Yo’nalishi kurs guruh talabasi


Milliy qadriyatlar va anʼanalarni rivojlantirishning bebaho manbai



Download 436,14 Kb.
bet5/6
Sana13.06.2022
Hajmi436,14 Kb.
#662515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
uzbek to`y marosimlari va an`analari

2.2. Milliy qadriyatlar va anʼanalarni rivojlantirishning bebaho manbai
Eng qadimiy sanʼat turlaridan biri boʻlgan baxshichilik milliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etadi. Elimizning ezgu niyat hamda istaklarini ifodalaydi.
Biroq, afsuski, maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismi boʻlgan ushbu noyob sanʼat keyingi davrlarda birmuncha unutilayozdi. Shunday bir sharoitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev baxshichilik sanʼatini bebaho nomoddiy madaniy meros sifatida qayta tiklash, yanada ­rivojlantirish, boyitish ­tashabbusi ­bilan chiqdi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalq ogʻzaki ijodining mazkur yoʻnalishidagi noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada ravnaq toptirish, keng targʻib qilib, uni jahon uzra yoyish, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu festival koʻlami va ahamiyati jihatidan juda nufuzli sanaladi. Buni uning YUNЕSKO shafeligida oʻtkazilayotgani, mazkur sanʼat bayramida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti (AYSЕSKO), shuningdek, Afgʻoniston, Turkiya, Tojikiston, Kuvayt hamda boshqa davlatlardan koʻplab faxriy mehmonlar, 80 dan ortiq mamlakatlardan 300 ga yaqin vakillar qatnashishidan ham bilish mumkin. Shuningdek, 20 davlatning ommaviy axborot vositalari xodimlari anjumanni bevosita ­yoritib borishi kutilmoqda. Milliy qadriyat va anʼanalarimizni yanada rivojlantirish, folklor sanʼatimizni boyitish, dunyo boʻylab keng tarannum qilish borasida olib borilayotgan bunday ezgu ishlarni xalqimiz katta mamnuniyat bilan kutib olyapti. Bu barchaga faxr-iftixor, gʻurur bagʻishlamoqda. Sanʼat, madaniyat, adabiyot sohasi ijodkorlaridan ayrimlarining quyidagi fikrlaridan ham buni anglash mumkin.
Yoqub AHMЕDOV, Oʻzbekiston xalq artisti:
— Baxshichilik barcha sanʼatlarning onasidir, desam adashmayman. Oʻz his-tuygʻularini bir maromga solgan shoirning ham, soʻzlarga mos kuy yaratgan bastakorning ham, soʻz va ohang joʻrligida oʻz orzu-umidlarini kuylagan xonandaning ham, xalq qahramonlarini gavdalantirishga intilgan aktyorning ham ilk vakili baxshi boʻlgan, nazarimda. Baxshichilik ana shunday qadimiy, chuqur ildizlarga ega sanʼat. Shu bois ham baxshilarni tinglamagan, tinglay olmagan ashulachini chinakam ashulachi, u kuylagan ­dostonlardan, termalardan toʻrt qator yod bilmagan shoirni chinakam shoir, doʻmbira jarangidagi mazmunni his qilmagan ­bastakorni bastakor, deyish qiyin. Baxshining qalb olamini, ruhiyatini anglamagan, tushunmagan aktyor ham haqiqiy aktyor boʻlolmaydi. Shu maʼnoda, yillar mobaynida turli talatoʻplarni boshdan oʻtkazib, qariyb unutilayozgan bu asl sanʼatning Prezidentimiz tashabbusi bilan eʼzozlanishi ulugʻ ish boʻldi. Uning yangi shakl va mazmun bilan bo­yishi, mohiyati, ahamiyatini butun elimiz, ayniqsa, yoshlarga chuqur tushuntirish borasida olib borilayotgan bugungi keng koʻlamli islohotlar sanʼatimizni, madaniyatimizni, maʼnaviyatimizni yuksaltirishning yangi bosqichini boshlab beryapti, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qarori asosida Termiz shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ham betakror milliy sanʼatimizni olamga namoyon etish bilan birga, xalqimizni dunyo xalqlari ogʻzaki ijodi namunalaridan bahramand qilish, jahon musiqa sanʼatida kechayotgan ijodiy jarayonlarni atroflicha oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu nufuzli festival turli qitʼalar xalqlariga mansub badiiy jamoalarning folklori, milliy kuy-qoʻshiqlari manzarasida insoniyatni tinchlik-totuvlik, bagʻrikenglik, insonparvarlik, maʼnaviy komillik yoʻlida birlashtiradi. Bugungi murakkab zamonda xalqlar oʻrtasida doʻstlik, hamjihatlik, hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi. Texnika-texnologiya jadal taraqqiy etayotgan, axborot almashinuvlari tobora kuchayayotgan bugungi zamonda sanʼatning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydigan “asar”lar paydo boʻlayotgani, ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlar mavzu, musiqa, ijro usuli, sahna harakatlarida ochiqdan-ochiq ajnabiy madaniyat koʻrinishlariga taqlid qilayotgani dilni xira qiladi. Bu yosh avlodning estetik didi va saviyasini oʻtmaslashtirmoqda, ongi, qalbi, maʼnaviyatiga zang tushirmoqda.
Mazkur jarayonda ulkan maʼnaviy merosimizni asrab-avaylash va oʻrganish, uni yoshlarga bezavol yetkazish, milliy va umumbashariy musiqa sanʼati yutuqlarini, jahon folklorining eng yaxshi namunalarini oʻrganish muhim. Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilishi, ertamiz egalarini umuminsoniy gʻoyalar ruhida tarbiyalashda, ular qalbida buyuk madaniyatimiz hamda sanʼatimizdan faxrlanish tuygʻusini, doʻstlik, ezgulik, mehr-muruvvat rishtalarini mus­tahkamlashda katta oʻrin tutishi uning qadri va ahamiyatini yanada oshiradi. Xalqimiz qoʻshiqni, kuyni sevadi. Ezgulik sogʻinib, yaxshilik qilishga intilib yashaydi. Intiq kutilayotgan xalqaro festival ham dillarimizni yayratishi, biz, ijodkorlarni yangi ijodiy parvozlar sari ruhlantirishi, ­shubhasiz.
Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o`ziga xos
qadriyatlari bo`lmagan millat yo`q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma`naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi.
O`zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e`tibor kuchaydi.
Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biri. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi, boshqa xalqlarnikiga o`xshamaydigan urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an`analar bilan tavsiflanadi. Ma`lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl mazmunda mavjud bo`ladi. Mahalliy qadriyatlarning eng etuklari va milliy manfaatlarga, moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko`tariladi. Milliy muhit qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlarning eng yaxshilarini voyaga
etkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. Milliy qadriyatlar - milliy g`oyaning ma`naviy negizi. Milliy g`oya - millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o`zagidir. Turli xalqlarning milliy g`oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e`tiqodini ifodalaydi, ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarixdan ma`lumki, o`tkinchi manfaat va g`aliz niyatlarga tayangan, o`zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko`zlagan yovuz g`oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g`oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g`oyalar xalqlarni taraqqiyotga eltgan.
O`zbekiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.
Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat:
1. Xalqimiz hayotida jamoa bo`lib yashash ruhining ustuvorligi.
2. Xalq ongida ustuvor bo`lgan fikr - do`st va yaxshi qo`shni bo`lib, tinchlik
va totuvlikda, yaqindan hamkorlikda yashash.
3. Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish.
4. Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e`tibor, butun
jamiyatni hurmat qilish.
5. Millatning o`lmas ruhi, millat ma`naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida ona tiliga muhabbat, uni sevish.
6. Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e`tiqodga
amal qilish.
7. Ayol zotiga ehtirom ya`ni, muhabbat, go`zallik va nafosat timsoli, abadiy hayot ramzi bo`lgan ayolni qadrlash.
8. Sabr-toqat, va mehnatsevarlik.
9. Halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Bu tamoyil va qadriyatlar O`zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir
fuqaroning o`z milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi
uchun to`la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O`tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o`rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an`analarini hurmat qilishni ta`minlash milliy istiqlol mafkurasining amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo`lishi uchun asoslar yaratadi. Demak, o`zbek xalqining milliy xususiyatlarida:
1. Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o`ta mas`uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. Yoshlarni
tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar berish, uyli-joyli qilish - aksariyat
oilalarning eng oliy maqsadidir...
2. Mahalla - o`z-o`zini boshqarishning o`zbek xalqi yaratgan eng katta yutug`i, oqilona shaklidir. Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko`pchilikka ayon.
3. Qo`ni-qo`shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo`lib, asrlar davomida bu borada muayyan qadriyatlar shakllangan. «YOn qo`shnim - jon qo`shnim», «Xovli olma - qo`shni ol», «Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo`shni afzal» va h.k.
4. Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasl qoldirish, yagi avlodga mehr

qo`yish, uni oyoqqa turg`azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalarni e`zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat


ko`rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni tasavvur eta olmaymiz.
«Keksani qopda saqla, o`ligini hafta saqla»...
5. Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko`pini tashkil etadigan xotin-qizlarga bo`lgan munosabatning eng yuqori cho`qqisidir. Demokratiyaning eng muhim yutug`i - har ikki jinsning teng huquqli va erkin bo`lishini ta`minlashdir...
6. Onaga bo`lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda ona nomi qo`shiladi. Milliy istiqlol g`oyasi onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go`zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o`z qadr-qimmatini anglab etishiga, o`z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit yaratishni bosh g`oyasida mujassamlashtirgan.
Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o`zini anglashi, o`z-o`zini himoya qila olishi, erishgan zafar yo`li va mag`lubiyatlari, sitamli damlarining
yodnomalaridir. Milliy an`analar - milliy qadriyatlarning bir bo`lagi bo`lib, u millat hayotining turli sohalarida namoyon bo`ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va islohotlarning avloddan - avlodga o`tish hamda meros bo`lib qolish tarzi.
Mustaqillik yillarida an`analarga aylanib borayotgan bayramlar ham mavjud:
1 yanvar’ - Yangi yil.
8 mart - Xalqaro xotin - qizlar kuni.
21 mart - Navro`z bayrami.
9 may - Xotira va qadrlash kuni.
31 avgust - Qatag`on qurbonlari shahidlari kuni.
1 sentyabr’ - Mustaqillik kuni.
1 oktyabr’ - O`qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr’ - Konstitutsiya kuni.
«Ramazon hayit»i (IYD al-fitr).
«Qurbon hayit»i (IYD al - ADHA).
O`rta Osiyo xalqlari tarixi bilan bog`liq milliy bayramlar ham bor: Mustaqillik bayrami, Navro`z, Mehrjon, Boychechak, Gul sayli va boshqalarni nishonlash an`anaga aylanib bormoqda. Milliy ma`naviy qadriyatlarni boyitishda milliy g`oyaning ahamiyati. Milliy g`oya ma`naviyatga tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma`naviy-ruhiy hayotga ham ijobiy ta`sir o`tkazadi. Milliy g`oya qadriyatlarni yanada yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga oshiradi. Ma`naviy hayotdagi behisob hodisalani, qadriyat va ne`matlarni xalq manfaatlari va e`tiqodi nuqtai nazaridan baholash - milliy g`oya mezonlari bilan o`lchanadi. Milliy g`oya dastavval, har bir inson uchun eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar - ota-ona va farzandlar, aka-uka va opa-singil, qarindosh-urug`lar orasidagi aloqalarni yuksak ma`naviy qadriyatlar asosiga qurishni taqozo etadi. Betakror va buyuk qadriyat - mahallaning hurmati va e`tiborini, uning o`z-o`zini boshqarishdagi rolini oshirish ham milliy g`oyaning muhim vazifasidir. Milliy g`oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan ravnaqini ta`minlashga shaxsiy hissa qo`shish istagida namoyon bo`ladi. Dunyodagi hamma xalqlarda ham mehmonnavvozlik miqyosi va me`yori mavjud, lekin u har bir xalqda turli xarakterga ega. Marosimlar, urf-odat va an`analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning hayoti, u tug`ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o`tadi. Marosimchilik millatning o`ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an`analarni kelajakka etkazish vositasidir. Milliy ma`naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, tarix sinovlariga dosh berib necha-necha avlodlardan o`tib kelayotgan ma`naviy boylik ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar o`z-o`zidan va osonlikcha qadriyatga aylanmaydi. Tom ma`nodagi qadriyat maqomini olish uchun bular odamlar va ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo`lga solish va baholash mezoniga aylanishi kerak. Umuman, milliy ma`naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma`naviy borlig`imizning muhim va serqirra sohasi bo`lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o`zlashtirilishi ta`lim va tarbiyani talab qiladi. Milliy g`oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e`tirof etilishi. Bozor iqtisodiyoti ko`pchilik xalqlarga manzur bo`lgan va ular kelajagini ta`minlovchi iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatida erkinlikka, xo`jalik yuritishda oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir. O`zbekistonning sobiq ma`muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, demokratik tuzumga o`tish yo`li - jahonda o`zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo`lidir. Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Prezidentimiz Islom Karimov 1992-1993 yillarda «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li», «O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`z yo`li» asarlarida demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. O`zbekistonda demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat qurishning keng qamrovli yo`nalishini, o`zbek modelini asoslab va belgilab berdi. Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston ana shu demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Ana shu siyosat negizida o`zbek modeli yoki boshqacha aytganda Islom Karimov yo`li yotibdi. O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning islohot yo`lini tanlab olar ekan uning asosida ichki siyosat olib borishning beshta asosiy tamoyilini ishlab chiqdi.


XULOSA
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir.
2. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
3. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha millat vakillariga xos bo’lgan qadriyatlarni ifodalaydi. Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir. Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin.


Download 436,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish