Yorug‘lik-xabarchi asboblari


 Burilish ko‘rsatkichlari



Download 434,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.05.2023
Hajmi434,02 Kb.
#940136
1   2   3   4
Bog'liq
11-мавзу

5.6.4. Burilish ko‘rsatkichlari
Burilish ko‘rsatkichlari avtomobilning harakat yo‘nalishini o‘zgartirishi 
(burilishi, orqa tomonga qaytishi va hokazo) haqidagi ma’lumotni boshqa 
transport vositalari haydovchilariga yetkazish uchun xizmat qiladi. Xalqaro 
standartlarga ko‘ra hamma transport vositalarining old va orqa tomonlariga 2 


126 
tadan to‘q sariq rangli burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatish shart deb belgilangan. 
Hozirgi zamon qoidalariga ko‘ra qo‘shimcha burilish ko‘rsatkichlari avtomobiln-
ing yon tomoniga, qanotlarga, kabinaga yoki kuzovga o‘rnatiladi. 
Burilish ko‘rsatkichlari dam yarqirash, dam miltillash rejimida ishlaydi. 
Yarqirash-miltillash chastotasi 
1Gs 
dan (1 minutda 60 ta yarqirash-miltillash) 
kam, 
2Gs
dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Burilish ko‘rsatkichlarining yorug‘lik taqsimlash tafsifnomalari ham BMT 
YEIK ning №6 va №7 qoidalari bilan me’yorlashtirilgan. 
Burilish ko‘rsatgichlari avariya xabarchisi vazifasini ham bajaradi. Bu holda 
avtomobilning hamma burilish ko‘rsatkichlari baravariga yarqirash-miltillash re-
jimida ishlaydi. 
5.6.5. Yorug‘lik-xabarchi asboblarining tuzilishi 
Avtomobillarga o‘rnatilgan yorug‘lik-xabarchi fonarlar konstruksiyasining 
xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu yorug‘lik-xabarchi fonarlar avtomobillarning 
(ayniqsa, yengil avtomobillarni) muayyan modeliga, uning tashqi shakli, kon-
struksiyasining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi bilan 
bog‘liqdir. 
Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatiladigan yorug‘lik-xabarchi chiroqlari, 
signal fonarlar blokiga birlashtirilgan alohida bo‘linmalar ko‘rinishda 
yasalmoqda. Faqat ba’zi asboblar, masalan yon tomondagi burilish xabarchilari 
alohida konstruksiyaga ega. 
Avtomobilning old tomonidagi signal fonarlar bloki, gabarit chiroqlari va 
burilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Oxirgi konstruksiyalarda oldingi gab-
arit chiroqlar bosh yoritish farani ichiga joylashtirilmoqda (5.13, 5.15-rasmlar). 
Buning uchun qaytargichga qo‘shimcha yorug‘lik manbai o‘rnatiladi. Bu holda 
burilish ko‘rsatkichlari bosh faraning yoniga alohida bo‘linma shaklida joy-
lashtiriladi. 
Avtomobillarning old signal fonarlar bloki (5.16-rasm) ikki bo‘linmali korpus 
1 dan iborat bo‘lib, ularning biriga burilish xabarchisi, ikkinchisiga gabarit chiroq 
joylashtiriladi. Bo‘linmalar bir-biridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan to‘siq 3 bilan 
ajratilgan. Har bir bo‘linma lampa tutqich 5 va lampalar bilan ta’minlangan. 
Yuqoridagi bo‘linmaga, odatda, burilish xabarchisi joylashtirilib, uning lampasi 
qaytargich fokusiga o‘ratiladi. Burilish xabarchisini yarqirash-miltillash rejimida 
ishlashi elektroimpuls-issiqlik, elektromagnit va elektron turdagi maxsus relelar 
yordamida amalga oshiriladi. Pastki bo‘linmaga gabarit chiroq lampasi joy-
lashtirilib, ularda linza (ya’ni qaytargichsiz) sxemasi ishlatiladi. Signal fonarlar 
blokidagi zarur yorug‘lik taqsimlanishi ikki rangli tarqatgich 2 yordamida ta’min-
lanadi.


127 
Avtomobillarning orqa signal fonarlar bloki ham alohida bo‘limlardan iborat 
bo‘lib, ularga gabarit chiroqlar, burilish va tormozlanish xabarchilari, orqaga 
yurish va davlat raqamini yoritish fonarlari, yorug‘lik qaytargichlar joylashtiri-
ladi. Yengil avtomobillar orqa signal fonarlarining konstruksiyasi va tashqi
ko‘rinishi, ularning dizayniga bevosita bog‘liq 
bo‘lib, har bir yangi model uchun yakka tarti-
bda ishlab chiqiladi. Yuk avtomobillarining 
orqa fonarlari unifikatsiya qilingan va tuzilishi 
bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshash. MDH da 
ishlab chiqilgan yuk avtomobillarida keng tat-
biq topgan ФП130 belgili orqa signal 
fonarining tuzilishi 5.13-rasmda keltirilgan. 
Signal fonari plastmassadan tayyorlangan kor-
pus 4 va tarqatgich 3, lampa tutqich 2 va lam-
palar 1 dan iborat. Signal fonari blokiga 
burilish va tormozlanish xabarchilar, gabarit 
chiroqlar va yorug‘lik qaytargichlar joy-
lashtirilgan. Chap tomonga joylashtiriladigan 
(avtomobilga orqa tomondan qaralganda) sig-
nal fonari bloki, avtomobilning davlat 
raqamini yoritish lampasi o‘rnatiladigan 
bo‘linmaga ega. 
Burilish va tormozlanish xabarchilari joy-
lashtirilgan bo‘linmalar nur qaytargich bilan 
ta’minlangan, qolgan bo‘linmalar linzali optik 
tizimga ega. Yoritish lampalarining ishlash 
muddatiga vibratsiya yuklamalarning ta’sirini 
kamaytirish maqsadida, lampa tutqichlar 
maxsus rezinali yumshatuvchi yostiqchalar or-
qali mahkamlanadi. Orqa signal fonarlar bloki 
gorizontal yoki vertikal holda o‘rnatilishi 
mumkin.
Yorug‘lik-xabarchi asboblar konstruksiyasi 
tako-millashtirishning asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
- zarur yorug‘lik taqsimlanishini eng 
ratsional usullar bilan ta’minlash; 
- tashqi muhitning yoritilganligini hisobga 
olib, signal lampalarning yorug‘lik kuchini 
keng doirada o‘zgartirish imkoniyatlarini 
ta’minlash; 
-burilish va tormozlanish xabarchilaridagi 
fantom-effektni (yorqin quyosh yorug‘ida, yoqilmagan chiroqni yoqilgan deb 
qabul qilish) bartaraf qilish. 
5.15-rasm. Bosh yoritish farasini
ichiga joylashtirilan gabarit chiroq: 

Download 434,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish