Yorug‘likning sinishi. Yassi parallel plastinka, prizmalarda yorug‘likning


– rasm. Linzaning shartli belgilarida tasvir yasash usullari



Download 0,7 Mb.
bet4/6
Sana16.10.2022
Hajmi0,7 Mb.
#853403
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 - mavzu

1.3 – rasm. Linzaning shartli belgilarida tasvir yasash usullari:
a) yig’uvchi linzada tasvir yasash; b) sochuvchi linzada tasvir yasash.

Linzaning eng qalin (qavariq) joyining qalinligi linzadan keyin tasvir hosil bo'ladigan nuqtagacha bo'lgan masofadan juda kichik bo'lgan linzalami yupqa linzalar deyiladi. Linzalar yordamida tasvir yasash orqali linzaning fokusini aniqlash mumkin. Linzaning ayrim kattaliklari berilsa, uning fokus masofasini linza formulasi yordamida hisoblanadi, ya’ni


(1.1)
bunda, F – linzaning focus masofasi; d – buyumdan linzagacha bo’lgan masofa; f – linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa.
Linzaning bosh optik o'qida yotuvchi va uning chap hamda o'ng tomonlarida, shu optik o'qiga parallel bo'lib tushgan nur­larning linzadan o'tib o'zaro kesishadigan nuqtalarini linzaning oldingi va orqa fokuslari deyiladi (1.3 – rasmga qarang).
Demak, tasvir bir nuqtadan chiqqan nurlar va har xil yo'llar bilan linzadan o'tgandan so'ng (yoki davomlarining) o'zaro kesishadigan nuqtasida haqiqiy (yoki mavhum) bo'lar ekan.


QURILMANING TUZILISHI



Optik taglikda (yuqorida asbob-uskunalarda ko'rsatilgan) ishni bajarishga mo'ljallangan asboblar gorizontal o'qda o'rnatiladi va yoritkich elektr tarmog'iga ulanadi. Shunda yorug'lik oqimi kondensor (5), buyum (7) orqali o'tib, linza (2) ga tushadi.
1.4 – rasm. Qurilmaning sxematik tasviri:
1— optik taglik, 2—linza, 3—yorug'lik manbaining himoya qutisi, 4—tok manbai, 5—kondensor, 6—ekran (yoki durbin), 7—buyum o'rnatiladigan tayanch, 8—botiq linzalar, 9—reyter, 10—optik
taglikning gorizontalligini rostlovchi vint.


Buyumning xira (noaniq) soyasi ekran (6) yoki ko'rish trubasi (6) (durbin)da paydo bo'ladi. Optik taglikda o'rnatilgan asboblarni siljitish yo'li bilan ekran (ko'rish trubasi)da buyumning aniq tasviri hosil qilinadi va turli xil o'lchovlar o'tkaziladi (1.4 – rasm).

Yupqa Linzalar


Sindiruvchi sirtlarning atiga ikkita sferik sirtdan iborat bo‘lgan oddiy holi katta ahamiyatga ega. Ikki sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jism linza deyiladi. Linzalarning sirtida yorug‘lik ikki marta sinadi. Agar linzaning ikkala uchi ustma-ust tushadi deb hisoblash mumkin bo‘lsa, ya’ni linzaning qalinligi chegaralovchi sirtlarning R1 va R2 egrilik radiuslariga nisbatan juda kichik bo‘lsa, linza yupqa linza deyiladi. Linzalar optik qurilmalarning asosini tashkil qiladi. Linzalar yig‘uvchi va sochuvchi bo‘ladi. Sochuvchi linzalar botiq, yig‘uvchi linzalar qavariq bo‘ladi (4.21-rasm).
Sferik sirtlar markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq linzalarning bosh optik o‘qi deb yuritiladi. Yupqa linzalarda ikkala sirtning markazlari ustma-ust tushadi deb hisoblanadi, shuning uchun ham 0 nuqta linzalarning optik markazi deb yuritiladi (4.22-rasm). Linzalarning optik markazlaridan o‘tuvchi nurlar og‘masdan o‘tadi. Optik markazdan o‘tuvchi barcha nurlar qo‘shimcha optik o‘qlar deb yuritiladi.
Agar linzaning bosh optik o‘qiga parallel nurlar linzaga tushadigan bo‘lsa, linzadan o‘tgandan so‘ng nurlar (yoki ularning davomi) biror F nuqtada yig‘iladi bu nuqtaga linzalarning bosh fokusi deyiladi. Yupqa linzalarda linzaning ikki tamonida simmetrik bosh optik o‘qda joylashgan ikkita asosiy fokuslari bo‘ladi. Yig‘uvchi linzada fokuslar haqiqiy, sochuvchi linzada mavxum bo‘ladi. Yordamchi optik o‘qlarga parallel nurlar dastasi ham linzadan o‘tgandan so‘ng biror F nuqtada fokuslanadi, bu nuqta yordamchi optik o‘qni fokal tekislik F bilan kesishish nuqtasida joylashgan. Fokal tekislik deb, linzaning bosh fokusidan o‘tuvchi va bosh optik o‘qiga perpendikulyar joylashgan tekislikkga aytiladi. Linzaning markazi 0 dan bosh fokus F gacha bo‘lgan masofa fokus masofa deb yuritiladi. Fokus masofa ham F bilan belgilanadi.



4.21 – rasm. (a) yig‘uvchi va sochuvchi (b) linzalar va ularning shartli belgilanishi.





4.22-rasm. Parallel nurlar dastasini yig‘uvchi (a) va sochuvchi (b) linzalarda sinishi O1 O2 - bosh optik o‘q, O-optik markaz, F- bosh fokus, F- yordamchi fokus, OF-yordamchi optik o‘q, F - fokal tekislik.

Linzaning asosiy xossasi - jismning tasvirini hosil qilishidir. Tasvirlar har xil bo‘ladi, to‘g‘ri va teskari, haqiqiy va mavhum, kattalashgan va kichraygan.


Tasvirning holatini va uning xarakterini nurlar yordamida geometrik yasash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Buning uchun optik markaz orqali o‘tuvchi, linzaning fokusidan o‘tuvchi, bosh optik o‘qga parallel, yordamchi optik o‘qga parallel nurlardan foydalanamiz. Hosil qilingan tasvir 4.23- va 4.24-rasmlarda keltirilgan.





4.23-rasm. Yig‘uvchi linzada tasvir hosil qilish.



4.24-rasm. Sochuvchi linzada tasvir hosil qilish.
4.23- va 4.24-rasmlarda shunga e’tiborni qaratish kerakki, tasvir yasashda ba’zi nurlar linzadan o‘tmaydi. Tasvir yasashda bu nurlar real ishtirok etmaydi, lekin tasvir yasashda ishlatish mumkin.
Yupqa linza formulasi yordamida tasvirni hisoblash mumkin. Agar jismdan linzagacha bo‘lgan masofani d, bilan linzadan tasvirgacha bo‘lgan masofani f bilan belgilasak, yupqa linza formulasini quyidagicha yozish mumkin



  1. (4.9)

bunda D - kattalik linzalarning optik kuchi deb ataladi. bo‘lib, fokus masofaga teskari proporsional. Birligi 1 dioptriya (dptr). Dioptriya - fokus masofasi 1 metr bo‘lgan linzaning optik kuchi:
1 dptr = m-1
Yupqa linzaning formulasi sferik ko‘zgu formulasiga o‘xshash.
Linzalarning fokus masofalari quyidagicha bo‘ladi, yig‘uvchi linza uchun F > 0, Sochuvchi linza uchun F < 0,

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish