Litosfera. Litosfera - deb Yerning tosh qobig’iga aytiladi va u jinslarning fizik
holatiga qarab ajratilgan. Litosfera minerallar va tog’ jinslaridan tashkil topgan.
Litosfera okeanlarda 2-5 km, tog’li o'lkalarda esa 200-250 km chuqurlikgacha
bo'ladi.
Litosferaning usti juda notekis bo'lib, undagi baland va pastliklar o'rtasidagi
farq 19 km ga boradi va undan ham ortadi. Litosfera ustki qismining ko'pi okean
va dengiz suvlari bilan qoplangan. Litosferaning qalinligi ham, uning ostki
chegarasi ham aniq ma'lum emas. Uning qalinligi taxminan 40-100 km deb
hisoblaydilar.