Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar, Tomchilar sochimga


nimani tasvirlash, Sharq badiiyati uchun esa nimani qanday



Download 55,15 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2022
Hajmi55,15 Kb.
#476696
1   2
Bog'liq
2 5199469283775616095

nimani tasvirlash, Sharq badiiyati uchun esa nimani qanday tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan.
====
Sharqda badiiy ijod asosida hamisha go’zallik yuqorida turgan .
====
G’arb estetikasi bilan Sharq estetikasi farq qilmaydi
====
Barcha javoblar to’g’ri.
++++
“…ellik besh yoshlar chamasi, chala dumbul tabiatlik bir xotin bo’lsa ham, ammo eriga o’tkirligi bilan mashhur edi…” Bu ta’rif qaysi asardagi qaysi qahramonni tasvirlaydi?
====
#O’zbekoyim ”O’tgan kunlar”
====
Roziyaxonim, ”Mehrobdan chayon”
====
Sultonbegim, ”Kecha va kunduz”
====
Saida Aliyeva, ”Sinchalak”
++++
O’zbek adabiyotshunosligi qachon san’at asarini to’g’ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o’rnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi?
====
#O’zbek adabiyotshunosligi ijtimoiy qarashlardan qutulib, badiiy adabiyotga muammo ko’tarish, masala qo’yish vositasi deya yondashish odatlaridan forig' bo’lsagina san’at asarini to’g’ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o’rnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
====
Xalq ijtimoiy qarashlarga asoslangan holda, yevropa asarlarini mutolaa qilib, asarni tadqiq qilsagina san’at asarini to’g’ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o’rnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
====
O’zbek adabiyotshunosligi falsafiy qarashlarga asoslangan holda asarni tadqiq qilsagina san’at asarini to’g’ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o’rnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
====
V va S javoblar to’g’ri.
++++
Nega Abdulla Qodiriyning «O'tgan kunlar» romani hanuz haqiqiy badiiy talqinini topmay kelayotir?
====
Bir zamonlar shaxsga sigi'nish avj olgan, qatag'on oyboltasi qonsiragan davrda bu asardan aksilrus munosabatlari, millatchilik izlari qidirilgan va topilgan edi.
====
Abdulla Qodiriy shaxsi oqlanib, asarlarini qisman o’rganishga izn tekkach, adabiyotshunoslar buyuk adibning yuksak asarlarida millatchilik ham, aksilruslik ham yo'qligini, yozuvchining bor-yo'g'i «aybi» jamiyatdagi chinakam ilg'or kuchlarni ko'rolmaganligida ekani haqida «muruvvat» bilan fikr bildirdilar.
====
Yurtimiz mustaqillikka erishgach esa, «O'tgan kunlar», aynan, rus bosqinchiligiga qarshi nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da’vat etish uchun yozilgan degan da’volar qilinmoqda va har bir qarash o’ziga xos dalillar bilan asoslab berilmoqda.
====
# Chinakam san’atkor asarini ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki uning dahosini nursizlantiradi. Holbuki, «O'tgan kunlar»day dohiyona asar biror gap aytish uchungina yozilmaydi.
++++
Badiiy tahlil tushunchasi qachon paydo bo'ldi?
====
XI asrda.
====
XV asrda
====
XVII asrda
====
XIX asr ikkinchi yarmida
++++
“O’zbekiston-Vatanim manim” she’ri qanday shaklda yozilgan?
====
O’nlik - muashshar.
====
#Sakkizlik - musamman.
====
Oltilik - musaddas.
====
to’rtlik – murabba’.
++++
G'arb filologlari tomonidan «Hermenevtika», «Interpretatsiya» nomlari bilan katta-katta bir qator kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta’rif berilgan emas. Nima uchun?
====
Kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab yetganligini bildiradi.
====
Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san’at namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va badiiy ma’noni to’liq anglash imkonini beradi.
====
#Chunki muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil bo’lavermaydi, Ba’zan o'quvchi adib mutlaqo ko’zda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo o’quvchi to’g’ri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin.
====
A va V javoblari to’g’ri.
++++
Usmon Nosir Ilhomimning vaqti yo'q, selday keladi, Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi. Ayondir bir kuni aylaydi xarob...satrlarida o’zining qatag'on qurboni bo’lishini xayoliga keltirganmikin?
====
# Yo’q, bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha ma’noga ega bo’lgan
====
Jamiyat kishilarini kuzatib yozilgan
====
Bu satrlar Usmon Nosir tomonidan keltirilmagan
====
Zamon bilan hamnafas o’ylarni yozgan.
++++
Adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga unchalik ham mos keladimi va badiiy asar tahlili mohiyatini turlicha idrok qilish imkonini beradimi?
====
#Adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga unchalik ham mos kelmaydi, badiiy asar tahlili mohiyatini to'lig'icha idrok qilish imkonini bermaydi.
====
Adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga judayam mos keladi, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idroq qilish imkonini beradi.
====
Adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish uchun muallif bilan raqib darajasiga ko’tarilish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga mos keladi, badiiy asar tahlili mohiyatini to'lig'icha idrok qilish imkonini beradi.
====
V va S javoblari to’g’ri.
++++
Badiiy tahlil haqidagi quyidagi fikrlarning qaysi biri tahlil mohiyatini to’la izohlaydi?
====
Tahlil adabiy asarni to’g’ridan-to’g’ri va jo'n tushunish o’rniga uni fikran ma’noli qism va unsurlarga bo’lib qabul etishni ko’zda tutadigan ilmiy faoliyatdir.
====
Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo'qqa chiqarishi aniq.
====
Tahlil adabiy asarning badiiy mantig'iga singishish maqsad qliib qo’yilgan ilmiy izohdir
====
# Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantig'i hamda estetik jozibasini anglashga yo’naltirilgan ilmiy faoliyatdir.
++++
Badiiy tahlil shakliga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
====
# Og'zaki va yozma
====
Yozma
====
Maxsus qismlar yordamida
====
Faqat og’zaki.
++++
Nima uchun badiiy tahlil orasida yozma shakl keng yoyilgan?
====
Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so'ng ham odamlarga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi uchun.
====
Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, keyinchalik millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi mumkinligi uchun.
====
#Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so'ng ham odamlarga ta’sir ko’rsatishi, millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o'tishi mumkinligi uchun.
====
Birorta to’g’ri javob yo'q
++++
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
====
Ilmiy (filologik)
====
O’quv (didaktik)
====
Mantiqiy
====
# Ilmiy va o’quv
++++
Ilmiy tahlil qanday tahlil?
====
#Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi.
====
Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi
====
Ilmiy tahlilda o’rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o’rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko'rsatilishi shart emas.
====
Javoblarning hammasi ham to’g’ri
++++
O’quv tahlili qanday tahlil?
====
#O’quv tah1ili estetik-pedagogik faoliyat bo’lib, o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi.
====
Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi bu jarayonda sinfdagi o’quvchilarning yosh va intellektual darajasi bir xil bo’lmaydi.
====
O’quv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomida tekshirilmasdan, bu jarayonda sinfdagi o’quvchilarning asosan yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi lozim bo’ladi.
====
To’g’ri javob berilmagan.
++++
Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va o'quvchi faoliyati qay yo'sinda uyushtirilishi mumkin?
====
#Muallifga yoki matnga ergashib yoxud yalpi tahlil, o’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish
====
Asardagi obrazlarga e’tibor qaratilmaydi, o’qituvchi va o'quvchi faoliyati bir xil bo’ladi
====
tahlilini uyda yoki dars davomida bajarish
====
To’g’ri javob berilmagan.
++++
Tahlil usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yo’nalishlar tarzida tushuniladimi?
====
Ko’pincha fikrlar tahlilda inkor qilinadi.
====
Yozuvchining o’ylari asosida vujudga keladi
====
#Tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq holda keladi.
====
Tahlilning har uch usuli deyarli hamisha alohida holda amalga oshiriladi.
++++
Tahlildan kuzatilgan maqsadga qachon erishib bo’lmaydi?
====
#Asar yuzasidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat matnga tayanilmaganda,matndan kelib chiqilmaganda
====
Matn mazmuni cho’zilib ketsa
====
Matnning jozibasi ochilganda
====
Muammolar ko’payib ketsa
++++
Badiiy timsollarni ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to’g’ri emasligini o’quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib borish zarurmi?
====
# Nihoyatda zarur
====
Unchalik zarur emas.
====
Salbiy qahramonlar ko’proq to’qiladi.
====
Bir-birini solishtirish uchun
++++
Badiiy asarni tahlil etishda matn bilan ishlashning nechta bosqichi bor?
====
Ikki
====
#Uch
====
To'rt
====
Besh
++++
Chuqur badiiy tahlilsiz teran badiiy tasvir bo’lishi mumkinmi?
====
Badiiy tasvirning mukammallashishi uchun filologik tahlil chuqurlashmog'i, filologik tahlil puxta bo’lishi uchun badiiy tasvirning yuksalishi talab etiladi.
====
# Chuqur: badiiy tahlilsiz teran badiiy tasvir bo’lishi gumondir.
====
Chuqur badiiy tahlilsiz teran badiiy tasvir bo’lishi mumkin.
====
Barcha javoblar noto’g’ri.
++++
Badiiy adabiyotning tasvir ob’yekti ... ?
====
# Inson
====
Voqealar
====
Dunyo qarash.
====
tafakkur
++++
Badiiy matn yaratish borasidagi bosqichlarga deyarli muvofiq ravishda badiiy tahlil ham muayyan bosqichlarni bosib o'tdimi?
====
XX asrning boshlarida badiiy tahlil asar sujet bayonidan iborat bo’ldi. Bu xil tahlil uchun asarning estetik qimmatini aniqlashdan ko’ra, uning ijtimoiy ahamiyatini belgilash muhim sanalardi. Shu sababdan badiiy matnga funksional yondashuv qaror topdi
====
Har qanday jamiyat «qarama-qarshiliklardan iborat» degan qarash hukmronlik qilgan XX asrning 30- yillaridan 70- yillarga qadar bo’lgan oraliqda badiiy matn tahliliga ijtimoiy yondashuv ustuvorlik qildi. Badiiy asar faqat sinfiy-partiyaviy pozitsiyadan turib tahlil etildi.
====
O'tgan asrning 80-yillaridan boshlab milliy tahlilchilikda chinakam tahlilga yuz burildi, badiiy matn tadqiq etila boshlandi
====
#Hamma javoblar to’g’ri.
++++
Adabiy asar tahlili amaliyotda badiiy tahlil qaysi yo’nalishlarda amalga oshiriladi?
====
Adabiy asar tahlili amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, va filologik singari uch yo’nalishda amalga oshiriladi.
====
Adabiy asar tahlili amaliyotda badiiy tahlil tipologik, funksional va filologik singari uch yo’nalishda amalga oshiriladi
====
#Adabiy asar tahlili amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga oshiriladi.
====
Adabiy asar tahlili amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, psixologik va filologik singari to’rt yo’nalishda amalga oshiriladi
++++
Badiiy matnning tahlili uzil-kesil tugallanishi mumkinmi?
====
Badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi.
====
Ba’zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishi mumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir.
====
Turli davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir.
====
#Barcha javoblar to’g’ri.
++++
Badiiy asar tahliliga qo'yiladigan ikkinchi bir talab nimalardan iborat?
====
Har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da’vosini qilishi mumkin emasligidir.
====
Tahlilchi qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, subyektiv qarash maqomida bo’ladi.
====
Tog’ri javob berilmagan
====
# A va V javoblar to’g’ri.
====
Badiiy asarga yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko'rsata bilishini mezon qilib ish ko’rish maqsadga muvofiq bo'ladimi?
====
Ha, bo’ladi
====
Badiiy asarga yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko'rsata bilishini mezon qilib ish ko’rish maqsadga muvofiq bo'lmaydi
====
# Lirik yoxud satirik asarlar talqinida badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarning jozibasini ham, ta’sir kuchini ham mutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin.
====
to'g'ri javob yo’q
++++
Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillar qaysilar?
====
Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik talabi avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo'ravonlik bilan qismlarga ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi.
====
Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgan komponentlarning muayyan tizimiy ko'rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olishini talab qiladi.
====
Badiiy asar tahlilida hamisha suyanladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy asarga tarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in’ikosi deb qarash to’g’ri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o'tgan odam tomonidan yaratilganligini va unda aks ettirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha tarixiy davrning tamg'asi borligi tan olinadi.
====
# Barcha javoblar to’g’ri
++++
Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan bir qaysi?
====
# Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi tamoyilidir.
====
Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik tamoyili bo’lmasligi mukin.
====
Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo'lishining mumkin emasligidir.
====
Barcha javoblar to'g'ri.
++++
Ilmiy tahlilning maqsadi nima?
====
# Ilmiy tahlilning maqsadi o'rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantig'i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir.
====
Hamma vaqt ham Ilmiy tahlilning saviyasi tahlilchining salohiyatiga ega ekanligiga bog'liq bo'lavermaydi.
====
Filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o'tkinchi injiqlilklaridan xoli fenomen tarzida yondoshilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig'i hamda estetik jozibasi namoyon bo'lmasligi mumkin.
====
Barcha javoblar to'g'ri.
++++
Badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan nimasi bilan farq qiladi?
====
# O'quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo'lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo'naltirilganlik didaktik tahlilning asosiy belgisidir.
====
O'quv tahlilidan maqsad badiiy asarni to'g'ri qabul etish orqali o'quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishdan iboratdir.
====
O'quv tahlili ko'proq shaxslik xususiyatiga tayanadi, chunki u jonli shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi va tahlil qatnashchilarida muayyan shaxslik fazilatlarni dunyoga keltirishga yo'naltiriladi.
====
Barcha javoblar to'g'ri.
++++
Didaktik tahlilga tayyorgarlik va amalga oshirish har bir adabiyot o’qituvchisi uchun doim ham ikki bosqichli jarayon hisoblanadi. Bular qaysi bosqichlar?
====
Birinchi bosqich o'quvchilarning darsga tayyorlanish jarayoni bo’lib, ertasiga sinfda o’rganiladigan asarni o’zicha tahlil etadiki, buni muallimning individual tahlili deyish mumkin.
====
Ikkinchi bosqichda esa, o’qituvchi sinfdagi o’quvchilar hamkorligida darsda muayyan asarni tahlil qiladiki, uni o’quvchilar yordamida tahlillash deyish mumkin.
====
to’g’ri javob yo’q
====
# A va V javoblari to’g’ri
++++
Didaktik tahlil o'quvchilarning ishtirok etishlariga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?
====
# Didaktik tahlil o’quvchilarning ishtirok etishlariga ko’ra individual, guruhiy hamda ommaviy singari turlarga ajratiladi.
====
Didaktik tahlil o’quvchilarning ishtirok etishlariga ko’ra individual hamda ommaviy singari turlarga ajratiladi.
====
Didaktik tahlil o’quvchilarning ishtirok etishlariga ko’ra guruhiy hamda ommaviy singari turlarga ajratiladi.
====
Hech qanday turlarga ajratilmaydi.
++++
Didaktik tahlilda o’quvchi va adabiyot o’qituvchisi qarashlarining har xil bo’lishi mumkinligi adabiy asar tahlilida o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi tamoyilini iikor etadimi?
====
#Didaktik tahlilda o’quvchi va adabiyot o'qituvchisi qarashlarining har xil bo’lishi mumkinligi, aslo adabiy asar tahlilida o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi tamoyilini inkor etmaydi.
====
Didaktik tahlilda o’quvchi va adabiyot o’qituvchisi qarashlarining har xil bo’lishi mumkinligi adabiy asar tahlilida o'quvchi va o’quvchi hamkorligi tamoyilini inkor etadi.
====
Didaktik tahlilda o’quvchi faoliyati ahamiyat kasb etmaydi.
====
V va S javoblar to'gri.
++++
Mafkura estetik tafakkurga ham hukmromlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun va shakl munosabati qanday edi?
====
Badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bo’lindi.
====
Adabiyotshunoslikda badniy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi badiiy shakl esa nkkinchi darajali mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi.
====
Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.
====
#Barcha javoblar to'g'ri.
++++
Shakl va mazmun tushunchasi nima o'zi?
====
Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadigan estetik kategoriyalardir.
====
Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan etetik mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta’sir etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy ma’nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi.
====
Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan ijtimoiy mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun asa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta’sir etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy ma’nodagi mazmun tushunchasidan farq, qilmaydi.
====
# A va V javoblar to’g’ri
++++
Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo'yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkinmi?
====
#Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas
====
Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin
====
Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo'yish va uni ikkilamchi deb qarash nafaqat mumkin, balki shart.
====
Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash adabiyotshunoslikda yanga yo’nalishlarga yo’l ochadi.
++++
Tahlilda nimaga ko’proq e’tibor berish kerak: shaklgami yoxud mazmunga?
====
#Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak.
====
Tahlilda mazmundan shakl sari borish kerak.
====
Asar tahlili g’oya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to'xtagan joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mo'jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda o’quvchilarni aqidaga yetaklab kelmaslik lozim.
====
Tahlilda shakl va mazmun hech qanday ahamiyatga ega emas.
++++
R. Parfi quyidagi «Yomg’ir yog’ar» she’rida asosiy e’tiborni nimaga qaratgan?
====
Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg’ir yog’ar, shig’alab yog’ar,
Ham qaygumga, ham quvonchimga...
====
Shoir yomg’ir yog’ayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomg’irni she’rxon ko’z o'ngida «yog'diradi».
====
Matn tahliliga to’g’ri yo’naltirilgan she’rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlik bilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatishi shubhasizdir.
====
Tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunni yo'qqa chiqarmaydi, balki uning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
====
#Barcha javoblar to’g’ri
++++
Tahlil qiladigan kishining xohish-irodasiga bogliq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan va o’z holicha o’quvchilarga estetik ta’sir ko’rsatishga qobil bo’lgan badiiy voqelik nima deb yuritiladi?
====
#Obyekt
====
Subyekt
====
Sujet
====
Fabula
++++
Badiiy asarga xos jihatlarni tadqiq qilib o’zi kashf etgan estetik ma'nolar bilan boshqa kitobxonlarni ham oshno qilishga tutingan shaxs nima deb yuritiladi?
====
#Subyekt
====
Obyekt
====
Terminator
====
Tarjimon
++++
Aynan xolislik, sovuqqonlik barcha turdagi xulosalarning haqqoniyligini ta’minladimi?
====
Ilmda aynan xolislik, sovuqqonlik xulosalarning haqqoniyligini ta’minlaydi.
====
Badiiy tahlilda esa sovuqqonlik, xolislik ko’pincha, badiiy matnning jozibasini sezmay qolishga olib keladi.
====
#Aynan xolislik, sovuqqonlik barcha turdagi xulosalarning haqqoniyligini ta’minlay olmaydi.
====
Aynan xolislik, sovuqqonlik barcha turdagi xulosalarning haqqoniyligini ta’minlay oladi.
++++
Badiiy tahlilning ilmiyligini nima ta’minlaydi?
====
Tahlilchining har qanday fikri uning shaxsiy mulohazasi bo’lsa ham, lekin subyekt bu xulosaga faqat shaxsiy xohish-istagi tufayli emas, balki muayyan yo’nalishdagi ilmiy-estetik operatsiyalar hamda qandaydir badiiy qarashlar tizimiga tayanib yetib keladi.
====
Tahlilchining har qanday fikri uning shaxsiy mulohazasi bo’lsa ham, lekin subyekt bu xulosaga faqat shaxsiy xohish-istagi tufayli emas, balki muayyan yo’nalishdagi ilmiy-estetik operatsiyalar hamda qandaydir badiiy qarashlar tizimiga tayanib yetib kelmaydi.
====
Badiiy tahlil so’zning obyektiv mavjudligi ham, tahlilchining subyektiv-ruhiy qarashlari ham emas, balki intersubyektiv badiiy reallik tarzida namoyon bo’lsa, ilmiy yo’l tutilgan bo’ladi.
====
#A va S javoblari to’g’ri
++++
Tahlilning qaysi turlari to'lig'icha ko'rsatilgan?
====
#Tipologik tahlil, qiyosiy tahlil, funksional tahlil, sotsiologik, formal va struktural tahlil
====
Fizik, obyektiv, tipologik, sotsiologik, formal va struktural tahlil
====
Qiyosiy, funksional, struktural, tizimiy, umumiy va xususiy tahlil
====
Funksional, morfologik, sotsiologik, shakliy, ilmiy va struktural tahlil
++++
Interpretatsiya nima?
====
Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, uning nafis san'at asari ekanligiga unchalik e’tibor qilinmay, diqqat asosan matnni tahlil etishga, ya’ni tushuntirishga, unda nima haqda gapirilayotganligini ochishga qaratiladi.
====
Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga o’sha davr talabidan kelib chiqib yondashishni taqozo etadi.
====
Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga o’sha davr talabiga e’tibor bermasdan yondashishni taqozo etadi.
====
#A va V javoblar to’g’ri
++++
Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish qachon paydo bo'lgan?
====
#Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish 19 asr boshlarida paydo bo’lgan.
====
Badiiy adabiyotni komnarativistik o’rganish 18 asr boshlarida paydo bo’lgan.
====
Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish 20 asr boshlarida paydo bo’lgan.
====
Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish 21 asr boshlarida paydo bo’lgan.
++++
Komparativistika o’zbek adabiyotiga nima berdi?
====
U o’zbek adabiyotini dunyo badiiyati kontekstida o’rganish imkonini berdi.
====
#Komparativistika xalqaro adabiy aloqalarni o’rganishga va adabiy ta’sirlar zamiridagi qonuniyatni ochishga qaratilgan ilm bo’lib, u o’zbek adabiyotiga «Jahon adabiyoti» jurnalini berdi.
====
Komparativistika o’zbek adabiyotiga deyardi hech narsa bermadi.
====
A va V javoblar to'g'ri
++++
Badiiy adabiyotni tarixiy-funksional o’rganish deganda nimani tushunamiz?
====
Badiiy adabiyotni tarixiy-funksional o’rganish tahlildagi o’ziga xos yo’nalish bo’lib, badiiy matnning kitobxon ongida ta’sirini, adabiy asarning o’quvchi ongidagi «variantlar» dinamikasi, adiblarning omma tasavvuridagi martabasi tarixini tadqiq etish bilan shug'ullanadi.
====
Bir vaqtlar Sohib Jamol asarlari, «Qismat» romani, «Qasos» qissasi ommaviy edi. Endilikda ularni deyarli hech kim o'qimaydi. Cho'lpon. Qodiriy, Fitrat hatto «Alpomish» bir zamonlar rad etildi. Keyin yana qabul qilindi. Bu holatning ijtimoiy, ruhiy, estetik va funksional sabablari bor. Tarixiy-funksional tahlil ayni shu savollarga javob berishga harakat qiladi.
====
Badiiy asarning funksiyasi tarixiy davrga mutanosib tarzda o’zgarib borayotganligi tahlilda hisobga olinadi.
====
#Barcha javoblar to’g’ri
++++
Formalizm namoyandalari mazmunli shaklning jozibali, dilni quvontiradigan, ko’zga tashlanadigan bo’lishiga e’tibor qaratganlar. O’zbek adabiyotida bu oqim namoyandalari kimlar?
====
A.Qodiriy, Cho'lpon, Oybek
====
B.Ro’zimuhammad, U.Hoshimov, P.Qodirov
====
#B. Ro’zimuhammad, Faxriyor, I. Otamurod, Go'zal Begim
====
O.Muxtor, A.Oripov, E.Vohidov
++++
Struktural tahlil nima?
====
Struktural tadqiqotda transformatsion tahlil muhim o’rin tutadi.
====
Struktural tahlilda qarama-qarshi juftlik (binarnaya oppozitsiya) muhim o’rin tutadi.
====
Badiiy matnni struktural o’rganish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, biografik, ruhiy va o’zga yo’nalishdagi yondashuvlardan mutlaqo xoli turishni faqat matnning o’zini alohida estetik butunlik tarzida tekshirishni ko’zda tutadi.
====
#Barcha javoblar to'gri
++++
Struktur tahlil bosqichlarini to'g'ri toping.
====
Aksiomalashtirish, dissotsiatsiya.
====
Assotsiatsiya, identifikatsiya - unsurlarning belgilariga qarab, ular orasidagi aloqadorlikni aniqdash.
====
Integratsiya, belgilash.
====
# Aksiomalashtirish, dissotsiatsiya, assotsiatsiya, identifikatsiya, integratsiya
++++
Struktural tahlil_tizimi _tushunchalari qaysilar?
====
Unsur (element), tizim (sistema), munosabat
====
Struktura (tarkib), daraja
====
Vaziyat, muxolifat, model
====
#A,V,S javoblar to’g’ri
++++
«San’atni ko'proq darajada kechikkan munosabat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta’sir ko'rsata boshlashi o'rtasida hamisha ozdir-ko'pdir zamoniy oraliq bo'ladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
====
#L. S. Vigotskiy
====
Arastu
====
G. N. Taranosova
====
J. Azizov
++++
Badiiy tahlil shakliga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
====
3 turli
====
#2 turli
====
4 turli
====
5 turli
++++
Kim badiiy asarni taqlid - mimesis natijasi deb izohlagan?
====
Demokrit
====
Fales
====
#Arastu
====
Suqrot
++++
O‘zbeklar uchun go'zallik timsoli bo'lmish “oy” ruslar uchun qanday ramz sanaladi?
====
Ulug‘lik, buyuklik
====
Loqaydlik, befarqlik
====
#Tubanlik, yovuzlik
====
Ahillik, birlik
++++
Ilhomimning vaqti yo'q, selday keladi,
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.
Ayondir bir kuni aylaydi xarob...
Ushbu misralar kimga tegishli?
====
Hamid Olimjon
====
#Usmon Nosir
====
Mirtemir
====
Oybek
++++
Qaysi atama arabcha bo'lib, «halollash», «eritib yuborish», «murakkab butunni qismlarga ajratish» ma’nolarini anglatadi?
====
Tanqid
====
Tasdiq
====
#Tahlil
====
Talqin
++++
Badiiy asar tahlilini undan ko’zatilgan maqsadga ko'ra necha turga bo‘linadi?
====
# 2 turga
====
4 turga
====
3 turga
====
5 turga
++++
«Yozuvchi bo’lish uchun iste’dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
====
#Ernest Hemenguey
====
Lev Tolstoy
====
A.S.Pushkin
====
Lermontov
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi yo’nalishida asarning yo’zaga kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko'zda tutiladi?
====
Funksional
====
Tipologik
====
#Genetik
====
Falsafiy
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi yo’nalishida amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta’sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi?
====
#Funksional
====
Tipologik
====
Genetik
====
Falsafiy
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi yo’nalishida yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib e’tiqodining: olamni ko'rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish tarzining namoyon bo'lishi tekshiriladi?
====
Psixologik
====
Genetik
====
Funksional
====
#Fasafiy
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi yo’nalishida adibning ijodkor shaxs sifatidagi o'ziga xosligi, ijodiy jarayon psixologiyasi, asar ustida ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va ularning tahlillanayotgan asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko'rsatgan ta’siri kabilar o'rganiladi?
====
#Psixologik
====
Genetik
====
Funksional
====
Fasafiy
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi yo’nalishida asosiy e’tibor o'rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi?
====
Funksional
====
Tipologik
====
Genetik
====
#Filologik
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi tamoyili o'rganiladigan badiiy asarga zo'ravonlik bilan qismlarga ajratib tashlash mumkin bo'lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi?
====
Tarixiylik tamoyili
====
#Yaxlitlik tamoyili
====
Sistemalilik tamoyili
====
Hissiylik tamoyili
++++
Badiiy asarni tahlil etishning qaysi tamoyili kishini tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif holatiga tushirish, ularning qayg'u va quvonchlarini his ettirish demakdir?
====
Tarixiylik tamoyili
====
Yaxlitlik tamoyili
====
Sistemalilik tamoyili
====
#Hissiylik tamoyili
++++
Telbanamo edim yoshlikda
Telbalikning hali aksi bor…
Ushbu misralar kimga tegishli?
====
#To’ra Sulaymon
====
Mirtemir
====
Oybek
====
Rauf Parfi
++++
«To'lg'anoy» dostoni muallifini toping?
====
Usmon Nosir
====
Maqsud Shayxzoda
====
#To’ra Sulaymon
====
Hamid Olimjon
++++
Tahlilning qaysi turi badiiy matnning sirini kashf eitshiga, muallifning niyatini anglashga, asar jozibasini ta’minlaydigan jihatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi?
====
#Didaktik tahlil
====
O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
To’g’ri javob yo’q
++++
Tahlilning qaysi turidan maqsad badiiy asarni to’g’ri qabul etish orqali o’quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishdan iborat hisoblanadi?
====
Didaktik tahlil
====
#O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
Tekstual tahlil
++++
O’quv tahlili ko'proq nimaga tayanadi?
====
#Shaxslik xususiyatiga
====
Ilmiy dalilga
===
Hissiyotga
====
O‘quv qo‘llanmalarga
++++
Tahlilning qaysi turi vaqt jihatidan ham cheklangan bo’ladi va tahlil doimo bir dars mobaynida amalga oshirilishi lozim estetik-mantiqiy operatsiyalardan iborat bo’ladi?
====
Didaktik tahlil
====
#O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
To’g’ri javob yo’q
++++
Tahlilning qaysi turida o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi?
====
Didaktik tahlil
====
O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
#Tekstual tahlil
++++
Tahlilning qaysi turida matnning maromini buzmaslik, muallif yurgan yo’lga, u o'rnatgan badiiy tartibga rioya qilish ustuvor bo’ladi?
====
Didaktik tahlil
====
O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
#Tekstual tahlil
++++
“Qanday janrda yozilganligi, qancha hajmda ekanligi va qaysi sinfda o’rganilayotganligidan qat'iy nazar, o’qituvchi badiiy asar mazmunini so’zlab berishi mumkin emas”. Ushbu oltin qoida qaysi tahlil turiga tegishli?
====
#Didaktik tahlil
====
O’quv tahlili
====
Ilmiy tahlil
====
Tekstual tahlil
++++
Semiotika so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
====
Tahlil
====
Tashxis
====
#Belgi
====
Mantiq
++++
Aksiomalashtirish nima?
====
Matn unsurlari o'rtasidagi aloqadorlikni topish
====
# Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki tashkillanshi
++++
Dissotsiatsiya nima?
====
#Aksiomalashtirish natijasida aniqlangan tadqiqot obyektini struktura unsurlariga asosli tarzda ajratish
====
Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni toppish shart emasligi (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki tashkillanshi
++++
Assotsiatsiya nima?
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Struktura unsurlari yoki munosabatlarining o’rinlashuvi (tipologiya)
====
#Matn unsurlari o'rtasidagi aloqadorlikni topish
====
Unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki tashkillanshi
++++
Integratsiyaga ta’rif bering.
====
#Matnning barcha unsurlarini yoppasiga tekshirsh, bunda matnni tashkil etgan unsurlarga shunchaki umumiy miqdor deb emas, yaxlit butunlik sifatida yondashish
====
Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki tashkillanshi
++++
Unsur nima?
====
# Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Aksiomalashtirish natijasida aniqlangan tadqiqot obyektini struktura unsurlariga asosli tarzda ajratish
Tahlil etilgan asarning nazariy ekvivalenti (nusxasi)
====
Tizimning butun ichki munosabatlari majmui
++++
Tizim nima?
====
Aksiomalashtirish natijasida aniqlangan tadqiqot obyektini struktura unsurlariga asosli tarzda ajratish
====
Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
#Bir-birlari bilan muayyan tarzda birikkan unsurlar majmui
++++
Munosabatga ta‘rif bering.
====
# Unsurlar o'rtasidagi aloqa
====
Matnning barcha unsurlarini yoppasiga tekshirsh, bunda matnni tashkil etgan unsurlarga shunchaki umumiy miqdor deb emas, yaxlit butunlik sifatida yondashish
====
Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
++++
Strukturaga ta‘rif bering.
====
# Tizimning butun ichki munosabatlari majmui
====
Butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo'yicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash)
====
Tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo’laklarga ajratilmaydigan butunlik
====
Unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki tashkillanishi
++++
Kim badiiy tasvir tarixida birinchi marta peripetiya deb ataluvchi usuldan foydalanadi va yuksak badiiy natijaga erishadi?
====
Suqrot
====
#Sofokl
====
Demokrit
====
Suqrot
++++
Lirik qahramonga ta‘rif bering.
====
Muallifning o'z asarida kitobxon uchun aytmoqchi bo'lgan estetik qarashlari yig'indisi, ijodiy niyati
====
#Shoir qarashlarini, qalb kechinmalarini, o'y-fikrlarini o'zida mujassam etgan obraz
====
Barcha janrlarda qahramon hayotidagi ichki kechinmalar, ziddiyatlar, o'ylarning badiiy tasvirlanishi
====
To‘g‘ri javob yo‘q.
++++
Adabiy maktab nima?
====
#Badiiy ijodda milliy adabiyotda mahorat nuqtai nazardan maktab darajasini o'taydigan kashfiyotlar yig'indisi
====
Ma'lum ijodkor qalamiga mansub bo'lgan badiiy ijod mahsuli
====
Badiiy ijodda davrdan davrga o'tib keluvchi tajribalar va ayni paytda yangilanib boruvchi ijodiy hodisa
====
Barcha janrlarda qahramon hayotidagi ichki kechinmalar, ziddiyatlar, o'ylarning badiiy tasvirlanishi
++++
Dramatizm so‘ziga to‘g‘ri ta‘rif berilgan qatorni ko‘rsating.
====
#Barcha janrlarda qahramon hayotidagi ichki kechinmalar, ziddiyatlar, o'ylarning badiiy tasvirlanishi
====
Badiiy ijodda milliy adabiyotda mahorat nuqtai nazardan maktab darajasini o'taydigan kashfiyotlar yig'indisi
====
Ma'lum ijodkor qalamiga mansub bo'lgan badiiy ijod mahsuli
====
Badiiy ijodda davrdan davrga o'tib keluvchi tajribalar va ayni paytda yangilanib boruvchi ijodiy hodisa
++++
Ijobiy obraz deganda nimani tushunasiz?
====
Badiiy asar matnida anglashilib turuvchi muallif shaxsini
====
#Kitobxon muhabbatini qozongan, uni o'z isidan ergashtiradigan, yozuvchining estetik g'oyasini tashiydigan obrazni
====
Ijodkorning hayotiy materialni tanlash, estetik o'zlashtirish, badiiy ifodalash usulini
====
Badiiy farazning hayot haqiqatiga juda yaqin, fan va taraqqiyot istiqbolini, uning inson va tabiat sirlarini ochib berishga qaratilgan badiiy asarlar yig'indisini
++++
Didaktik adabiyot deganda nimani tushunasiz?
====
#Ta'limiy, tarbiyaviy yo'nalishdagi asarlarni
====
Sujetdagi sargo’zasht va jinoyatlar tasvirini bayon qiluvchi asarlarni
====
Yangi o'zbek adabiyoti taraqqiyotidagi tadrijiy yo'nalish, qoida tusini olgan xususiyatlarni
====
Asarda tasvirlanmoqchi bo'lgan ijtimoiy, falsafiy, ma'naviy-axloqiy muammolarni badiiy talqin etish uchun tanlab olingan hayot materialini
++++
Detektiv adabiyot tushunchasiga to‘g‘ri ta‘rif berilgan qatorni toping.
====
Ta'limiy, tarbiyaviy yo'nalishdagi asarlar
====
#Sujetdagi sargo’zasht va jinoyatlar tasvirini bayon qiluvchi asarlar
====
Yangi o'zbek adabiyoti taraqqiyotidagi tadrijiy yo'nalish, qoida tusini olgan xususiyatlar
====
Asarda tasvirlanmoqchi bo'lgan ijtimoiy, falsafiy, ma'naviy-axloqiy muammolarni badiiy talqin etish uchun tanlab olingan hayot materiali
++++
Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketadimi?
====
#Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda, tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketmaydi, albatta, lekin tahlilchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o’zgaradi.
====
Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketadi.
====
Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketmaydi, ammo tahlilchining asarga yondashishi, munosabat tarzi salgina o’zgaradi.
====
Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda tahlil usullari mutlaqo o’zgarib ketadi.
====
V va S javoblar to’g’ri
++++
Lirik asarni tahlil qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
====
Lirik asarni tahlil qilishda undan mantiqiy xulosa chiqarishga shoshilmaslik, yaxshisi bunday hodisani umuman izlamaslik kerak.
====
Tahlilda she'rdagi go’zal o’xshatishlar, kutilmagan obrazli ifodalarni ko’rishga, tushunishga e’tibor qilinsa, she’rxon oldida go’zallikning hadsiz dunyosi ochiladi.
====
Lirikada so’z ham kayfiyat ifodasini berish, ham holat tasvirini chizish, ham taassurot manzarasini ko’rsatish vositasi bo’lganligi uchun lirik asarni tahlil qilishda badiiy so’zdagi yetakchi ohangni ilg'ab olish, asar musiqasini tayin etgan omillarni topishga alohida ahamiyat berish lozimdir.
====
#Barcha javoblar to’g’ri.
++++
Epik asarlarni tahlil etish yo’llari qanday?
====
Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir.
====
Tahlillanadigan asar qanchalik yirik, voqealar tasviri qanchalar serqatlam, personajlar soni nechog'lik ko’p bo’lmasin, tahlil mobaynida asarlarning mazmunini so’zlab berish mumkin emas.
====
Epik asar tahlil qilinayotganda, obrazlarning gap-so’zlari, qiliqlari, fikrlari ularning sa’jiyalariga muvofiqliga, ruhiy jihatdan asoslanganlishga e’tibor qilinishi va asarning asl qiymati ana shulardan keltirib chiqarilishi lozim.
====
#Barcha javoblar to'g'ri.
++++
Dramatik asarlar tahlili o'zgacha sinchkovlikni talab etadimi?
====
#Ha.
====
Yo'q.
====
Mutlaqo talab qilmaydi.
====
Birorta to'g'ri javon yo'q.
++++
Drama asarlari tahlilida asosiy e'tibor nimalarga qaratiladi?
====
Drama asarlari tahlilida asosiy e'tibor qahramon sajiyasini ochishga qaratiladi.
====
Drama asarlari tahlilida asosiy e'tibor qahramon nutqiga qaratiladi.
====
Drama asarlari tahlilida asosiy e'tibor qahramon xarakteriga qaratiladi.
====
#Barcha javoblar to’g’ri.
++++
Badiiy tahlilda uslub qanday mavqega ega?
====
Hech qanday mavqega ega emas.
====
Badiiy ijod uchun uslub qanchalik ahamiyat kasb etsa, badiiy tahlilda ham o'shanchalik muhim.
====
Badiiy tahlilni amalga oshirishda har bir tahlilchi o’ziga xos tarzi ifodaga, masalani qo'yish va hal qilishning o’ziga maxsus yo'siniga ega bo’lishi lozim
====
#V va S javoblari to’g’ri
++++
Roman shakllari qaysilar?
====
#Dilogiya, trilogiya, teralogiya, pentalogiya.
====
tarixiy, zamonaviy va detektiv.
====
Nasriy va she’riy roman
====
Roman-esse, roman-epopeya.
++++
Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida fikr erkinligi, badiiy matnga yondashuv, tahlil va xulosa berish hurligi holati shakllanib borayotganligini izohlang.
====
Hozirgi vaqtda badiiy adabiyot davlat ishi bo’lmagani kabi badiiy tahlil ham siyosiy mashg’ulotga, mafkuraga xizmat qilish yo’liga aylantirilgani yo'q. Bu hol qarashlarning xolisligi va asoslanganligini ta’minlamoqda.
====
Milliy adabiyotshunoslikda sof an’anaviy estetik hodisalar bilan birgalikda shakliy va mundarijaviy jihatdan tamomila yangilik bo’lgan estetik tajribalar ham paydo bo’lmoqda.
====
Endilikda avval ko'rilmagan badiiy tajribaga dushmanlik bilan yondashish, uni mutlaqo qabul qilmaslik yoki muxolifat deb e’lon qilish yovvoyilik tarzida baholanadigan bo’ldi.
====
#Barcha javoblar to’g’ri
++++
Xulosalarni tipologik yondashuvlarga tayanib chiqarish qanday oqibatlarga olib keladi?
====
O’zbek adabiyotidagi yangiliklarni milliy yoki qo'shni adabiyotlarda mavjud bo’lgan hodisaiarga solishtirgan holda o'xshash va farqdi jihatlarini ko’rsatish yo’li bilan baholashga
====
Biror ijtimoiy qarashni maqsad sifatida belgilab olib, tekshirilayotgan badiiy matnniig ana shu maqsadga qanchalik xizmat qilgani yoki qilmaganligini aniqdash orqali badiiy asarga baho berishga
====
Badiiy matnning o’zigagina tayangan holda asarning badiiy-estetik qimmatini ochishga, shu orqali uning milliy tafakkur taraqqiyotiga qo'shgan hissasini aniqlashga
====
#Barcha javoblar to’g’ri
++++
Drama badiiy hodisa hayot hodisasiga aylangan, kishining sezgi a'zolariga bevosita ta’sir etish qudratiga ega bo’lgan yagona adabiy tur ekan, uning xususiyatlari nimada?
====
Dramada qahramonlar xarakteri voqelik tarzida, tomoshachining ko’z oldida namoyon bo’ladi va kuchli ta’sir o'tkazadi.
====
Kuchli ijro tufayli o'rtamiyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham mumkin.
====
Kuchli ijro tufayli past saviyali asar ham tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham mumkin.
====
#Barcha javoblar to’g’ri
++++
Epik asarlar tahlilida nimalarga e’tibor beriladi?
====
#Epik asarlar tahlilida badiiy shartlilik, obrazlilik, olamni o’zgacha estetik nazar bilan ko'rish mumkinligi hamisha ko’zda tutilishi, mushtariylarni xilma-xil ijodiy yo’nalishdagi, turli janrlardagi badiiy hodisalarni qabul qila bilish va asl san’at asarlarini suyuq ommabop bitiklardan ajrata olishga o’rgatadi.
====
Epik asarlar tahlilida badiiy shartlilik, obrazlilik, olamni o’zgacha estetik nazar bilan ko’rish mumkinligi hamisha ham ko’zda tutilavermaydi.
====
Epik asarlar tahlilida qahramon nutqiga asosiy e’tibor beriladi.
====
#A va B javoblar to’g’ri.
++++
«San’atni ko'proq darajada kechiqkan munosabat deyish mumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta’sir ko'rsata boshlashi o'rtasida hamisha ozdir-ko'pdir zamoniy oraliq bo'ladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
====
#L. S. Vigotskiy
====
Arastu
====
G. N. Taranosova
====
J. Azizov
++++
Badiiy tahlil shakliga ko‘ra necha turli bo‘ladi?
====
3 turli
====
#2 turli
====
4 turli
====
5 turli
++++
Kim badiiy asarni taqlid - mimesis natijasi deb izohlagan?
====
Demokrit
====
Fales
====
#Arastu
====
Suqrot
++++
Qaysi atama arabcha bo'lib, «halollash», «eritib yuborish», «murakkab butunni qismlarga ajratish» ma’nolarini anglatadi?
====
Tanqid
====
Tasdiq
====
#Tahlil
====
Talqin
++++
Badiiy asar tahlilini undan ko’zatilgan maqsadga ko'ra necha turga bo‘linadi?
====
# 2 turga
====
4 turga
====
3 turga
====
5 turga
++++


Download 55,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish