16
Xalqimiz
va
davlatchiligimizga
oid
ilk
yozma
manbalar
—
zardushtiylarningmuqaddas kitobi “Avesto”, Behistun yozuvlari va qadimgi dunyo
(yunon-rim) tarixchilarining asarlarida o‘lkamizda yashagan qadimgi xalqlarning
nomlari, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llarning, afsonaviy qahramonlar va
podsholarning ismlari, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, iqtisodiy va
siyosiy
tuzumi
to‘g‘risida
ma’lumotlar
beriladi.
O’zbekistonda tillarning rivojlanishi bir necha ming yillar bilan bog‘lanadi. Yozma
manbalarga ko‘ra yurtimizdagi eng qadimgi mahalliy tillar: turkiy, fors, arab va eski
o‘zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va ma’muriy,
adabiy va xalqaro,
mahalliy
qishloq
va
shahar
tillari
vazifasini
bajargan.
O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy yozma madaniyati tarixining yoshi 2300–2700
yillar atrofida. Mil. avv. birinchi mingyillik o‘rtalari oromiy yozuvi keng tarqalgan
edi. Ana shu yozuv zaminida keyinchalik xorazm, baxtar, sug‘d, parfiyon yozuvlari
shakllandi. O‘rta Osiyoga Makedoniyalik Aleksandr qo‘shini bilan yunon yozuvi
ham
kirib
keldi.
O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi — bu mil. avv. V–IV asrlarga
tegishli
xumning sirtida tasvirlangan qadimgi xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U
Oybuyirqal’a shahar xarobasidan topilgan. O‘sha yerdan topilgan mil. avv. IV–III
asrlarga oid yana bir yozuvda “asparak”, ya’ni “otliq”, “chavandoz” so‘zi bor.
Qadimgi Xorazm yozuvi — oromiy alifbosiga asoslangan. Keyinchalik oromiy va
qadimgi yunon alifbosiga asoslangan baqtriya yozuvi rivojlangan. Milodiy I–IV
asrlardan
boshlab
sug‘d
yozuvlari
keng
tarqalgan.
Sak tilidagi eng qadimgi manba Olmaota atrofidagi Issiq qo‘rg‘ondan topilgan
kumush
idishdagi
yozuvdir.
U
mil.
avv.
V
asrga
tegishlidir.
Navbat yozma manbalarga. Ularda qadimdan O‘zbekiston
va uning atrofidagi
hududlarda yashagan xalqlar haqida bitiklar bor.
8
“Avesto”da qayd etilgan qadimgi xalqlarning dastlabki vatani — Sirdaryo va
Amudaryo etaklari hamda Zarafshon vodiysi bo‘lgan.
8
https://eurodomik.ru/uz/fundament/proishozhdenie-pismennosti-proishozhdenie-i-osnovnye-etapy-razvitiya.html
17
Behistun yozuvlari — Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behistun
qoyalarida joylashgan bo‘lib, u fors shohi Dor I buyrug‘iga ko‘ra uch tilda: qadimgi
fors, elam va bobil tillarida yozilgan g‘alaba yodgorligidir. Unda mil. avv. 523–522
yillari ahamoniylar saltanatini
larzaga keltirgan Gaumata, Frada, Skunxa boshliq
xalq harakatlari hamda Doro I zabt etgan Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya
va sak qabilalari haqida yozilgan.
Yunon tarixchisi Arrian Flaviyning (mil. II asr) “Iskandarning
harbiy
yurishlari” asarida Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta osiyo xalqlari ustiga qilgan
istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
9
Mil. avv. V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga
sayohat qilib, 9 ta kitobdan iborat “Tarix” asarini yozdi. Bu asarda Gerodot O‘rta
Osiyoning
qadimgi xalqlari, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo‘shni
mamlakatlar haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Mil. avv. II asr oxiri–I asr boshlarida qadimgi
Xitoy tarixchisi Sim
Szyangning “Tarixiy yilnomalar” nomli asarida O’zbekistonning qadimgi aholisi va
davlatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Yunon tarixchisi va geografi Strabon mil. avv. I asr oxirlari “Geografiya”
nomli asarida ko’plab mamlakatlar, jumladan osiyo xalqlari madaniyati va tarixiy
voqealari haqida ma’lumotlar keltiradi.
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf o‘zining “Buyuk Aleksandr tarixi” nomli
asarida mil. I asr Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta
Osiyoga harbiy yurishlari
haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: