Kurs ishining ob’ekti va predmeti. O`zbek to`y marosimlarini o’rganish ob’ekti bo’lsa, an`analarni o`rganish kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi O`zbek to`y marosimlari va an`analari haqida umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
O`zbek to`y marosimlari va an`analarini o’rganish;
O`zbek milliy qadriyatlarini o’rganish;
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 33 bet, shundan asosiy matn 26 bet. Matnda jadval, 1 ta rasm joy olgan, 20 nomdagi adabiyotlar va 5 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.
I. BOB O`ZBEK MILLIY TO`Y MAROSIMLARI HAQIDA MA`LUMOT
1.1. O`zbekiston to`y marosimlari tarixi va buguni
Nikoh to’yi o’zbeklar uchun muhim marosim hisoblanib, to’y oldi va to’ydan keyin o’tkaziladigan tantanalarga alohida e’tibor bilan tayyorgarlik ko’riladi. O’zbek milliy urf-odatlariga ko’ra kuyov va kelinning ota-onasi to’yga rozilik bildirganidan so’ng, fotiha to’yi o’tkaziladi. Kuyov kelin tomonga, kelin esa kuyov tomonga sovg’alar yuborib, ikki yosh unashtiriladi.
Nikoh to’yi kuni kuyov tomonidan saharda to’y oshi tarqatilib, osh kelinning uyiga ham yuboriladi. Kuyov o’z navkarlari bilan kelinning uyiga borib, kelin ota-onasining duosini oladi. Kelinning uydan olib ketilishi kelinning ota-onasi bilan xayrlashish marosimi hisoblanadi. To’yga yaqin qarindoshlar, do’st-u birodarlar, hamkasblar, sinfdoshlar, qo’ni-qo’shnilar taklif qilinadi. Noz-u ne’matlardan tortib, o’yin-kulgu va raqs bilan nikoh to’yi katta miqyosda kun bo’yi dabdabali qilib o’tkaziladi. Nikoh to’yidan so’ng ertasi kuni azonda kelin salom marosimi boshlanadi. Kuyovning ota-onasi, yaqin qarindoshlar, do’stlar va qo’ni-qo’shnilar navbat bilan kelinning oldiga borib, o’zlarining samimiy tilaklari va sovg’alarni kelin bilan ulashadilar. Kelin har bir kishiga egilib, salom beradi. O‘zbekning to‘yi ajoyib.. Bir yil oldin vahimasi boshlanadi: “uylantirish kerak”, “uzatish kerak”, “bu yil yubileyim, nima qilaman”, “o‘g‘limizning xatnasi kechikib ketdi” degan tashvishlar butun oilaning oromini oladi. Keyin yil davomida mablag‘ yig‘ishadi. O‘zini o‘tga, suvga urib pul topishadi. Yetmaganiga qarz olishadi. Bir balo qilib to‘y kunini belgilanadi.To‘y kuni belgilangan sanadan boshlab bu tashvishlarga qarindoshlarning oilalari qo‘shiladi: “tog‘amiz to‘y qilayotgan ekan, gilam olish kerak”, “ammamiz to‘y qilayotgan ekan, yaxshiroq sarpo va to‘yanaga pul topaylik”, “akam to‘y boshlabdi, sog‘umga qo‘y olishim kerak”, “opam to‘y boshlabdi, jiyanimga navvos olib bormasam qanday tog‘a bo‘laman?”. Ular ham o‘z kamu ko‘stini unutib qarindoshining to‘yi tashvishiga qo‘shilishadi. To‘ydan oldingi haftada tashvishlar eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarila boshlaydi: “xabar berdingmi?”, “olib keldingmi?”, “oldingmi?”, “berdingmi?”, “gaplashdingmi?”
To‘y uchun joy belgilanadi. Vaqti yetib to‘y ham boshlanadi. Karnay, surnay bilan to‘y boshlangani ma’lum qilinadi. Mehmonlar kela boshlaydi. Bir ishonchli odam eshik oldida o‘tirib olib to‘yanalarni daftarga qayd qilib boshlaydi. Birov xo‘kiz, birov qo‘y keltirsa, birov gilam ko‘tarib keladi. Ko‘pchilik to‘yana, deb pul beradi. E’tibor berib qarasang, hamma “predoplata” qilib restoranga kirganday xolat.. Uzoq kutilgan to‘y boshlanadi. Hamma tomoshatalab, hammaning nazari to‘y egalarida. Bir gapdon boshlovchi hammaga bosh bo‘lib to‘yni boshqaradi. Olgan pulini oqlash uchun to‘y egalarini maqtay boshlaydi. Yettinchi osmonga olib chiqib, gap bilan sal kam behishtning eshigiga yetkazadi.. So‘ng shirakayf mehmonlarga so‘z beriladi. Ular ham to‘y egasining ota-bobolari genofondini titkilab chiqishadi, farzandlarining odobi-yu axloqini soatlab maqtashadi. Aslida bu so‘zlarning hammasi hamma to‘ylarda aytilaverib, aytilaverib, aytilaverib siyqasi chiqib ketgan.. Gapdon boshlovchining maftunkor she’rlari-yu, dono iqtiboslari ham o‘zining “shpatlevka” qilingan yuziday bezbet bo‘lib ketgan. To‘yning avji san’atkorlar bilan bo‘ladi. “Duppa-duppa” hammani o‘tirgan o‘rnidan davraga olib chiqadi. To‘ylar xalq raqqoslik san’atining noyob sahnasiga aylanadi. Hamma raqsga tusha boshlaydi. Birov kiyimini, birov bo‘yi yetgan qizini ko‘z-ko‘z qiladi. Uch kundan buyon uxlamagan to‘y egalari esa ichdan o‘tganini bildirmaslik uchun tinmay tirjayadi. Keyin ularni o‘rtaga chiqarib qistir-qistir boshlanadi. Yana birov it azobda topgan to‘yanasini topshirishdan oldin sahnaga olib chiqib rosa namoyish qiladi. (ahmoqmi ko‘rsatmay berib, videoga ham oldiradi) To‘ydagi eng yomon odatlardan biri odam ajratish. Doimgiday rahbarlar va kibr ahli to‘yga sal kechroq keladi. Vajlari bor: “selektorda edik”, “boshqa to‘ylarga ham borishga to‘g‘ri keldi”, “ishimiz qaltis”.. Bu toifa odamlarga boshqacha iltifot boshlanadi. Oddiy odamlar ko‘z o‘ngida ularning dasturxoniga tansiq taomlar keltiriladi. Konyak, viskilar qalashib ketadi. Mezbonlar ham qo‘li ko‘ksida qirq martalab “xush kelibsiz” qiladi. Toifakash odamday paskash bo‘lmaydi o‘zi.. To‘yning oxiri Al-Kashsheyning ummatlari-alkashlarniki bo‘ladi. Hamma charchaydi, alkashlar charchamaydi. Hamma tinadi alkashlar tinmaydi. Hasmi, mahrami demay o‘pishishlar boshlanadi. To‘y oxirlab san’atkorlar dumini qisgan tulkiday qochishga tushadi. Birov rozi, birov norozi bo‘lib, rasmiylar aralashuvi va g‘irt mast odamlar duosi bilan to‘y tugatiladi. To‘y tugagan paytdan to‘y haqida g‘iybatlar boshlanadi. Norozilar ko‘chani to‘ldirib so‘kinib qaytadi: “qo‘lingdan kelsa to‘y qil, araq emas zahar olib kelgan ekan”, “salatlari rasvo ekan”, “dasturxonimga arzimagan pishiriq solibdi, pas..”.. Ertasiga “yettinchi osmon”dan tushgan to‘y egalarining uyidagi kayfiyatni ko‘ring. Endi yana xafagarchilik boshlanadi: “onasi falonchi to‘yda ko‘rinmadimi?”, “shu bizni ko‘rolmaydi, shuning uchun kelmagan”, “xali to‘y qilsin, ko‘ramiz, shu iflosnikiga-chi umuman qadam bosmayman." Bu g‘avg‘olarni hamma biladi. Ammo eng qizig‘i “bosh og‘rig‘i marosimi”. To‘y egalari va yaqinlari birikib to‘yni yakun qilishadi. Bu marosimning dasturxoni ajoyib yarmi ichilgan aroqlar, bir tishlab qo‘yilgan nonlar, kechagi salatlar.. Yelkangda tog‘dek qarz, yana nima ham yeysan? Qarzdor odamga nima ham deysan? Abdulla Avloniy bundan yuz yil oldin kuyunib “O‘zbek xalqini to‘y balosidan qutqaring!” degan ekan. Balki o‘shanda ham to‘ylar shunday bo‘lgandir. Bilmadim-u bugungi to‘ylardagi mantiqsizlikni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Bir xonadonda ko‘rdim. Boshqa birovning to‘yini deb, bu uyda janjal bo‘layotgan ekan. Sababini surishtirsam, bu odamning o‘g‘li kuyov bolaning do‘sti ekan. To‘yga “neksiya” zakaz qilishi, yangi kostyum shim olishi, yana yuz ming so‘m to‘yana qilishi kerak ekan. Otaning aytishicha, buncha pul yo‘q, ammo o‘g‘il topmasa ko‘nmayotgan ekan.. Ba’zan uyga kelsang birdaniga 4-5 joydan to‘yxat kelib turgan bo‘ladi. Har biriga to‘yana bersang ro‘zg‘orga zil yetadi. To‘yana bermasang “qurumsoq” bo‘lasan.. Qolaversa baribir hammasiga ulgurmaysan. To‘yda prokatchilar ishtiroki ayanchli: ming kishi kiygan kelin ko‘ylak, mingta to‘y ko‘rgan gilam, to‘yma to‘y yuraverib to‘ydan to‘yib ketgan qo‘ylar, echkilar, yarmi darz ketgan to‘yxona idishlari, ming marta yuvilgan dasturxonlar, to‘yda aftini ko‘rsatib maza qiladigan taniqli artistlar, doim bir xil likillaydigan otarchilar.. Hammasi shaytonning izniga tushgan odamning riyo uchun intilishi oqibatida bir joyga jam bo‘lib kulgingni qistatadi.. To‘yxona chetdan kuzatgan odamga shaytonning uyidek ko‘rinadi. Bunday to‘ylardan voz kechish davri keldi.. Voz kechaylik. To‘ylarimiz tartibli va mazmunli o‘tsin. Yaxshi niyatlar bilan tarbiya qilayotgan farzandlarimizning to‘ylarini shaytonning izniga qo‘ymaylik. Yaxshi niyat bilan boshlab, yaxshilik bilan o‘tkazaylik. Bu oddiy odamning mulohazasi.
Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi:
Milliy;
Diniy;
Mintaqaviy;
Umuminsoniy turlarga bo‘linadi.
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.
Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir.
Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |