Laboratoriya ishi № 4
Mavzu: Bipolyar tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichning xarakteristikalarini tekshirish.
Ishning maqsadi: Bipolyar tranzistorlarda umumiy emitter kuchaytirgichning asosiy
xarakteristikalarini o‘rganish.
Tajriba stendining tuzilishi.
ES 4A tipli universal laboratoriya qurilmasi xaqida nazariy ma’lumotlar.
Laboratoriya qurilmasi S1-74 yoki S1-83 ossillograf va ES 4A laboratoriya qurilmalaridan iborat. Stend ko‘chuvchi stol qurilmasi sifatida konstruksiyalangan. U A1-A6 aloxida tadqiq qilinuvchi kuchaytirgichlar, “generetor” tovush chastotasi generatori, kuchaytirgichning ta’minlash manbasi, generetorning ta’minlash manbasi, qurilma va kommutatsiya manbasidan iborat.
Stendning umumiy ko‘rinishi 1.1. rasmda keltirilgan.
Old panelda va almashinuvchi panelda tegishli yozuvlar bilan qo‘yidagilar joylashgan.
stendni yoqish uchun - “SETЬ” tumbleri;
stendni yoqilishini nazorat qilish uchun – “VKL” lampochkasi;
generator chastotasi diapazonini 0.02dan 20 kGs gacha o‘zgartiruvchi “CHastota kGs” o‘zgartirgichi (pereklyuchatelь);
xar bir diapazon chegarasi bo‘yicha generator chastotasini bir tekisda o‘zgartiruvchi “CHastota kGs” ruchkasi;
generatorning chiqish kuchlanishi kattaligini o‘zgartirish uchun “Vqxod kGs” ruchkasi;
chiqish kuchlanishini pog‘ona ko‘rinishida ajratish uchun “1:1”, “1:10”, “1:100” uyalari.
chiqish signalining generatordagi qarshiligi ko‘rsatkichini o‘zgartirish uchun “Rr” ruchkasi;
kerakli sig‘im orqali kirish signalini tadqiq qilinayotgan sxema kirishiga uzatib berish uchun “S1 va S2” xolatli “SI” o‘zgartirgichi;
tashqi generatordan kirishga signalni ulovchi “1” va “2” uyalari;
kirish toki ossillogrammasini ko‘rish uchun “3” va “4” uyalari;
baza doimiy tokini o‘lchash uchun “Ib” qurilmasi;
qurilma shkalasida ko‘rsatilgan qiymatlarga mos keluvchi “X1”- o‘lchash chegarasi bosilgan xolatida qurilma chegaralarini o‘zgartirish va emitter zanjiridagi tokni o‘lchash uchun tugmasi “IE ” va “Ie” qurilmasi;
yuqoridagi punktda qo‘rsatilganidek qurilmani o‘zgartirish va istok tokini o‘lchash uchun “II ” tugmasi va “1 va 4” qurilmalari;
tadqiq qilinayotgan sxemalarga tegishli parametrlarni o‘rnatish uchun R4I”,. “R42”, “Re”, “Rn - Re”, Rn”,. “Ek-Es” ruchkalari;
“S3” yoki “S4” bo‘luvchi kondensatorlardan biri orqali yuklamani ulash uchun “S2” o‘zgartirgich;
O‘rganilayotgan kuchaytirgichlarda bazaviy bo‘lgich sxemasini o‘zgartirish uchun “S3” sxemasi;
Kuchaytirgich sxemasining xarakterli nuqtalaridagi kuchlanishni o‘zgartirish va tok xamda kuchlanish ossillogrammalarini ko‘rib chiqish uchun “5”,. “6”, “7”, “8”, “9”, “10”, “11”, “12” uyalari;
O‘lchovchi volьtmetr va kuchlanish manbasini o‘zgartirish uchun “Es - Ek”.
Stendning prinsipial elektr sxemasi quyidagi funksional guruxlarni o‘z ichiga oladi:
A1 umum emitterli kuchaytirgich;
A2 umum kollektorli kuchaytirgich;
A3 umum bazali kuchaytirgich;
A4 umum istokli kuchaytirgich;
A5 umum stokli kuchaytirgich;
Tashkil etuvchi tranzistorda A6 umum emitterli kuchaytirgich;
Tovush chastotasi generatori;
Kuchaytirgich blok pitaniesi;
Generator blok pitaniesi;
Kommutatsiya zanjiridagi qurilma.
A1 umum emitterli kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A2 umum kollektorli kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A3 umum bazali kuchaytirgichi V1 tipli KT808A triodida bajarilgan;
A4 umumstokli kuchaytirgichi V1 tipli KP302A triodida bajarilgan;
A5 umumistokli kuchaytirgichi V1 tipli KP302A triodida bajarilgan;
Tashkil etuvchi tranzistordagi A6 umum emitterli kuchaytirgichi V1 va V2 tipli KT315V triodida bajarilgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |