Yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi



Download 2,46 Mb.
bet15/27
Sana03.02.2022
Hajmi2,46 Mb.
#427898
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Электроникадан (Lotincha)

3. Nazorat savollari:



    1. Maydon tranzistorlari qurilmasi va ishlash prinsipi aytib bering.

    2. Maydon tranzistorlari yoqilishi sxemasini quring.

    3. Tranzistor chiqishidagi bo‘lgich qiymatini aniqlang.

    4. Umumiy istokli kuchaytirgichning asosiy afzalliklari

    5. Kuchaytirgich kaskadlarining asosiy parametr va xarakteristikalarini

aytib bering.
6-Laboratoriya ishi


Mavzu: Operatsion kuchaytirgich asosidagi invertirlovchi va noinvertirlovchi kuchaytirgich sxemasini o‘rganish.


Ishning maqsadi: Operatsion kuchaytirgich asosidagi kuchaytirgich sxemalarini urganish.
Tajriba stendining tuzilishi.
Laboratoriya qurilmasi ES 15 laboratoriya stendi, elektron volьtmetrva ossillografdan iborat. Old panelьdagi yuza qismida tegishli yozuvlar bilan quyidagilar joylashgan

  • stendni yoqish uchun “SETЬ” tumbleri;

  • yoqishni nazoart qilish uchun indikator;

  • korpus yoki signal manbasiga tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichni ulash uchun “S1” tumbleri;

  • korpus yoki signal manbasiga integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgichni ulash uchun “S2” tumbleri;

  • korpus yoki birinchi kaskadning chiqishiga tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichning ikkinchi kaskadini ulash uchun “S3” tumbleri;

  • Tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichni yuklama zanjiriga ulash uchun “S4” tumbleri;

  • Integral mikrosxemalardagi operatsion kuchaytirgichni yuklama zanjiriga ulash uchun “S5” tumbleri;

  • Doimiy tok kuchaytirgichini manba zanjiriga o‘lchovchi qurilmani ulash uchun “S6” tumbleri;

  • CHiqish signali darajasini o‘zgartirish uchun “Uvx” regulyator ruchkasi;

  • Manba kuchlanishini o‘zgartirish uchun “Ep1” va “Ep2” regulyator ruchkasi;

  • Integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgich va tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichlarning yuklama qarshiligini o‘zgartirish uchun “Rn1” va “Rn2” regulyator ruchkasi;

  • Zanjir qarshiligi xamda ikkinchi va uchinchi kaskadlar orasidagi aloqani o‘zgartirish uchun “Rsv” regulyator ruchkasi;

  • Signalning ichki manba qarshiligi bilan kaskadni moslash uchun “Rs2” regulyator ruchkasi;

  • Birinchi va ikkinchi kaskadlar orasidagi emitterli bog‘lanishlarni mos xolda o‘zgartirish uchun “R1”, “R2” regulyator ruchkasi;

  • Manba qarshiliklarini o‘lchash uchun “Ep1” va “Ep2” volьtmetri;

  • Nazorat uyalari.

Bevosita bog‘lanishli tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichlari uchkaskadli kuchaytirish sxemasidan iborat. Birinchi ikkita kaskad sifatidaparallel balansli kuchaytirgichlar ishlatladi. Ajratilgan yuklamali uchinchi kaskad ikkinrchi kaskadning chiqishi bilan potensiometrik bog‘langan.


Kuchlanishga yuklama qarshiligi xamda manba tokini ulashni qulayligini ta’minlash uchun sxemada uchshinali manbadan foydalaniladi.
Kirish signali birinchi kaskad bazalarining biriga uzatiladi. Ikkinchi baza zanjiriga signal manbasining ekvivalent qarshiligini kaskadning kirishi bilan mos keltirish uchun o‘zgaruvchan rezistor ulangan.
Parallel balansli kaskadlarning “R1”, “R2” rezistorlar bilan bog‘langan tranzistor emitterlari tinch xolatda kaskad balansirovkasiga xizmat qiladi, kuchlanish rejimida esa tranzistorlardan birining yoqilishi mumkinligidan xabar beradi.
Ikkala kaskaddagi (“Re1” va “Re2”) umumemitterli rezistorlar sxemaning stabilligini oshirishga xizmat qiladi, chunki ular tranzistorlardagi ikkala emitterli tok sxemasining o‘zgarishiga nisbatan teskari manfiy aloqani ushlab turadi va uni doimiyligini ta’minlaydi.
Birinchi kaskadning simmetrik chiqishi nolь dreyfi kompensatsiyasini ta’minlaydi.
Birinchi kaskadning chiqish kuchlanishi ikkinchi kaskadning bazalari orasidan uzatiladi. Signalni kuchaytirilishi ikkinchi kaskad kollektorlarining biridan echiladi, bu esa kompensatsiyalangan nolь dreyfi xisobiga sxema stabilligining buzilishiga olib keladi. Natijada signal aloqa zanjiri orqali “Rsv va R” uchinchi kaskad kirishiga uzatiladi.
Uchinchi (VT5) kuchlanish kaskadining mavjudligi uning kollektoridagi kompensatsiyalovni potensialni keltirib chiqaruvchi manfiy teskari aloqa xisobiga sxema stabilligi oshadi. CHiqish kaskadi tranzistorining baza xamda emitter zanjirlari rejimlarini tanlash amplituda xarakteristikasining chiziqli maydonida kuchaytirgichni ishlashini ta’minlab beradi. Biroq ikkinchi va uchinchi kaskadlar oarsidagi aloqa zanjirining mavjudligi umumiy sxema kuchlanish koeffitsientini pasaytiradi.
Integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgichi stendda tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichlarining analogik parametrlarini taqqoslash uchun qo‘llanilgan. Integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgichda KR544UD2A mikrosxema ishlatilgan bo‘libu noinvertrlovchi kuchaytirgich bo‘yicha ulangan. Kuchaytirgichning asosiy xarakteristikalari: kuchaytirish koeffitsienti, amplituda xarakteristikasining chiziqliligi, chiqish kuchlanishi va boshqalar. Integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgich sxemasida esa osnroq energiyaning tashqi yo‘qotishlari bilan amalga oshiriladi. Masalan, integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgichning xajmi va gabariti tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichlardan ancha kichik bo‘ladi. CHiqish xamda manba kuchlanishining bo‘luvchi zanjiri quyidagilardan iborat:
a) emitter xamda kollektor zanjirini oziqlantirish uchun potensiometr;
b) xar qanday sxemaga chiqish signalini uzatish uchun potensiometr, bunda integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgich chiqish signali amplitudasini chegaralash uchun RDI rezistori mavjud.
v) ikkala sxemadagi manba kuchlanishini nazorat qilish uchun DV o‘lchov qurilmasi (3 o‘zgartirgich).
S4 va S5 o‘zgartirgichlari kuchaytirgichlarni yuklamaga ulash uchun ishlatiladi (Rn1” va “Rn2” rezistorlari).
Doimiy tok kuchaytirgichining yuklama zanjirlari quyidagilardan iborat:
a) tranzistorlardagi doimiy tok kuchaytirgichlarda 10 kOm qarshilikdan foydalaniladi, bu qarshilik 1 kOm qarshilik bilan parallel ulangan bo‘lib chiqish tranzistorining kollektoriga S4 tumbler bilan yoqiladi.
b) integral mikrosxemadagi doimiy tok kuchaytirgichlarida 10 kOm qarshilikli o‘zgaruvchan rezistor 6.6 kOm qarshilikli doimiy rezistor bilan ketma-ket ulangan. YUklama zanjiri mikrosxema chiqishiga S5 tumbler orqali ulangan.
Ta’minlash manbasi sxemasi ikkita yarimdavrli to‘g‘rilagich va ikkita tranzistorli filьtrdan iborat. Bu filьtrlar bazaviy zanjirlarda o‘rnatilgan bo‘lib unda D815J tipdagi stabilitronlardan foydalanilgan.



ES 15 universal stendining umumiy ko‘rinishi

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish