Yorug‘lik-xabarchi asboblari



Download 434,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.05.2023
Hajmi434,02 Kb.
#940136
  1   2   3   4
Bog'liq
11-мавзу



124 
YORUG‘LIK-XABARCHI ASBOBLARI 
5.6.1.Umumiy ma’lumotlar 
Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida barcha avtomobillar va boshqa 
transport vositalari xalqaro (BMT YEIK qoidalari) va mamlakatimiz 
standartlariga ko‘ra belgilangan tartibdagi yorug‘lik-xabarchi asboblar bilan ji-
hozlanishi shart. Yorug‘lik xabarchilari yo‘l harakati ishtirokchilarini transport 
vositasi harakatining o‘zgarishi ( tormozlanishi, burilish, quvib o‘tish, to‘xtash va 
hokazo), transport vositasining turi va uning o‘lchamlari haqidagi ma’lumotlar 
bilan ta’minlaydi. Bu ma’lumotlarni uzatish uchun yengil va yuk avtomobillarda 
quyidagi yorug‘lik-xabarchi asboblarining o‘rnatilishi shart deb belgilangan: 
- old va orqa gabarit chiroqlar; 
- old, orqa va yon burilish yorug‘lik ko‘rsatkichlar; 
- orqaga joylashtiriladigan yorug‘lik qaytargichlar; 
- avtomobil davlat raqamini yorituvchi fonar. 
Tasdiqlangan qoidalarga asosan ba’zi toifadagi avtomobillar quyidagi 
qo‘shimcha yorug‘lik xabarchilar bilan jihozlanishi kerak: 
- yuk avtomobillardagi kontur chiroqlar; 
- avtopoezd va tirkamali avtomobillarni tanituvchi chiroqlar; 
- chorrahalardan o‘tish ustunligini beruvchi maxsus chiroqlar. 
Avtomobil jihozlanishi shart bo‘lmagan, lekin o‘rnatishga ruxsat berilgan 
yorug‘lik-xabarchilar toifasiga: tumanga qarshi orqa chiroq, to‘xtab turish chi-
rog‘i, qo‘shimcha tormozlanish xabarchisi, yon tomondagi chiroqlar, orqaga 
yurish fonari va boshqa shunga o‘xshash asboblar kiradi. 
Yorug‘lik-xabarchilarining ishlash rejimiga qarab uzoq va qisqa vaqt 
doirasida ishlovchi asboblarga (tormozlanish xabarchisi va burilish ko‘rsat-
kichlari) bo‘linadi. 
Ishlatilish sharoitlari va ko‘rinish darajasiga ko‘ra yorug‘lik xabarchi as-
boblar faqat kechasi yoki ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan hollarda ishlatiladigan (che-
garaviy, kontur, tanituvchi, yon chiroqlar) va doimiy ishlatiladiganlar (tormozlan-
ish xabarchisi, burilish ko‘rsatkichlari va avariya darakchisi) bo‘linada. 
Yorug‘lik-xabarchi asboblarining bu tarzda bo‘linishi ko‘rinish shart sha-
roitlari va asboblarning yorug‘lik kuchi bilan belgilanadi. Faqat kechasi ishlati-
ladigan asboblardagi yorug‘lik kuchi 
2...12 kd
doirasida bo‘lsa yetarli hisobla-
nadi. Doimiy ishlatiladigan asboblarning quyoshli kunda ham yaxshi ko‘rinishini 
ta’minlash maqsadida ularning yorug‘lik kuchi 
200...700 kd
doirasida bo‘lishi 
kerak. Bu asboblarning yorug‘lik kuchi ancha katta bo‘lganligi sababli
qorong‘ida boshqa transport vositalarining haydovchilari ko‘zini qamashtirishi 
ham mumkin. Shuning uchun kechayu-kunduz ishlatiladigan yorug‘lik xabarchi-
larining optik tizimi ancha murakkab sxema bo‘yicha tayyorlanadi. 
Avtomobillarda o‘rnatiladigan yorug‘lik-xabarchi asboblarining ko‘pligi, 
ularni taalluqli ranglar bilan ajratish zaruratini tug‘diradi. Ko‘pincha yorug‘lik-
xabarchi fonarlar qizil, to‘q sariq, oq (rangsiz) rangda bo‘ladi, ba’zi hollarda 
yashil va zangori ranglar ham ishlatiladi. 


125 

Download 434,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish