Yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi



Download 2,46 Mb.
bet13/27
Sana03.02.2022
Hajmi2,46 Mb.
#427898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Электроникадан (Lotincha)

Nazorat savollari:

  1. 1.Bipolyar tranzistorlar qurilmasi va ishlash prinsipi.

  2. 2.Bipolyar tranzistorlar yoqilishi sxemasini quring.

  3. 3.Tranzistor chiqishidagi bo‘lgich qiymatini aniqlang.

  4. 4.Tranzistor ish rejimining stabilizatsiyasi qanday amalga oshiriladi.

  5. 5.Kuchaytirgich kaskadlarining asosiy parametr va xarakteristikalarini aytib bering.


Laboratoriya ishi № 5
Mavzu: Maydon tranzistor asosidagi bir kaskadli (US) kuchaytirgichning xarakteristikalarini tekshirish.


Ishning maqsadi: Maydon tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichning asosiy
xarakteristikalarini o‘rganish.


Tajriba stendining tuzilishi.
ES 4A tipli universal laboratoriya qurilmasi xaqida nazariy ma’lumotlar.
Laboratoriya qurilmasi S1-74 yoki S1-83 ossillograf va ES 4A laboratoriya qurilmalaridan iborat. Stend ko‘chuvchi stol qurilmasi sifatida konstruksiyalangan. U A1-A6 aloxida tadqiq qilinuvchi kuchaytirgichlar, “generetor” tovush chastotasi generatori, kuchaytirgichning ta’minlash manbasi, generetorning ta’minlash manbasi, qurilma va kommutatsiya manbasidan iborat.
Stendning umumiy ko‘rinishi 1.1. rasmda keltirilgan.
Old panelda va almashinuvchi panelda tegishli yozuvlar bilan qo‘yidagilar joylashgan.

  • stendni yoqish uchun - “SETЬ” tumbleri;

  • stendni yoqilishini nazorat qilish uchun – “VKL” lampochkasi;

  • generator chastotasi diapazonini 0.02dan 20 kGs gacha o‘zgartiruvchi “CHastota kGs” o‘zgartirgichi (pereklyuchatelь);

  • xar bir diapazon chegarasi bo‘yicha generator chastotasini bir tekisda o‘zgartiruvchi “CHastota kGs” ruchkasi;

  • generatorning chiqish kuchlanishi kattaligini o‘zgartirish uchun “Vqxod kGs” ruchkasi;

  • chiqish kuchlanishini pog‘ona ko‘rinishida ajratish uchun “1:1”, “1:10”, “1:100” uyalari.

  • chiqish signalining generatordagi qarshiligi ko‘rsatkichini o‘zgartirish uchun “Rr” ruchkasi;

  • kerakli sig‘im orqali kirish signalini tadqiq qilinayotgan sxema kirishiga uzatib berish uchun “S1 va S2” xolatli “SI” o‘zgartirgichi;

  • tashqi generatordan kirishga signalni ulovchi “1” va “2” uyalari;

  • kirish toki ossillogrammasini ko‘rish uchun “3” va “4” uyalari;

  • baza doimiy tokini o‘lchash uchun “Ib” qurilmasi;

  • qurilma shkalasida ko‘rsatilgan qiymatlarga mos keluvchi “X1”- o‘lchash chegarasi bosilgan xolatida qurilma chegaralarini o‘zgartirish va emitter zanjiridagi tokni o‘lchash uchun tugmasi “IE ” va “Ie” qurilmasi;

  • yuqoridagi punktda qo‘rsatilganidek qurilmani o‘zgartirish va istok tokini o‘lchash uchun “II ” tugmasi va “1 va 4” qurilmalari;

  • tadqiq qilinayotgan sxemalarga tegishli parametrlarni o‘rnatish uchun R4I”,. “R42”, “Re”, “Rn - Re”, Rn”,. “Ek-Es” ruchkalari;

  • “S3” yoki “S4” bo‘luvchi kondensatorlardan biri orqali yuklamani ulash uchun “S2” o‘zgartirgich;

  • O‘rganilayotgan kuchaytirgichlarda bazaviy bo‘lgich sxemasini o‘zgartirish uchun “S3” sxemasi;

  • Kuchaytirgich sxemasining xarakterli nuqtalaridagi kuchlanishni o‘zgartirish va tok xamda kuchlanish ossillogrammalarini ko‘rib chiqish uchun “5”,. “6”, “7”, “8”, “9”, “10”, “11”, “12” uyalari;

  • O‘lchovchi volьtmetr va kuchlanish manbasini o‘zgartirish uchun “Es - Ek”.




Stendning prinsipial elektr sxemasi quyidagi funksional guruxlarni o‘z ichiga oladi:



  • A1 umum emitterli kuchaytirgich;

  • A2 umum kollektorli kuchaytirgich;

  • A3 umum bazali kuchaytirgich;

  • A4 umum istokli kuchaytirgich;

  • A5 umum stokli kuchaytirgich;

  • Tashkil etuvchi tranzistorda A6 umum emitterli kuchaytirgich;

  • Tovush chastotasi generatori;

  • Kuchaytirgich blok pitaniesi;

  • Generator blok pitaniesi;

  • Kommutatsiya zanjiridagi qurilma.

A1 umum emitterli kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A2 umum kollektorli kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A3 umum bazali kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A4 umumstokli kuchaytirgichi V1 tipli KP302A triodida bajarilgan;
A5 umumistokli kuchaytirgichi V1 tipli KP302A triodida bajarilgan;
Tashkil etuvchi tranzistordagi A6 umum emitterli kuchaytirgichi V1 va V2 tipli KT315V triodida bajarilgan;


1.Tajriba qismi
Maydon tranzistorlarda umumiy istokli kuchaytirgichni prinsipial sxemasi 5.1- rasmda keltirilgan.
ES 4A tipli universal laboratoriya qurilmasining nazariy ma’lumotlari bilan tanishib chiqing.
ES 4A tipli universal laboratoriya qurilmasining tegishli yacheykalariga A4 kuchaytirgich (Maydon tranzistorlarda umumiy istokli kuchaytirgich) platasini o‘rnating.
Generatorning 1kOm va 10 kOm qarshiliklarida Bipolyar tranzistorlarda umumiy bazali kuchaytirgichda amplituda xarakteristikalarini quring va oling.
Nochiziqli xalaqitlar yaqqol ko‘rinishi uchun xizmat qiluvchi signalda chiqish kuchlanishi ossillogrammasini quring (chizib olish).
Kaskadning chiqish qarshiligi, tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientlarini aniqlang.
R=1kOm va R=10 kOmda olingan kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientlari munosabatlarini xisoblang.
Tinch xolat stabilizatsiyasi mavjud bo‘lganda va mavjud bo‘lmaganda tranzistor elektrodlari va tadqiq qilinayotgan kuchaytirgich o‘rtasidagidoimiy kuchlanishlarni o‘lchang.
Tadqiq qilinayotgan kuchaytirgichning xarakteristikalarini oling.
Kuchaytirgich xarakteristikasiga yuklama qarshiligi ta’sirini kuzating.



Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish