha shaxsan mas’ulyatini oshirish;
-Tanlovning birinchi bosqichi shaffofligini ta’minlangan holda yuqori saviyada o`tkazilishi ta’minlash;
-Tanlovning birinchi bosqichida g`olib bo`lib, Respublika (2-) bosqichiga yo`nlanma olgan o`qituvchi va o`quvchilarning keyingi tayyorgarlik jarayonlari munosib tashkillashtirish va nazorat qilish;
-G`olib deb topilgan “Eng namunali o`qituvchi” va “Eng namunali o`quvchi” tanlovining hujjatlari tasdiqlangan ishchi guruhning bayonnamasi (dalolatnomasi)ni 30-aprelga qadar Respublika tashkiliy qo`mitasiga taqdim etish;
- Tanlovning baholash nizomlari bo`yicha metodik tavsiyalar berish;
- Tanlovning 1-bosqich yakunlari bo`yicha ballar ketma-ketligida g`oliblarni aniqlash va tashkiliy qo`mita qaroriga asosan Respublika (2-) bosqichida ishtirok etishini ta’minlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.
5. Buyruq shaxsiy tarkibga tegishliligi bo`yicha yetkazilsin;
6.Buyruq talablarini nazorat qilish direktorning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo`yicha 1-o`rinbosari A. Mengliqulov zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |