4.6.Interferensiya hodissasining qo’llanilishi. Interferension plastinkalar. Interferometrlar.
Interferensiya manzarasi interferensiyalanuvchi to'qinlarning yo'llari ayirmasiga juda sezgir bo'ladi: yo'llar ayirmasining kichik o'zgarishlarida uzunliklar va burchaklarni aniq o'lchash uchun, shuningdek, shaffof muhitlarning sindirish ko'rastkichlarini aniqlash uchun ishlatiladigan asboblarning tuzilishi shunga asoslangan. Sanoatda interferometrlar metall va boshqa silliqlangan sirtlarning sifatini (silliqligini) tekshirishda keng qo'llaniladi.
4.8-rasm. Interferometrlar
Bu oqim nurlaridan birining yo'lini ko'raylik. Yarim shaffof qatlamda 1 nur "ikkiga ajraladi": qisman qatlam orqali o'tadi va S ko'zguga tushadi. (1 nur), qisman esa qaytadi va tekshirilayotgan B sirtga tushadi (1 nur). So'ngra 1 nur ko'zgu va yarim shaffof qatlamdan qaytgandan so'ng va 1 nur tekshirilayotgan sirtdan qaytib, yarim shaffof qatlamdan o'tgandan so'ng M mikroskopga tushadi. Bu nurlar kogerent nurlardir, shuning uchun ular interferentsiyalanadi, ularning interferentsiyalanish natijasida mikroskopning ko'rish maydonida ko'rinib turadi.
4.9-rasm. Interferometrlar
Interferension plastinkalar. Plastinka yuqoriga yorug’likning ikkita kogerent parallel dastalarini qaytaradi, ulardan biri plastinkaning yuqori sirtidan yorug’lik qaytishi hisobiga, ikkinchi esa pastki sirtidan qaytishi vujudga keladi. Ikkinchi dasta plasinkaga kirishda va undan chiqishda sinadi. Plastinka yuqoriga, bu ikki dastadan tashqari, plastinka sirtlaridan uch, besh va hokazo marta qaytish hisobiga vujudga keladigan dastalarni ham yuboradi. Lekin biz budastalarni, ularning intensivligi juda kichik bo’ladi.
Sinov shishasi.Interferensiya hodisasi turli texnik vazifalarni yechishda keng qo’llaniladi. Yassi, sferik va boshqa optik sirtlar, interferension yorug’lik filtrlari, spektral analiz asboblari tayyorlashda va h.k.
Optik jihozlar uchun yassi va sferik sirtlar tayyorlashda va egrilik radiusini nazorat qilishda sinov shishalari qo’llaniladi. Sinov shishalari bilan nazorat qilish tamoyili sinov shishasi bilan tekshirilayo1tgan optik jihoz orasidagi havo qatlamida yuzaga kelgan interferensiya hodisasiga asoslangan.
Sinov shishasining bir tomoni (sferik sirtni nazorat qilish uchun) yassi qilib yasaladi; ikkinchi tomoni tekshirilayotgan sirt egrilik radiusiga qarama – qarshi ishorali egrilik radiusiga ega bo’ladi. Sinov shishasi nazorat qilish sirtlar markaziga normal bo’yicha yo’nalgan diffuziyali qaytgan yorug’lik bilan yoritishdan amalga oshiriladi.
1-sinov shishasini 2-linza ustiga qo’yilganda ( a, b, v-rasm) havo qatlamida Nyuton halqasi yuzaga keladi. Xalqalarning N sonidan sferik sirt tayyorlanishi aniqlanib, halqalar shaklidan astigmatik va sohaviy xatoliklar mushohida qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |