Yosh avlodni intellektual salohiyati yuksak, ma'nan yetuk, jismonan sog'lom va malakali kadrlar qilib tayyorlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir



Download 19,12 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi19,12 Kb.
#29850
Bog'liq
jav



Yosh avlodni intellektual salohiyati yuksak, ma'nan yetuk, jismonan sog'lom va malakali kadrlar qilib tayyorlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Mamlakatimizda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi muhim omil bo'lib xizmat qilayotir.


- Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, mamlakatimizning kelajagi bugun barcha sharoitlarga ega zamonaviy maktablarda ta'lim- tarbiya olayotgan yosh avlodning qanday bilim va salohiyatga ega bo'lishiga bevosita bog'liqdir. Ana shu maqsadda 2004-2009 yillarga mo'ljallangan Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida 25 zamonaviy yangi maktab barpo etildi, 232 umumta'lim maktabi tubdan rekonstruksiya qilindi, 364 maktab kapital, 194 tasi esa joriy ta'mirlandi. Ayni paytda bu ishlar izchil davom ettirilib, Byudjetdan tashqari

ta'lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash jamg'armasi mablag'i hisobidan yangi ta'lim muassasalari qurilmoqda, mavjudlarida rekonstruksiya va ta'mirlash ishlari bajarilib, ular zamonaviy usulda jihozlanayotir. O'tgan yili namunaviy loyiha asosida zamonaviy uy-joylar qad rostlagan yangi massivlarda beshta umumta'lim maktabi bunyod etildi. Sakkizta maktab kapital ta'mirlandi. Joriy yilda yettitasi kapital ta'mirlanib, 11 tasi rekonstruksiya qilindi. Yetarli shart-sharoitlarga ega bo'lmagan maktablar o'rnida zamonaviy va milliy arxitektura yechimiga ega yangi binolar qad rostlab, bolalar sport zallari, o'quv-laboratoriya xonalari qurilayotgani va zarur jihozlar bilan ta'minlanayotgani viloyatda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, o'quv samaradorligim oshirish imkonini bermoqda.

Prezidentimizning 2008-yil 8 iyulda qabul qilingan "Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha 2009-2014-yillarga

mo'ljallangan Davlat dasturi to'gnsida"gi qarori ham yosh avlodga ko'rsatilayotgan cheksiz g'amxo'rlik va e'tiborning amaldagi yorqin ifodasi bo'ldi. Qarorga muvofiq, o'tgan yillarda viloyatda 11 bolalar musiqa va san'at maktabi rekonstruksiya etilib, chekka qishloqlardagi ko'rkam va chiroyli binolarga aylandi.

Yangi maktablar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish barobarida ular kompyuter jihozlari, laboratoriya uskunalari va boshqa zamonaviy vositalar bilan ta'minlanayotgani e'tiborga sazovordir. Viloyatdagi 858 umumta'lim maktabini jihozlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarolib borilmoqda. Jumladan, barcha umumta'lim maktablari biologiya kabineti, kimyo, birlashgan kimyo- biologiya kabinetlari va zarur zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. Barcha fan kabinetlari siyosiy va tabiiy globuslar, siyosiy, geografik xaritalar, kodoskop, ekran, yangi mebellar to'plami bilan jihozlandi. Bugun umumta'lim maktablarining 91,5 foizi zamonaviy kompyuter texnikasiga ega bo'lib, barchasi "ZiyoNet" tarmog'iga ulangan. Ta’lim muassasalari qoshidagi sport zallari 32 turdagi sport jihozlari bilan ta'minlangan.

Viloyatda yosh avlod Bosh qomusimizda belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklaridan keng foydalanib, zamonaviy jihozlangan, barcha sharoitlarga ega maktablarda chuqur ta'lim- tarbiya olmoqda. Fan to'garaklarida faol ishtirok etib, bilimlarini mustahkamlayotir. O'nlab "Barkamol avlod" bolalar markazlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, bolalar va o'smirlar sport maktablari, yuzdan ortiq bolalar sporti inshootlari ham o'quvchilarning sevimli maskanlariga aylangan.

Har tomonlama sog'lom, bilimli yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish sharafli va muqaddas ishdir. O'quvchilarning chuqur bilim olishi va ularni yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishi ustozlarning izlanuvchanligi, tajribasi, bilim va salohiyati, yaratilgan sharoitlardan nechog'li samarali foydalana olishi bilan belgilanadi. O'qituvchi va o'quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilayotgan maktablarning pedagog kadrlar bilan ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratilayotgani, ularning malakasini oshirishga ustuvor ahamiyat berilayotgani yutuqlar omili bo'lmoqda. Viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o'qituvchilar uchun fanlarning o'qitilishi, o'quv-laboratoriya jihozlaridan dars jarayonida samarali foydalanish kabi yo'nalishlarda seminarlar tashkil etilib, zarur tavsiyalar berilmoqda. Fan o'qituvchilarining tajriba almashishi keng yo'lga qo'yilayotir.

Shu yil yoz faslida ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida "Mustaqil yurt pedagoglari - sifatli ta'lim sari!" shiori ostida mahalliy hokimlik, huquq-tartibot idoralari, sog'liqni saqlash, moliya bo'limlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Termiz shahri va tumanlarda yig'ilishlar o'tkazilib, pedagoglar tarqatma materiallar, disketlar bilan ta'minlandi. Joylarda tashkil etilayotgan bunday tadbirlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta'lim mazmunini boyitish, "Bilimlar bellashuvi" - sifatli ta'lim sari!" shiori ostida mahalliy hokimlik, huquq-tartibot idoralari, sog'liqni saqlash, moliya bo'limlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Termiz shahri va tumanlarda yig'ilishlar o'tkazilib, pedagoglar tarqatma materiallar, disketlar bilan ta'minlandi. Joylarda tashkil etilayotgan bunday tadbirlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta'lim mazmunini boyitish, "Bilimlar bellashuvi" musobaqalarini belgilangan nizom asosida o'tkazish va uning asosiy mazmun-mohiyatini ota-onalar, o'quvchilar va o'qituvchilarga kengroq yetkazish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb- hunarga yo'naltirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bolalar sportini yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'rik- tanlovi, o'quvchilar o'rtasida tashkil etilayotgan "Bilimlar bellashuvi" tadbirlari va fan olimpiadalari g'oliblarining munosib rag'batlantirilayotgani ham yosh avlodni har tomonlama bilimli, barkamol qilib voyaga yetkazishga xizmat qilayotir.





Download 19,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish