Evakuatsiya qilish rejalariga qo‘yiladigan talablar. Evakuatsiya qilish rejasi (keyingi o‘rinlarda - reja) ob’ekt rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda grafik va matnli qismlardan iborat bo‘lishi kerak.
Rejaning grafikli qismini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) qavat rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: zinapoyalar, liftlar va lift xollari, yashash xonalari, maishiy-xo‘jalik xonalar, balkonlar, tashqi zinapoyalar, shuningdek, zinapoya, lift zallari eshiklari va evakuatsiya yo‘llarida joylashgan eshiklar. Xonalarning nomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qavat rejalarida ko‘rsatilishi yoki ular raqamlanishi va xonalarga izohlar berilishi kerak. Rejada eshiklar ochiq holda ko‘rsatilishi kerak. Agar foydalanish vaqtida alohida chiqish joylari qulflangan bo‘lsa, evakuatsiya rejasida eshik yopiq holda va kalitlar saqlangan joyda "Tashqi eshik kalitlari qutisi" yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar binoda tashqi yong‘inga qarshi zinapoya mavjud bo‘lsa, rejada "Yong‘inga qarshi zinapoyaga chiqish yo‘li" yozuvi bo‘lishi kerak;
b) qavatlardagi odamlarni evakuatsiya qilishning asosiy yo‘llari rejada to‘g‘ri chiziq bilan, zaxira yo‘llari esa punktir chiziq bilan ko‘rsatiladi. Chiziqlar asosiylaridan ikki barobar qalin va yashil rangda bo‘lishi kerak. Qavatlardagi asosiy evakuatsiya yo‘llari zinapoyalar yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar yong‘in xavfidan himoyalanish nuqtai nazaridan ikkita zinapoya teng bo‘lsa, u holda asosiy evakuatsiya yo‘li eng yaqin zinapoyaga ko‘rsatiladi. Evakuatsiya yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlar har bir xonadan xavfsiz joyga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
v) rejaning grafik qismidagi belgilarni idrok qilishni yaxshilash maqsadida tashqi kontur (yong‘inga qarshi jo‘mraklardan tashqari) qizil rangda, evakuatsiya yo‘llari esa yashil rangda chizilishiga ruxsat etiladi; yong‘inga karshi jo‘mrak ko‘k rangda belgilanadi;
g) rejalarni chizishda joylashgan joyi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish sharoitlarini yaxshilash maqsadida "siz shu erdasiz" ma’nosidagi belgini rejaning izohida ko‘rsatish kerak;
d) qavat rejalarida shartli belgilar yordamida: qo‘l yordamida ishga tushiriladigan yong‘in xabarlargichlari; telefon; yong‘inga qarshi jo‘mraklar, o‘t o‘chirgichlar; tutun so‘rish tizimi qurilmalarini qo‘l bilan ishga tushirish tugmalari joylashgan joylari ko‘rsatiladi. Shartli belgilarga qavat rejasining pastki qismida izoh berilishi kerak;
e) rejaning grafik qismida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining, rahbar va ob’ekt bo‘yicha mas’ul navbatchining telefon raqamlari ko‘rsatilishi kerak;
Reja navbatchi xodimlar xonasida va har bir qavatning zinapoyalaridan chiqish eshiklari oldiga (binodan evakuatsiya chiqish yo‘llari) shishali (plyonka) qoplama ostida ko‘zga ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
Bolalarni evakuatsiya qilish rejasida uning grafik qismidan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatiladi:
a) xizmat xodimlaridan shsan kim odamlarni (bolalarni) evakuatsiya qiladi va evakuatsiya tugagandan so‘ng ularning ro‘yxat bo‘yicha tekshiradi;
b) evakuatsiya qilinayotgan odamlarni binodan yoki sog‘lomlashtirish muassasasi, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidan xavfsiz joyga harakatlanish yo‘llari;
v) mol-mulkni evakuatsiya qilish joyi va uni qo‘riqlash uchun javobgar shaxs;
d) yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga kim xabar berishi va aloqa vositasining turi (telefon, ratsiya, xabarchi va boshqa yo‘l bilan);
e) evakuatsiya rejasiga kiritilgan shaxslar vaqtincha yo‘qligida ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar zaxirasi;
j) yong‘inni o‘chirishni kim tashkil etadi.