65
II bob. QUYOSH TURKUMI VA YER TUZILISHI.
Mahmudxo’ja Behbudiy
2.1-§. Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi.
Quyosh turkumiga 9 ta katta sayyora, bir necha ming kichik sayyoralar,
asteroidlar, meteorit va kometalar kiradi.
Quyosh turkumi diametri 12 mlrd km bo'lib, yorug’lik nuri uni 11 soatda
kesib o'tadi.
Butun osmonni belbog’ kabi o'raydigan, yorug’ tasma-Somon yo'lidagi
yulduzlar bizning yulduz sistemamiz - Galaktikamizning asosiy qismini tashkil
etishi asta-sekin aniqlanib borildi.
Somon yo'li - osmonda bizga ko'rinadigan yulduzlardan tashkil topgan
yorug’-yorug’ halqa bo'lib, bizning Galaktikamiz esa yulduzlarning gigant orolidir.
Osmonda barcha yulduzlarning soni hisoblab chiqilgan, u 2•10
9
ni tashkil etadi.
Galaktikadagi hamma yulduzlar uning markazi atrofida aylanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |