61
Ma’lumotnoma. Bo’lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish – axborot
berish mazmunida ifodalaydigan xujjat. Ma'lumotnomalar, odatda, yuqori idora,
mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko’rsatmasiga , talabiga yoki iltimosiga
binoan tuziladi; so’ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma'lumotlarni
o’zida aks ettiradi.
Mehnat daftarchasi. Ishchi va xizmatchilarning mehnat faoliyatini
ko’rsatuvchi asosiy xujjat. Unda mehnat stajining hamma turi (umumiy,
o’zuluksiz, maxsus) belgilanadi, shuning uchun uni to’g’ri to’ldirishga, yozuvlarni
aniq yozishga alohida e'tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |