Tushuntirish xati. Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning
ayrim jixatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo’lim) rahbariga (ichki) yoki
yuqori tashkilotga (tashqi) yo’llanuvchi xujjatdir.
Xizmat xatlari. Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi
asosiy xujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko’lami juda keng bo’lib,
bunday yozishmalar vositasida turli ko’rsatmalar, so’rovlar, tushuntirishlar,
javoblar, iltimoslar, takliflar, xabarlar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilib olinadi.
Mazmun jixatdan turlicha bo’lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat
xatlari deb yuritiladi. Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida
qo’llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizni tashkil qiladi.