Yorug’lik diodlarini volt – amper xarakteristikasini olish Ishning maqsadi



Download 183,51 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2022
Hajmi183,51 Kb.
#684338
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5260243015179440749


Yorug’lik diodlarini volt – amper xarakteristikasini olish
1. Ishning maqsadi: 1.Tajriba maqsadi: Turli rangdagi yorug’lik diodlarida I tok kuchining U kuchlanishga bog’liqligini o’rganish.
2.Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Barcha yario’tkazgichli diodlarning asosini elektron – kovak o’tish (p – n- o’tish) tashkil qiladi. Shu sababli yorug’lik diodlarini o’rganishdan oldin elektron – kovak o’tish va uning VAX to’g’risida qisqacha nazariy ma’lumotlar beramiz.
Elektron-kovak o‘tishning to‘g‘ri ulanishi. Agar p-n o‘tishga tashqi kuchlanish manbai ulansa, u holda muvozanat sharti buziladi va tok oqib o‘ta boshlaydi. Agar kuchlanish manbaining musbat qutbi p-turdagi sohaga manfiy qutbi esa n-turdagi sohaga ulansa, bunday ulanish to‘g‘ri ulanish deb ataladi (1- rasm).

1. – rasm.Elektron - kovak o‘tishga to‘g‘ri kuchlanishni berilishi.
Kuchlanish manbaining elektr maydoni kontakt maydon qarama qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli p-n o‘tishdagi natijaviy maydon kuchlanganligi kamayadi. Maydon kuchlanganligining kamayishi potensial to‘siq balandligini kuchlanish manbai qiymatiga kamayishiga olib keladi: UK - U = U0. Bu vaqtda p-n o‘tish kengligini ham kamayishini ko‘ramiz.
Potensial to‘siq balandligining kamayishi shunga olib keladiki, p-n o‘tish orqali harakatlanayotgan asosiy zaryad tashuvchilarni soni ham ortadi, yani diffuziya toki ortadi. Har bir sohada ortiqcha asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi yuzaga keladi. n-sohada kovaklar, p-sohada elektronlar. Biror yarimo‘tkazgich sohasiga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni purkab kiritish jarayoni injeksiya deb ataladi.
Kuchlanish o‘zgarishi bilan diffuziya tokining o‘zgarishi eksponensial qonun asosida ro‘y beradi:
 (1)
bu yerda I0 – dreyf toki bo‘lib, uni p-n o‘tishning teskari toki deb ham atashadi.
To‘g‘ri kuchlanish berilganda potensial to‘siq balandligiga teskari tok ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bu tok faqat p-n o‘tish orqali birlik vaqt ichida tartibsiz issiqlik harakati tufayli olib o‘tilayotgan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning soni bilan belgilanadi. Diffuziya va dreyf toklari bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi, shu sababli p-n o‘tish orqali oqib o‘tayotgan natijaviy (to‘g‘ri) tok (1) dan kelib chiqqan holda
Itog = Idif – I0 =  . (2)
I0 toki germaniyli p-n o‘tishlarda o‘nlab mkA yoki kremniyli p-n o‘tishlarda nanoamperlarni tashkil etadi va temperatura ortishi bilan kuchli ravishda tok ham ortadi. Lekin I0 qiymatidagi katta farq taqiqlangan zona kengligi bilan aniqlanadi.
Elektron-kovak o‘tishning teskari ulanishi. Bu holatda tashqi kuchlanish manbaining musbat qutbi n-sohaga ulanadi (2 -- rasm).

Teskari

2 – rasm. Elektron - kovak o‘tishga teskari kuchlanishni berillishi.
Kuchlanish manbaining elektr maydoni o‘tishning kontakt maydoni yo‘nalgan tomonga yo‘nalgan. SHu sababli potensial to‘siq balandligi ortadi va UK = U0 ga teng bo‘ladi. Teskari kuchlanish qiymatining ortishi p-n o‘tish kengligining kengayishiga olib keladi ( ). Amaliy hisoblarda quyidagi ifodadan foydalanish qulay:
, (3)
bu yerda - tashqi maydon ta’sir etmagandagi p–n kengligi, - yarimo’tkazgich nisbiy dielektrik doimiysi, - elektr doimiy.
Potensial to‘siqning ortishi diffuziya tokining kamayishiga olib keladi. Diffuziya tokining o‘bzgarishi eksponensial qonun asosida ro‘y beradi
 (4)
Dreyf toki potensial to‘siq balandligiga bog‘liq emasligi va I ga teng bo‘lganligi sababli, p-n o‘tishdan o‘tayotgan natijaviy tok
. (5)
Teskari ulanishda kontaktlashuvchi yarimo’tkazgichlarda hosil qilingan elektr maydon kuchlanganligi ta’sirida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarni qo‘shni sohaga tortilib o‘tishiga eksraksiya deb ataladi. Bunda p – n soha yaqin joylarda asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kichik bo‘lganligi uchun teskari tok juda kichik bo‘ladi.
Elektron - kovak o‘tish (p - n o‘tish) tokining unga berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligi volt–amper harakteristika (VAX) deyiladi. (2) va (4) lar asosida umumiy holda eksponensial bog‘liqlik yordamida ifodalanadi (3 - a rasm).
(6)
Agar p-n o‘tishga to‘g‘ri kuchlanish berilgan bo‘lsa, U kuchlanish ishorasi musbat, teskari kuchlanish berilgan bo‘lsa esa manfiy bo‘ladi. Uto‘g‘ = 0,1 V bo‘lsa eksponensial songa nisbatan birni hisobga olmasa ham bo‘ladi va kuchlanish ortishi bilan tok ham eksponensial ortib boradi. Teskari kuchlanish berilganda esa 0,2 V kuchlanish qiymatida tok I qiymatiga etib keladi va keyinchalik kuchlanish qiymati o‘zgarmaydi. I kattaligi shu sababli teskari ulangan p-n o‘tishning to‘yinish toki deb ham ataladi.

3 – rasm.Real p-n o’tishni VAXsi (a), VAX ni temperaturaga bog’liqligi (b).
Teskari tok to‘g‘ri tokka nisbatan bir necha darajaga kichik, ya’ni p - n o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda tokni yaxshi o‘tkazadi, teskari yo‘nalish da esa yomon. Demak, p-n o‘tish to‘g‘rilovchi vazifasi bilan xarakterlanadi va uni o‘zgaruvchi tokni to‘g‘rilashda qo‘llashga imkon beradi.
Biz yuqorida ko’rdiki, ishchi teskari kuchlanishlarda I0 tok katta emas. Biroq kuchlanish ma’lum qiymatida real p-n o’tishda teskari tokni keskin oshishiga olib keladi, yani teshilish yuz beradi. Teshilishlar ikki turga bo’linadi: elektr va issiqlik. Elektr teshilishlar, p - n o’tishning to’siq qatlamida elektr maydon kuchlanganligini oshishi bilan, issiqlik temperaturaga mos ravishda sochilish quvvatini oshishi bilan bog’liqdir. Issiqlik teshilishlarda p-n o’tish ishdan chiqadi.
Elektron – kovak o’tishni inertliligi ko’pincha uni sig’imlari bilan aniqlanadi. Odatda p- n o’tishni sig’imi ikki turga: diffusion va barerga bo’linadi. Bunda diffuzion sig’im asboblarni tezkorligini belgilaydi. Barer sig’im esa ozgaruvchan kondensator funksieasini bajarishi mumkin.
Yarimo’tkazgichli diodlar asosini p – n- o’tish bo’lib, strukturasi va tuzilish bo’yicha quyidagi turlarga: to’g’rilagichli diodlar, stabilitronlar, varikaplar, tunnel diodlar , yorug’lik diodlar va boshqalarga bo’linadi. Biz quyuda yorug’lik diodlarni o’rganishga qisqacha to’xtalamiz.

Download 183,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish